{"id":30164,"date":"2022-09-15T17:02:17","date_gmt":"2022-09-15T14:02:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30164"},"modified":"2022-09-15T17:02:18","modified_gmt":"2022-09-15T14:02:18","slug":"yer-kadastri-kitobi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-kadastri-kitobi\/","title":{"rendered":"YER KADASTRI KITOBI"},"content":{"rendered":"\n<p>YER KADASTRI KITOBI &#8212; yerga egalik qiluvchilarning asosiy yer hisobi hujjati. Yer kadastri kitobi O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan shakl (forma)da yerga egalik qiluvchi tashkilot, korxona, muassasa, uyushma, kichik korxona, qo&#8217;shma korxona, dehqon va fermer xo&#8217;jaliklariga tuman yoki shahar hokimligi tomonidan beriladi. Yer kadastri kitobi yerga egalik qiluvchilar yoki yerdan foydalanuvchilarga muddatsiz, uzoq muddat yoki qisqa muddatga foydalanish uchun berilgan yerlarga bo&#8217;lgan huquqlarni, yerlarning tabiiy va iqtisodiy bahosi, yer turlarining tarkibi hamda fuqarolar tomorqa yerlari haqidagi ma&#8217;lumotlarni o&#8217;z ichiga oladi. Yer kadastri kitobini to&#8217;g&#8217;ri va o&#8217;z vaqtida olib borish xo\u2019jalik rahbari va yer tuzuvchi mutaxassisga yuklatiladi. Yer kadastri kitobiga o&#8217;z vaqtida o&#8217;zgartirish kiritib borish, uni daxlsiz saqlash masalalarini tuman (shahar) yer resurslari xizmati boshlig&#8217;i nazorat qiladi. Davlat Yer kadastri kitobi 4 bo&#8217;limdan iborat: 1) yer maydonlaridan foydalanish huquqiga egalikni ro&#8217;yxatga olish \u2014 tuman (shaxar) dagi yerdan foydalanuvchilarning nomi va egasi, egalik qilish huquqi va ijarasi, foydalanish muddati va maqsadi, yer uchastkasining joylashgan urni va maydoni, yer uchastkasining kadastr raqami, yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatning nomi, o&#8217;rtacha tuproq bonitet bali va uning kadastr bahosi qayd etiladi; 2) yer maydonlari turlari soni \u2014 barcha yerdan foydalanuvchilar bo&#8217;yicha sug&#8217;oriladigan ekin maydonlarining alohida hisobi, shuningdek shahar yerlarining tuman tarkibiga kirishi, davlat zaxira yerlariga kiruvchi shahar turidagi qo&#8217;rg&#8217;onlar qayd etiladi; 3) yer turlarining sifati \u2014 madaniy-texnika, ozuqa ekin turlarining hosildorligini va yerlarning tuproq unumdorligiga ko&#8217;ra tavsifi hisobga olinadi. Yer turlarining tafsiloti erlarning sifat tafsiloti va qishloq xo&#8217;jalik yer turlarining bonitet bali bo&#8217;yicha kadastr bahosi keltiriladi; 4) yer turlari \u2014 qishloq xo\u2019jalik yer turlari (shudgor, ko&#8217;p yillik daraxtzorlar, yaylov va pichanzor yerlar, bo&#8217;z yerlar), o&#8217;rmon yerlari va ularning tarkibiga kiruvchi yer turlarining nomlari hamda ulardan foydalanish maqsadiga oid izoh beriladi. Yer kadastri kitobi yer uchastkasining miqdor va sifat holati hamda bahosi to&#8217;g&#8217;risidagi axborot manbai hisoblanadi. Ad.: Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va me&#8217;yoriy hujjatlar to&#8217;plami [I qism], T., 2000. Qosimjon Rahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER KADASTRI KITOBI &#8212; yerga egalik qiluvchilarning asosiy yer hisobi hujjati. Yer kadastri kitobi O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan shakl (forma)da yerga egalik qiluvchi tashkilot, korxona, muassasa, uyushma, kichik korxona, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-kadastri-kitobi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30164","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30164","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30164"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30164\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30168,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30164\/revisions\/30168"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30164"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30164"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30164"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}