{"id":30333,"date":"2022-09-21T07:04:20","date_gmt":"2022-09-21T04:04:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30333"},"modified":"2022-09-21T07:04:21","modified_gmt":"2022-09-21T04:04:21","slug":"yerdan-foydalanish-tahlili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yerdan-foydalanish-tahlili\/","title":{"rendered":"YERDAN FOYDALANISH TAHLILI"},"content":{"rendered":"\n<p>YERDAN FOYDALANISH TAHLILI \u2014 yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarning faoliyatini baholashda qishloq xo\u2019jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo&#8217;lgan yerdan foydalanish samaradorligini o&#8217;rganish. Yerdan foydalanish tahlili qishloq xo&#8217;jaligi yerlari maydoni va tarkibiy o&#8217;zgarishlar, hududni tashkil etish va almashlab ekishii o&#8217;zlashtirish holati, yer sifatini yaxshilash rejasining bajarilishi, xo&#8217;jalikda yerdan foydalanish samaradorligi; o&#8217;zlashtiriladigan yerlar miqdori va kapital xarajatlar; yerdan foydalanish darajasiga ta&#8217;sir etuvchi omillar (tuproqning tabiiy unumdorligi, joyning iklim sharoitlari, suv resurslarining miqdori va boshqalar) singari masalalarni o&#8217;z ichiga oladi. Yerdan foydalanish tahlilida xo&#8217;jalik yer kadastri kitobi, statistik hisobotlar, yillik hisobotlar, uchastkalar bo&#8217;yicha maydon hisoblash qaydnomalari, yerdan foydalanish tarhi (chizmada) va buxgalteriya hisobot materiallari asosiy manbalar hisoblanadi. Yer sifat o&#8217;zgarishlarini tahlil qilish va yerdan foydalanish darajasini aniqlash uchun: a) jami yer maydonida qishloq xo\u2019jalik yerlarining umumiy salmog&#8217;i; b) umumiy haydaladigan er maydonida sug&#8217;oriladigan yorlar salmog&#8217;i; v) haydalma yerlardan ekin ekib foydalanish darajasi; g) haydalma yerlarning shudgorlik darajasi ko&#8217;rsatkichlari o&#8217;rganiladi. Yerdan foydalanish tahlili materiallari yer tuzish loyihasini ishlab chiqishda asosiy manba bo&#8217;lib xizmat qiladi. Bunda tahlil loyihada qamrab olingan barcha maydon bo&#8217;yicha o&#8217;tkaziladi (xo&#8217;jalik, bir guruh xo&#8217;jaliklar, tuman, viloyat, mamlakat). Yerdan foydalanishni miqdor jihatidan baholovchi maxsus qaydnoma (hisobot) ma&#8217;muriy birliklar doirasida har yili 1 yanvargacha bo&#8217;lgan ma&#8217;lumot asosida hamda 5 yilda bir marta umumlashtirib tuziladi. Qishloq xo\u2019jaligining samaradorligiga ta&#8217;sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni e&#8217;tiborga olgan holda tuproq bonitirovkasi yoki yerning iqtisodiy bahosini bilmay turib yerdan foydalanish darajasini to&#8217;g&#8217;ri aniqlash mumkin emas. Xo&#8217;jaliklarda Yerdan foydalanish tahlili biriktirilgan yerlarning sifatini (tabiiy unumdorligini) hisobga olish (yerning iqtisodiy bahosi bo&#8217;lsa yanada maqbul) katta ahamiyatga ega. Bunda xo&#8217;jalikdagi o&#8217;rtacha tuproq bali (Bi)ra nisbatan 1 gektar (100 gektar) uchun erning tabiiy unumdorligidan to&#8217;la va to&#8217;g&#8217;ri foydalanish samaradorlik omillaridan biri. Yerdan foydalanish darajasining asosiy ko&#8217;rsatkichlaridan biri bo&#8217;lgan mahsulot tannarxini erning sifati asosida taxlil qilishda (eng arzon tannarx etalon qilib olinadi) quyidagi formuladan foydalaniladi: S=S,-TS(B-B,), bunda, S, \u2014 ko&#8217;rilayotgan xo&#8217;jalikda 1 tsentner mahsulot tannarxi (ts\/so&#8217;m); Ts \u2014 etalon uchun olingan xo&#8217;jalikda 1 ballga to&#8217;g&#8217;ri keladigan narx (so&#8217;m); B \u2014 etalon uchun olingan xo&#8217;jalik bali (ball); B, \u2014 ko&#8217;rilayotgan xo&#8217;jalik yer bali. Qosimjon Rahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YERDAN FOYDALANISH TAHLILI \u2014 yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarning faoliyatini baholashda qishloq xo\u2019jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo&#8217;lgan yerdan foydalanish samaradorligini o&#8217;rganish. Yerdan foydalanish tahlili qishloq xo&#8217;jaligi yerlari maydoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yerdan-foydalanish-tahlili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30333","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30333","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30333"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30333\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30335,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30333\/revisions\/30335"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30333"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30333"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30333"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}