{"id":30160,"date":"2022-09-15T16:51:55","date_gmt":"2022-09-15T13:51:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30160"},"modified":"2022-09-15T16:51:57","modified_gmt":"2022-09-15T13:51:57","slug":"yer-yongoq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-yongoq\/","title":{"rendered":"YER YONG&#8217;OQ"},"content":{"rendered":"\n<p>YER YONG&#8217;OQ, Xitoy yong&#8217;og&#8217;i (Arachis hupogaea L.) \u2014 dukkaqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o&#8217;simlik, moyli ekin. 10 dan ortiq turi bor. O&#8217;zbekistonning sug&#8217;oriladigan mintaqalarida oddiy turi ekiladi. Vatani \u2014 Janubiy Amerika (Braziliya). 16-asrda Janubiy Amerikadan Osiyoga, so&#8217;ng Yevropaga (Xitoydan) tarqalgan. Yer yong&#8217;oq Hindiston, Xitoy, Myanma (birma), Yaponiya, Markaziy va Shim. Afrika, AQSh, O&#8217;rta Osiyoda ekiladi. Jahon bo&#8217;yicha umumiy ekin maydoni 24,7 million gektar, o&#8217;rtacha hosildorligi 13,4 tsentner\/ gektar, yalpi hosili 33 million tonna (1999). Yer yong&#8217;oqning ildizi o&#8217;q ildiz, tuproqqa 2 metr chuqurlikga kirib boradi, azot to&#8217;plovchi tugunaklar hosil qiladi. Poyasi o&#8217;tsimon, balandligi 50-60 santimetr, shoxlangan, tik, yon shoxlari yer bag&#8217;irlab o&#8217;sadi. Bargi murakkab, juft patsimon, yoki teskari tuxumsimon shaklda. Har bir barg qo&#8217;ltig&#8217;ida gulto&#8217;plam (shingil) joylashgan. Gullari ikki jinsli, kapalaksimon; rangi sariq, zarg&#8217;aldoq. Yer tagidagi gullari (kleystogamli gullar) ochilmaydi, o&#8217;zidan changlanadi. Yer ustidagi gullari esa chetdan changlanadi. Guli changlangandan keyin tugunchasi avval tik, so&#8217;ng pastga qarab o&#8217;sadi, 8-10 santimetr chuqurlikda tuproqqa kirib boradi va meva (dukkak) tugadi. Dukkagida 1-6 gacha urug&#8217;i bo&#8217;ladi. 1000 dona urug&#8217;ining vazni 200-1500 gramm (o&#8217;rtacha 400-500 gramm). Dukkagi chatnamaydi. Bir tupda 700 gacha dukkak bo&#8217;ladi. Yer yong&#8217;oq \u2014 issiqsevar, namsevar, yorug&#8217;sevar va qisqa kun o&#8217;simligi. Qumoq va unumli tuproqlarga talabchan, sho&#8217;rlangan va botqoqlangan yerlarda yaxshi o&#8217;smaydi. Urug&#8217;i 12-15\u00b0 da unib chiqadi, maysasi \u2014 g sovuqda nobud bo&#8217;ladi. O&#8217;suv davri 150-170 kun. O&#8217;zbekistonda Yer yong&#8217;oq sug&#8217;oriladigan yerlarga ekiladi, hosildorligi 20-40 tsentner\/gektar. Yer yong&#8217;oq mevasi tarkibida 48-66% yog&#8217; va 23-38% oqsil, 22% gacha uglevodlar bor. Urug&#8217;i aksariyat qovurilgan (dukkagi bilan yoki tozalanib) holda iste&#8217;mol qilinadi. Urug&#8217;i va yog&#8217;i qandolatchilik mahsulotlari (xolva, konfet) ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yer yong&#8217;oq tuproqda biol. azot to&#8217;plab, tuproq unumdorligini oshiradi. Agrotexnikasi chopiq qilinadigan ekinlarnikiga o&#8217;xshash. 2-3 marta haydalib boronalangan maydonlarga bahorda (aprel oxirida) ekiladi. Fosforli va azotli o&#8217;g&#8217;itlarga talabchan. Urug&#8217;i yoki dukkagi makkajo&#8217;xori yoki chigit seyalkalarida keng qatorlab (60-70 santimetr) 70&#215;10, 70&#215;15 sxemasida har uyaga 7-8 yoki 4-5 tadan urug&#8217; tashlab 5-7 santimetr chuqurlikka ekiladi. Gektariga 70\u2014 100 kilogramm urug&#8217;lik sarflanadi. O&#8217;sish davrida 4-6 marotaba sug&#8217;oriladi. Qator oralariga ishlov beriladi, o&#8217;suv davrida 2-3 marta chopiq qilinadi, ildiz bo&#8217;g&#8217;zi tuproq b-n ko&#8217;milsa hosildorlik ancha oshadi. Navlari: Toshkent 112, Toshkent 32, Perzuvan 4612, Qibray 4. Kasalliklari va zararkunandalari: asosan kasallik va zararkunandalardan kam zararlanadi. O&#8217;rgimchakkana xavfli zararkunanda hisoblanadi. Ad.: Vavilov P. P., Rastenievodstvo, M., 1986; Pasipanov G. S, Rastenievodstvo, M., 1997. Halima Otaboyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER YONG&#8217;OQ, Xitoy yong&#8217;og&#8217;i (Arachis hupogaea L.) \u2014 dukkaqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o&#8217;simlik, moyli ekin. 10 dan ortiq turi bor. O&#8217;zbekistonning sug&#8217;oriladigan mintaqalarida oddiy turi ekiladi. Vatani \u2014 Janubiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-yongoq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30160","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30160","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30160"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30160\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30162,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30160\/revisions\/30162"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30160"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30160"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30160"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}