{"id":30237,"date":"2022-09-16T12:01:37","date_gmt":"2022-09-16T09:01:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30237"},"modified":"2022-09-16T12:01:38","modified_gmt":"2022-09-16T09:01:38","slug":"yer-mantiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-mantiyasi\/","title":{"rendered":"YER MANTIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>YER MANTIYASI &#8212; yer po&#8217;sti bilan yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Yer mantiyasi Yer (atmosferasiz) hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer po&#8217;stidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 kilometr bo&#8217;lib yuqori chegarasi (Moxorovichich yuzasi) o&#8217;rta hisobda yer yuzidan 33 kilometr va ostki chegarasi Moxorovichich yuzasidan qariyb 2900 kilometr chuqurlikdan o&#8217;tadi. Chegaralar qatlamlardan o&#8217;tuvchi seysmik to&#8217;lqin tezligining keskin o&#8217;zgarishi bilan aniqlanadi (ustki chegarada 1,5 kilometr\/sekund, ostki chegarada 5,54 kilometr\/sekund). Yer mantiyasi yuqori mantiya o&#8217;tkazuvchanlik oblast va ostki mantiyaga bo&#8217;linadi. Yuqori mantiya o&#8217;z navbatida (yuqoridan pastga) substrat, Gutenberg qatlami (seysmik to&#8217;lqinlarning pasaygan tezligi qatlami) va Golisin qatlamiga (ba&#8217;zida u o&#8217;rta mantiya deb nomlanadi) bo&#8217;linadi. Yer mantiyasining etagidan qalinligi 100 kilometrdan kamroq bo&#8217;lgan qatlam mavjud. Qatlamdagi seysmik to&#8217;lqinlarning tezligi chuqurlashgan sari oshmaydi, hatto sal pasayadi. Yuqori mantiyaning tarkibi peridotitga o&#8217;xshash massadan iborat deb faraz qilinadi; qalinligi 850-900 kilometr, hajmi yer shari hajmining 0,1667 qismiga teng. Unda seysmik to&#8217;lqinlarning tezligi 8,00\u2014 8,97 kilometr\/sekund, zichligi 3,34\u20143,64 g\/sek3, gravitasion maydon 985 sm\/sm2, bosim 0,009* 1012 din\/sm2 dan 0,141 x 1012 din\/sm2 gacha o&#8217;zgaradi. O&#8217;tkazuvchanlik oblastining tarkibi o&#8217;zgarib turadi, qalinligi 571 kilometr. Yer shari hajmining 0,2131 qismini tashkil qiladi. Seysmik to&#8217;lqinlarning tezligi 8,97\u201411,0 km\/sek. Zichligi 3,64\u20144,68 g\/ sm3, gravitasion maydon 998-997 sm\/ sek2, bosim 0,141 x YU12 din\/sm2 dan 0,392&#215;1012 din\/sm2 gacha o&#8217;zgaradi. Ostki mantiyaning tarkibi bir xil, qalinligi 1914 kilometr. Yer shari hajmining 0,4428 qismini tashkil qiladi. Seysmik to&#8217;lqinlarning tezligi 11,42\u2014 13,64 km\/ sek. Zichligi 4,68\u20145,68 g\/sm3, gravitatsion maydon 995-1037 sm\/sek2, bosim 0,392xyu12 din\/sm2 dan 1,37* 1012 din\/ sm2 gacha o&#8217;zgaradi. Yer mantiyasi Yerning vujudga kelgan davrida qattiq holatda bo&#8217;lgan yoki qattiq kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan kimyoviy elementlardan tashkil topganligi taxmin qilinadi. Bu elementlar ichida: O, Si, Mg, Fe aksari qismini tashkil etadi. Hozirgi tasavvurlarga ko&#8217;ra Yer mantiyasining tarkibi tosh meteoritlar tarkibiga yaqin turadi. Ba&#8217;zi olimlar esa uni katta kuch bilan siqilgan suyuqlik holatida deb hisoblaydilar. Vulkan otilishlaridan hosil bo&#8217;lgan lavalar Yer mantiyasi moddasini to&#8217;liq bo&#8217;lmasa ham suyuq holatda ekanligi to&#8217;g&#8217;risida guvohlik beradi. Shuningdek, modda va uning ayrim qismlarini suyuq holatda ekanligini seysmometrik ma&#8217;lumotlar ham tasdiqlaydi. Yer mantiyasining temperaturasi va bosimi chuqurlashgan sari o&#8217;zgarib boradi. Yer po&#8217;sti ostidagi bosim 1,3\u20141,4 million atmosferaga yaqin deb hisoblanib, okean osti yer po&#8217;sti bosimi kontinental bosimdan ancha kam ekanligi ta&#8217;kidlanadi. Turli tadqiqotchilarning fikricha, Yer mantiyasi pastki gorizontlarining temperaturasi 1500 dan 10000\u00b0 gacha, yuqori gorizontlarining temperaturasi bazaltoid tog&#8217; jinslari erish temperaturasi chegarasida (1000-1300\u00b0)dir. Shuningdek, Yer mantiyasining elektr o&#8217;tkazuvchanligi ham chuqurlashgan sari ortib boradi. Yer mantiyasidagi moddalarning fizik holati va unda sodir bo&#8217;layotgan geokimyoviy jarayonlarni o&#8217;rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Yer po&#8217;stining tektonik harakatlari va temir, mis rudalari, oltin, platina konlari va boshqalarning paydo bo&#8217;lishi ushbu jarayonlar bilan bog&#8217;liqdir. Ad.: Problemi stroeniya zemnoy kori i verxney mantii, SB. st., M., 1970; Bugaevskiy G. N., Seysmologicheskie issledovaniya neodnorodnostey mantii zemli, Kiev, 1978; Subbotin S. I., Voprosi gravimetrii, issledovaniya zemnoy kori i mantii, teoriya tektogeneza, Kiev, 1979.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER MANTIYASI &#8212; yer po&#8217;sti bilan yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Yer mantiyasi Yer (atmosferasiz) hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer po&#8217;stidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-mantiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30237","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30237","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30237"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30237\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30239,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30237\/revisions\/30239"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30237"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30237"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30237"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}