{"id":3002,"date":"2021-10-06T13:40:32","date_gmt":"2021-10-06T10:40:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3002"},"modified":"2021-10-06T13:40:33","modified_gmt":"2021-10-06T10:40:33","slug":"variatsiya-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/variatsiya-nima\/","title":{"rendered":"Variatsiya nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Lotincha &#171;variatsiya&#187; so&#8217;zi &#171;o&#8217;zgartirish&#187; demakdir. U musiqada qadim zamonlardan beri qo&#8217;llanadi. Bizga aynan shu o&#8217;zakka ega bo&#8217;lgan tag&#8217;in bir kalima \u2014 variant ancha yaxshi tanish. Har ikkala tushuncha o&#8217;xshash bo&#8217;lgan, ammo jinday o&#8217;zgartirilgan nimanidir nazarda tutadi, boshqacha aytganda: ko&#8217;rinish o&#8217;zgaradi \u2014 mohiyat saqlanadi. Ma&#8217;nosiga ko&#8217;ra yaqinroq &#171;versiya&#187; so&#8217;zi burilish (fikr burilishi nazarda tutiladi) ni anglatadi. Musiqa asarlaridagi variatsiyalar oldidan qisqa va tamomila mustaqil mavzu jaranglaydi. Variatsiyalar, aytish mumkinki, mavzuni ko&#8217;p marta varakayiga qayta-qayta nasl qilib beradi (odatda to&#8217;rt marotabadan ortiq). Har bir variatsiya mavzuni alohida tariqada talqin etadi. Biri \u2014 mayin, boshqasi \u2014 hazilomuz, uchinchisi \u2014 jo&#8217;shqin, to&#8217;rtinchisi \u2014 tag&#8217;in qay bir tariqada. Hammasi kompozitorning xohish-istagiga va fantaziyasiga bog\u2019liqdir. Variatsiya uchun mavzu shaxsiy yoki begonaniki bo&#8217;lishi mumkin. Begonaga tegishli mavzuda variatsiya bastalash \u2014 azaliy musiqaviy odat. Glinkaning Alyabevning &#171;bulbul&#187; romansi mavzusiga &#171;variatsiya&#187;sini bir eslang-chi, shuning o&#8217;zi ham kifoya hiladi. Musiqaviy shakl sifatida variatsiya XVI asrda paydo bo&#8217;lgan. O&#8217;shanda polifonik serqatlam variatsiyaning ikki ko&#8217;rinishi \u2014 passakalya va chakoni vujudga keladi. XVII\u2014XVIII asrlarning aksariyat kompozitorlari, shu jumladan buyuk Iogann Sebastyan Bax ham, chakonilar va passakalelar bastalagan edilar. XIX asrda bu shakl o&#8217;zining ravnaqiga erishadi va juda ommaviylashadi. &#171;Qat&#8217;iy&#187; deb ataladigan variatsiyalarda mavzu tubdan o&#8217;zgarmaydi. Musiqaviy timsol boyitiladi, lekin tanib oladigan holda qoladi. Aksincha, Shuman va List, keyinchalik esa Raxmaninov, shuningdek bir talay hozirgi bastakorlar ijodida mavzu tanib bo&#8217;lmas darajada o&#8217;zgartiriladi. Bundaylarni erkin variatsiyalar deb atash odat tusiga kirgan. Ularda bir emas, balki o&#8217;nlab turli-tuman, hatto bir-biriga zud bo&#8217;lgan timsollar uchraydi. Variatsiya kalimasi \u2014 bu, tag&#8217;in baletga oid atama hamdir. Uncha katta bo&#8217;lmagan, odatda texnikaviy jihatdan murakkab, jonli, shitob bilan ijro etiladigan yakka raks shunday ataladi. Bu dong&#8217;i ketg&#8217;an Pa-de-de, ya&#8217;ni ikki kishilik raqsning bir qismi. Balet Pa-de-desining tarkibi quyidagicha: antre deb ataladigan mushtarak chiqish, shundan keyin lirik juftlar qismi \u2014 Adajio, va ikki variatsiya: birinchisi \u2014 raqqosning yakka raqsi, ikkinchisi \u2014 raqqosaning yakka raqsi, shuningdek kodo deb ataluvchi birgalikdagi xotima.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lotincha &#171;variatsiya&#187; so&#8217;zi &#171;o&#8217;zgartirish&#187; demakdir. U musiqada qadim zamonlardan beri qo&#8217;llanadi. Bizga aynan shu o&#8217;zakka ega bo&#8217;lgan tag&#8217;in bir kalima \u2014 variant ancha yaxshi tanish. Har ikkala tushuncha o&#8217;xshash bo&#8217;lgan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/variatsiya-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3002","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3002","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3002"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3003,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3002\/revisions\/3003"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3002"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3002"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}