{"id":3015,"date":"2021-10-06T18:09:46","date_gmt":"2021-10-06T15:09:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3015"},"modified":"2021-10-06T18:09:48","modified_gmt":"2021-10-06T15:09:48","slug":"barabanni-kim-ixtiro-qilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/barabanni-kim-ixtiro-qilgan\/","title":{"rendered":"Barabanni kim ixtiro qilgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qandaydir bitta yoki bir necha nafar ixtirochilar tomonidan ishlab chiqilgan boshqa musiqa asboblaridan farqli o&#8217;laroq baraban ibtidoiy zamonlardan beri mavjuddir. Eng qadimiy xalqlar, ulardan ko&#8217;pchiligi allaqachonlar yer yuzidan butkul yo&#8217;q bo&#8217;lib ketishgan, butun jahonda turli-tuman barabanlardan foydalanishgan. Aftidan, ilk barabanlardan qandaydir qabilaning vakillarini bir joyga yig&#8217;ish maqsadida foydalana boshlashgan. Bu, harbiy signalga o&#8217;xshash bir narsa edi. Allaqancha zamonlardan keyin baraban ibtidoiy odamlar &#171;yovuz ruhlar&#187; bilan kurashishda foydalangan musiqaning tarkibiy qismiga aylanadi. Baraban sadosi bu odamlar nazdida diniy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Aksariyat marosimlar raqslarsiz kechmagan, baraban esa a&#8217;lo darajadagi jo&#8217;rlikni ta&#8217;minlar edi. Ibtidoiy odamlar turli-tuman materiallardan yasalgan barabanlardan foydalanishgan. Bunday cholg&#8217;u asboblaridan ba&#8217;zilari ustiga hayvon terisi tortib qoplangan kovak daraxt poyasidan iborat bo&#8217;lgan. Bambuk barabanlar qirqilgan bambuk kovak poyasining uzun bo&#8217;laklaridan tayyorlangan edi va unga tayoqcha bilan qoqishardi. Ayrim odamlar esa barabanni eslatadigan tovushni izlab topish maqsadida yerga yotvolib o&#8217;z tanalariga, deylik, qorin yoki ko&#8217;kraklariga zarba qoqishgan! Qadimgi misrliklar barabanlardan keng foydalanishgandi. Misrning odatdagi barabani unchalik katta bo&#8217;lmagan, uni qo&#8217;lda bemalol ko&#8217;tarib yurishgan. Qadimgi yahudiylarning childirmaning aylamasiga o&#8217;xshash barabani bo&#8217;lib, unga qo&#8217;l yoki tayoqcha yordamida qoqishgan. Xitoylikliklar va yaponiyaliklar ham barabandan qadim-qadim zamonlardan beri foydalanib kelishadi. Amerikalik hindular barabanlardan nainki signallar yetkazish, raqslarga musika jo&#8217;rligi maqsadlarida, balki dohiyona bir yo&#8217;sinda ob-havoni oldindan aytib berish uchun ham foydalanishgan! Yomg&#8217;irli kunlar yaqinlashgan kezlarda barabanga qoplangan charm kulmoqchi bo&#8217;layotgan kampirning kulguchiday taranglashib boravergan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qandaydir bitta yoki bir necha nafar ixtirochilar tomonidan ishlab chiqilgan boshqa musiqa asboblaridan farqli o&#8217;laroq baraban ibtidoiy zamonlardan beri mavjuddir. Eng qadimiy xalqlar, ulardan ko&#8217;pchiligi allaqachonlar yer yuzidan butkul yo&#8217;q &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/barabanni-kim-ixtiro-qilgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3015","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3015","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3015"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3015\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3017,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3015\/revisions\/3017"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3015"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3015"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3015"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}