{"id":30345,"date":"2022-09-21T07:10:45","date_gmt":"2022-09-21T04:10:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30345"},"modified":"2022-09-21T07:10:46","modified_gmt":"2022-09-21T04:10:46","slug":"tsellyulyar-patologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tsellyulyar-patologiya\/","title":{"rendered":"TSELLYULYAR PATOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>TSELLYULYAR PATOLOGIYA (lotincha Cellula \u2014 xonacha; bu yerda hujayra ma&#8217;nosida), hujayra patologiyasi tibbiyot nazariyasi. 1855-58 yillarda R.Virxov yaratgan. Uning asosi hujayra nazariyasitr. Uning asosiy qoidalari quyidagicha: 1) hujayra butun tirik mavjudotning birlamchi morfologik elementi bo&#8217;lib, usiz na normal, na patologik hayotiy faoliyat yo&#8217;q; 2) har qanday hujayra hujayradan hosil bo&#8217;ladi; 3) har qanday tirik mavjudot hayot uchun muhim elementlarni o&#8217;zida mujassamlashtirgan hujayra tarkibiy qismlari majmuidan iborat; 4) organizmda alohida elementlar faoliyatini boshqarib turadigan anatomik-fiziologik markaz yo&#8217;q, faqat hujayraning muntazam tiklanib turishi organizmning bir butunligini ta&#8217;minlaydi; 5) har bir hujayra ozmi-ko&#8217;pmi o&#8217;ziga mustaqil bo&#8217;lib, o&#8217;zgarishlar bir hujayra doirasidagina ro&#8217;y berishi mumkin; 6) butun patologiya hujayra patologiyasidir; kasallik \u2014 organizmning muayyan joyiga tegishli jarayon; agar vrach kasallangan joyni aniq bilolmasa, u kasallik haqida to&#8217;g&#8217;ri xulosaga kelolmaydi. Tsellyulyar patologiyaga asos bo&#8217;lgan juda ko&#8217;p daliliy manbalar tibbiyotning rivojlanishida, ya&#8217;ni kasallangan organizmda ro&#8217;y bergan morfologik o&#8217;zgarishlarni o&#8217;rganish, ular patogenezini aniqlash, diagnostikani takomillashtirishda muhim rol o&#8217;ynaydi. Tsellyulyar patologiya gumoral patologiya, shuningdek, barcha kasalliklarning kelib chiqishiga organizmdagi zich zarrachalar va nerv sistemasining buzilishigina sabab bo&#8217;ladi, deb bilgan bir tomonlamalik va xatoliklarni bartaraf etdi. Biroq Virxov, ayniqsa, uning izdoshlari bu qarashlarga qarshi chiqish bilan birga hamma patologik jarayonlarni faqat hujayrada bo&#8217;ladigan o&#8217;zgarishlarning oqibati deb bilishdi; shuningdek, kasallikning avj olishida nerv va gormonal omillarning ahamiyatini hisobga olmay bir tomonlikka yo&#8217;l qo&#8217;ydilar. Ular tomonidan organizmning bir butunligi bilan ichki va tashqi muhitning o&#8217;zgarib turuvchi sharoiti o&#8217;rtasidagi bog&#8217;liklikning inkor etilishi o&#8217;sha davr rus olimlari I.M. Sechenov va boshqalarning haqqoniy tanqidiga uchradi. Fanning keyingi yutuqlari, ayniqsa, neyro gumoral omillar, subhujayra va molekulyar strukturalarning o&#8217;rganilishi Tsellyulyar patologiyaning xatoliklariga barham berish va tsellyulyarizm, gumoralizm, nervizmning barcha foydali tomonlarini birlashtirish, yaxlitlashga imkon berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TSELLYULYAR PATOLOGIYA (lotincha Cellula \u2014 xonacha; bu yerda hujayra ma&#8217;nosida), hujayra patologiyasi tibbiyot nazariyasi. 1855-58 yillarda R.Virxov yaratgan. Uning asosi hujayra nazariyasitr. Uning asosiy qoidalari quyidagicha: 1) hujayra butun tirik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tsellyulyar-patologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[195],"tags":[],"class_list":["post-30345","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ts-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30345","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30345"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30345\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30348,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30345\/revisions\/30348"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30345"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30345"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30345"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}