{"id":30132,"date":"2022-09-15T15:50:49","date_gmt":"2022-09-15T12:50:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30132"},"modified":"2022-09-15T15:50:56","modified_gmt":"2022-09-15T12:50:56","slug":"yem-xashak-balansi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yem-xashak-balansi\/","title":{"rendered":"YEM-XASHAK BALANSI"},"content":{"rendered":"\n<p>YEM-XASHAK BALANSI &#8212; xo&#8217;jalikdagi mavjud yem-xashak miqdorini unga bo&#8217;lgan ehtiyoj bilan qiyoslash. Odatda, u chorva mollarining belgilangan davrda yem-xashak bilan qanchalik ta&#8217;minlanganligini aniqlash, agar kamchil bo&#8217;lsa, uni tayyorlash tadbirlarini ko&#8217;rish maqsadida kelgusi yil uchun, shuningdek, istiqbol rejaga asosan bir necha yilga mo&#8217;ljallab tuziladi. Yem-xashakka bo&#8217;lgan ehtiyoj chorva mollarining mikdorini va yoshini hisobga olgan holda, ularni to&#8217;g&#8217;ri boqishdagi ilmiy ko&#8217;rsatmalarga asosan belgilanadi. Mavjud yem-xashak molxonada boqish davrida saqlashga qo&#8217;yilgan yem-xashak miqdoriga va yem-xashak ekinlari hamda yaylovlar maydoniga, ulardan olinadigan hosilning salmog&#8217;iga qarab aniqlanadi. Keyin turli xil yem-xashak miqdori alohida hisoblanib, uning qancha ozuqa biryaigita tengligi va tarkibidagi hazm bo&#8217;ladigan oqsil miqdori aniqlanadi. Yem-xashak balansining kirim va chiqim qismlari bor, kirim qismida yil boshidan qolgan ozuqalar qoldiqlari, xo&#8217;jalikda ishlab chiqarilgan ozuqalar, mollarni oziqlantirishga yaroqli chiqindilar va boshqa xo&#8217;jaliklardan olinadigan ozuqalar (oshxona va sanoat chiqindilari); chiqim qismida chorva mollarining rejalashtirilgan davrdagi yem-xashakka bo&#8217;lgan ehtiyoji va boshqa xo&#8217;jaliklarga sotish mo&#8217;ljallangan yem-xashak miqdori, ozuqaning ehtiyoj foizi ko&#8217;rsatiladi. Mavjud yem-xashak miqdori yem-xashakka bo&#8217;lgan ehtiyojga teng kelishi kerak. Yem-xashak balansi yozgi va kishki davrlarga aloxida tuziladi. Bu davrlarning davomiyligi xo&#8217;jalik joylashgan hududning tabiiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Yem-xashak balansi mollar turlari va ularning sut mahsulotlariga, tirik vazni, yoshiga qarab alohida guruhlar bo&#8217;yicha (mas, sigirlar, g&#8217;unajinlar, buqalar, 1 yoshgacha bo&#8217;lgan buzoqlar, bo&#8217;rdoqiga boqilayotgan so&#8217;qimlar) mol boshi sonini davrlar bo&#8217;yicha kunlarga ko&#8217;paytirilib, ozuqakun miqdori, so&#8217;ngra ozuqa turlariga ko&#8217;ra sutkalik ratsionini ozuqa-kun miqdoriga ko&#8217;paytirib umumiy ozuqa miqdori topiladi. Yem-xashak balansi ozuqalarning tabiiy holati, ozuqa birligi, hazm bo&#8217;luvchi protein bo&#8217;yicha ham tuziladi. Yem-xashak balansi kelasi yillar uchun ozuqa bazasini mustahkamlash va uni rivojlantirish rejasi hamdir. Kaudenbay Karibayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YEM-XASHAK BALANSI &#8212; xo&#8217;jalikdagi mavjud yem-xashak miqdorini unga bo&#8217;lgan ehtiyoj bilan qiyoslash. Odatda, u chorva mollarining belgilangan davrda yem-xashak bilan qanchalik ta&#8217;minlanganligini aniqlash, agar kamchil bo&#8217;lsa, uni tayyorlash tadbirlarini ko&#8217;rish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yem-xashak-balansi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30132","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30132","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30132"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30132\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30138,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30132\/revisions\/30138"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30132"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30132"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30132"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}