{"id":30143,"date":"2022-09-15T16:03:23","date_gmt":"2022-09-15T13:03:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30143"},"modified":"2022-09-15T16:03:24","modified_gmt":"2022-09-15T13:03:24","slug":"yem-xashak-ekinlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yem-xashak-ekinlari\/","title":{"rendered":"YEM-XASHAK EKINLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>YEM-XASHAK EKINLARI &#8212; chorva mollari va parrandalarga yem-xashak (ko&#8217;kat, pichan, yem, silos) tayyorlash maqsadida ekiladigan o&#8217;simliklar. Yem-xashak ekinlariga bir yillik va ko&#8217;p yillik o&#8217;tlar, xashaki ildizmevali, kartoshkali o&#8217;simliklar, xashaki poliz ekinlari, shirin kartoshka (batat), silos bostirish va yem uchun ekiladigan donli ekinlar kiradi. Hozir jadallashgan dexdonchilik tizimi sharoitida yem-xashak ekinlari etishtirish mustaqil tarmoq bo&#8217;lib ajratiladi va yem-xashakchilik deb ataladi. Yem-xashak ekinlarilarining eng katta guruhini ko&#8217;p yillik o&#8217;tlar: dukkaklilar \u2014 sebarga, beda, shabdar, bersim, esparset, qashqarbeda, oq Nilufar va g&#8217;al-ladoshlar (ajriqbosh, betaga, suvbug&#8217;doyiq, oqso&#8217;xta, erkako&#8217;t) tashkil qiladi. Ko&#8217;p yillik o&#8217;tlar sof holda va aralash (masalan, sebarga bilan ajriqbosh, beda bilan erkako&#8217;t) ekiladi. Ular yaylov ozig&#8217;i sifatida hamda ko&#8217;k massasi pichan, senaj, silos, o&#8217;t uni, donador oziq va briketlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu Yem-xashak ekinlari oqsilga (ayniqsa, dukkaklilar), vitaminlarga va mineral tuzlarga boy bo&#8217;ladi. Bundan tashqari, ko&#8217;p yillik o&#8217;tlar yerni azotga boyitadi, chunki ular ildizidagi tuganak bakteriyalar havodagi azotni o&#8217;zlashtirish xususiyatiga ega. Ko&#8217;p yillik o&#8217;tlarning aksariyati namsevar o&#8217;simliklardir. Nam etishmasa, ularning hosili kamayib ketadi yoki butunlay nobud bo&#8217;ladi (qurib qoladi), shuning uchun qurg&#8217;oqchil rayonlarda ko&#8217;p yillik o&#8217;tlar (eng avvalo beda) asosan sug&#8217;oriladigan erlarga ekiladi. Yashil konveyr hosil qilish uchun bir yillik o&#8217;tlar ekiladi. Ulardan ham pichan va boshqa ozuqalar tayyorlanadi. Bir yillik dukkaklilardan shabdar, bersim, bahorgi va kuzgi yovvoyi no&#8217;xat, no&#8217;xat ekiladi. Oqsilga boy bu o&#8217;simliklar, odatda, bir yillik g&#8217;alla ekinlari \u2014 suli, arpaga qo&#8217;shib ekiladi. O&#8217;zbekistonning qurg&#8217;oqchilik rayonlarida qurg&#8217;oqchilikka chidamli bir yillik o&#8217;tlar \u2014 sudano&#8217;t, oqjo&#8217;xori, oqjo&#8217;xori-sudano&#8217;t duragaylari, mogar, qo&#8217;noq, shuningdek, cheklangan miqdorda vika, burchoq ekiladi. Ko&#8217;p rayonlarda ko&#8217;kat ozuqa uchun bir yillik o&#8217;t sifatida kuzgi javdar, tariq, soya, o&#8217;ris no&#8217;xat, shuningdek, yangi ekin \u2014 tritikale ekiladi. Yaqin vaqtdan boshlab ko&#8217;k massa olish maqsadida pane (bahorgi va kuzgi), perko ekiladigan bo&#8217;ldi. Sershira oziq uchun xashaki ildizmevalar: nimshirin va xashaki lavlagi, sabzi, turneps ekiladi. Chorva mollariga qand lavlagi ham beriladi, shuningdek, ularning bargi \u2014 palagidan, asosan silos tayyorlanadi. O&#8217;simliklarning bu guruhiga kiradigan asosiy ekin \u2014 xashaki lavlagi. Uning ildizmevasi yirik bo&#8217;lib, yaxshi saqlanadi. Hosildorligi 1000 tsentner\/gektargacha yetadi. Turneps ertapishar ildizmeva, lekin lavlagiga qaraganda kam to&#8217;yimli bo&#8217;ladi va yaxshi saqlanmaydi. Silos tayyorlanadigan ekinlar (makkajo&#8217;xori, kungaboqar, xashaki karam va boshqalar) va yem uchun ekiladigan donli ekinlar (suli, arpa, makkajo&#8217;xori va boshqalar) ham xashaki ekinlarga kiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YEM-XASHAK EKINLARI &#8212; chorva mollari va parrandalarga yem-xashak (ko&#8217;kat, pichan, yem, silos) tayyorlash maqsadida ekiladigan o&#8217;simliklar. Yem-xashak ekinlariga bir yillik va ko&#8217;p yillik o&#8217;tlar, xashaki ildizmevali, kartoshkali o&#8217;simliklar, xashaki poliz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yem-xashak-ekinlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30143","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30143","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30143"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30143\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30147,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30143\/revisions\/30147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30143"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30143"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30143"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}