{"id":30242,"date":"2022-09-16T12:24:07","date_gmt":"2022-09-16T09:24:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30242"},"modified":"2022-09-16T12:24:08","modified_gmt":"2022-09-16T09:24:08","slug":"yer-osti-namakoblari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-osti-namakoblari\/","title":{"rendered":"YER OSTI NAMAKOBLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>YER OSTI NAMAKOBLARI &#8212; tarkibida erigan mineral moddalar, asosan nitratlar yoki sulfatlar kontsentrasiyasi 36 gramm\/litrdan ortiq bo&#8217;lgan yer osti suvlari. Yer osti namakoblari sedimentasiya havzalarida keng tarqalgan. Shuningdek, Yer osti namakoblari shelflarda (Florida yarim oroli yaqinida) hamda kristalli qalqonlarning (Boltiq, Ukraina, Kanada) gipergen darzlanish zonalarida ma&#8217;lum. Ular odatda chuchuk va sho&#8217;r suvlar ostida cho&#8217;kindi g&#8217;ilofning qalin qatlamlarida joylashgan. Ba&#8217;zi bir dengizlar (Kaspiy, qizil dengizlar, Meksika qo&#8217;ltig&#8217;i va boshqalar) tubidagi cho&#8217;kindilar ostidan ham topilgan. Tarkibidagi anionlarning miqdoriga qarab xloridli (natriy, kaltsiy, magniyli), sulfatli va gidrokarbonatli bo&#8217;ladi (xloridlisi ko&#8217;p tarqalgan). Yotish sharoitiga qarab sedimentasiya havzalarida Yer osti namakoblarining tuz usti, oraliq va tuz osti turlari ajratiladi. Tuz usti namakoblari deyarli natriyli bo&#8217;lib, sho&#8217;rligi 300-320 gramm\/litr; tuz oralig&#8217;i va tuz osti namakoblari ko&#8217;p komponentli, sho&#8217;rligi 600 gramm\/litrgacha. Yer osti namakoblaridan yod, brom, osh tuzi, magniy, kaltsiy, kaliy olinadi. Bor, rubidiy, tseziy, strontsiy uchun potentsial xom ashyo hisoblanadi. Yer osti namakoblari davolanishda namakob vannalarida ishlatiladi. O&#8217;zbekistonda Yer osti namakoblari Ustyurt, Jan. Orolbo&#8217;yi, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, shuningdek, Farg&#8217;ona artezian havzalarida mavjud. Ular 500 metr va undan chuqurroqda chuchuk va sho&#8217;r suv qatlamlari ostida joylashgan. Buxoro-qarshi artezian havzasining yuqori yura davri tuzli qatlamida o&#8217;ta quyuq (540 gramm\/litrgacha) namakoblar borligi aniqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER OSTI NAMAKOBLARI &#8212; tarkibida erigan mineral moddalar, asosan nitratlar yoki sulfatlar kontsentrasiyasi 36 gramm\/litrdan ortiq bo&#8217;lgan yer osti suvlari. Yer osti namakoblari sedimentasiya havzalarida keng tarqalgan. Shuningdek, Yer osti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-osti-namakoblari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30242","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30242","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30242"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30242\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30246,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30242\/revisions\/30246"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30242"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30242"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30242"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}