{"id":3007,"date":"2021-10-06T13:44:28","date_gmt":"2021-10-06T10:44:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3007"},"modified":"2021-10-06T13:44:30","modified_gmt":"2021-10-06T10:44:30","slug":"rangli-musiqa-mavjudmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rangli-musiqa-mavjudmi\/","title":{"rendered":"Rangli musiqa mavjudmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Siz, qanday fikrdasiz, deylik, fortepianodan &#171;qizil akkord&#187;ni undirish yoki nayda &#171;sabzarang ohang&#187;ni chalish mumkinmi? Javobi oddiygina emas, garchi dunyoda hali qandaydir bo&#8217;yoqqa bo&#8217;yalmish tovushlar uchratilmagan bo&#8217;lsa-da. Vaholanki, ingliz kompozitori va dirijyori Artur Bliss o&#8217;z zamonasida &#171;rangli simfoniya&#187;ni bastalagan, uning sho\u2019balarini &#171;pushtirang&#187;, &#171;qizil&#187;, &#171;zangori&#187; va &#171;sabzarang&#187; deya atagan edi. Demak, u har holda rangli musiqa yaratgan va uning rangini ko&#8217;rmoq mumkin ekan-da? Biz, tag&#8217;in to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri javobdan tiyilamiz. &#171;Ko&#8217;rish&#187;ga kelsak, \u2014 bu, ehtimol, his etish esa&#8230; Ayni muammo Vagner, Rimskiy-Korsakov, Skryabin singari buyuk kompozitorlarning diqqat-e&#8217;tiborini band etib keldi. Musiqa ularga ko&#8217;pincha u yoki bu tusga chulg&#8217;angan holatda namoyon bo&#8217;lgan. Masalan, Rimsiy-Korsakov nazdida bir ohangdoshlik \u2014 mi-bemol major dengiz to&#8217;lqinlari rangidek, boshqasi \u2014 re-bemol \u2014 oltin ranglidek bo&#8217;lib tuyulgan. O&#8217;zining so&#8217;nggi asarlaridan biri \u2014 &#171;Prometey&#187; simfonik dostonida \u2014 daho Skryabin musiqaning ranglar bilan qovushuvi haqidagi orzusini ro\u2019yobga chiqarishga urinib ko&#8217;rgan. Ikkinchi bir nomi &#171;Otash dostoni&#187; bu musiqa asari gulxan kabi ulg&#8217;ayib boradi: pastgina olisha boshlashdan tortib gurullab yonishga qadar. O&#8217;z niyatini amalga oshirishda dirijyorga yordam bergan Skryabin dostonning birinchi sahifasida &#171;g&#8217;ira-shira&#187;, oxirgisida esa &#171;ko&#8217;zni qamashtiruvchi porloqlik bilan&#187; qabilidagi qayd-tavsiyalarni yozib qo&#8217;ygandi. Afsuski, u musiqa bilan rangni birlashtirishning uddasidan chiqa olmadi: o&#8217;sha kezlarda kompozitor orzu qilgani singari zalni goh bir, goho boshqa rang bilan chulg&#8217;ashga imkon beradigan bahuvvat apparaturalar hali mavjud emasdi. Rost, oradan ellik yil o&#8217;tib, hozirgi kunda muhandislar va mug&#8217;aynniylar bu niyatni ro&#8217;yobga chiqarishga urinib ko&#8217;rishdi. Hosil bo&#8217;lgan natijani yuz foizli muvaffaqiyat deb atash qiyin. Gap faqat texnikadagina emasdi-da. Chunki, mabodo Skryabinning o&#8217;ziga u yoki bu sadolar muayyan rangga chulg&#8217;angan holatda namoyon bo&#8217;lgan esa-da, aynan shu narsa &#171;Prometey&#187;ning shundog&#8217;am latif va ajoyib musiqasini idrok etishda aksariyat tinglovchilarga xalal bergan, ya&#8217;ni ularga aql o&#8217;rgatgan bo&#8217;lar edi. Jahonning bir talay mamlakatlarida amalga oshirilayotgan musiqa va rangni birlashtirish yo&#8217;lidagi ko&#8217;p sonyi tajribalar nimaga olib kelishini oldindan aytish qiyin. Qaydam, bunday urinishlarga hojat yo&#8217;qdir aslida? Ehtimol, haqiqiy musiqa muxlisiga sehrli skripka chalinishi bilan yoki betakror sadolar jaranglay boshlashi bilan uning qalbida tug&#8217;iladigan rangin hissiyotlarning o&#8217;zi ham kifoya qilar?<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siz, qanday fikrdasiz, deylik, fortepianodan &#171;qizil akkord&#187;ni undirish yoki nayda &#171;sabzarang ohang&#187;ni chalish mumkinmi? Javobi oddiygina emas, garchi dunyoda hali qandaydir bo&#8217;yoqqa bo&#8217;yalmish tovushlar uchratilmagan bo&#8217;lsa-da. Vaholanki, ingliz kompozitori va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rangli-musiqa-mavjudmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3007","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3007","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3007"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3007\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3008,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3007\/revisions\/3008"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3007"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3007"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3007"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}