{"id":30397,"date":"2022-09-21T15:36:40","date_gmt":"2022-09-21T12:36:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30397"},"modified":"2022-09-21T15:36:41","modified_gmt":"2022-09-21T12:36:41","slug":"tsenzura","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tsenzura\/","title":{"rendered":"TSENZURA"},"content":{"rendered":"\n<p>TSENZURA (lotincha censura \u2014 jiddiy muhokama, shafqatsiz tanqid) \u2014 bosmadan chiqadigan mahsulotlar, ularning chop etilishi, tarqatilishi ustidan, shuningdek, sahna asarlari, radio-eshittirishlar va televizion ko&#8217;rsatuvlar, ba&#8217;zida esa shaxsiy yozishmalarning mazmuni va ijrosi ustidan rasmiy hokimiyat organlarining nazorat o&#8217;rnatishi. Ilk bor Tsenzura 15-asrda G&#8217;arbiy Yevropada paydo bo&#8217;lgan va cherkov ma&#8217;murlari tomonidan ilohiy va boshqa diniy qo&#8217;lyozma kitoblarga nisbatan qo&#8217;llangan. Cherkov Tsenzurasi rasmiy cherkov aqidasiga zid keladigan qo&#8217;lyozmalarni, bid&#8217;atchilar kitoblarini mutlaqo taqiqlagan. Yevropada matbaachilikning o&#8217;sishi bilan Tsenzura tizimi ham rivojlandi. 1471 yildan diniy mazmundagi kitoblar faqat cherkov ma&#8217;muriyatining ruxsati bilan nashr etiladigan bo&#8217;ldi. 16-asrdan Tsenzura diniy hokimiyatdan asta-sekin dunyoviy hokimiyatga ham o&#8217;ta boshladi: bosmaxonalari bo&#8217;lgan barcha G&#8217;arbiy Yevropa mamlakatlarida Tsenzura tartibi o&#8217;rnatildi. Tsenzura organlari tarmog&#8217;i kengayib bordi, Tsenzura qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Buyuk frantsuz inqilobi va boshqa inqiloblar fuqarolarga o&#8217;z fikrini erkin ifodalash huquqi berilishini va Tsenzuraning bekor etilishini e&#8217;lon qildi. Biroq ko&#8217;pgina mamlakatlarda matbuotda cheklashlar davom etaverdi. Rossiyada chorizmning qattiq Tsenzura tartibi tufayli ko&#8217;pgina gazeta va jurnallar o&#8217;z faoliyatini to&#8217;xtatishga majbur bo&#8217;lgan. Turkistonda ham Rossiya podshosining Tsenzura organlari ishlagan. Tsenzura ayg&#8217;oqchilari bu yerda har bir matbuot organidan ko&#8217;z-quloq bo&#8217;lib turgan, o&#8217;zi uchun nomaqbul hisoblangan chiqishlarni taqiqlagan. Sobiq sho&#8217;rolar davrida esa 1922 yildan matbuotda davlat sirlarini saqlash Bosh boshqarmasi (Glavlit) va uning respublikalardagi boshqarmalari tomonidan Tsenzura amalga oshirib kelingan. Hozirgi zamon konstitutsiyalarining aksariyatida so&#8217;z va axborot erkinligi e&#8217;tirof etilib, Tsenzura to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri taqiqlansa-da, dunyoning barcha mamlakatlarida ba&#8217;zi hollarda, jumladan, favqulodda holat e&#8217;lon qilingan vaqgda ziyon yetkazuvchi yoki noma&#8217;qul deb hisoblangan g&#8217;oyalar va ma&#8217;lumotlar tarqatilishini oldini olish choralari ko&#8217;rilib, Tsenzurani joriy etishga yo&#8217;l qo&#8217;yiladi. O&#8217;z vazifalariga ko&#8217;ra, Tsenzura bevosita va bilvosita bo&#8217;lishi mumkin. Bevosita Tsenzura axborot manbalariga, ularni tarqatuvchi vositalarga davlat tomonidan maxsus, ochiqdan-ochiq qat&#8217;iy nazorat o&#8217;rnatadi. Tsenzurani amalga oshiradigan tashkiliy-ma&#8217;muriy tizim yaratiladi va u bevosita ommaviy axborot vositalari va boshqa ma&#8217;lumot tashuvchilar faoliyati bilan shug&#8217;ullanadi. Bunday idora vakolatlari davlat sirlarini oshkor etmaslikni nazorat qilish bilan asoslantiriladi, urushni targ&#8217;ib qilish, pornografiya tarqatish, millatlararo va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish kabilarni taqiqlaydi yoki hukmron tartibni biror-bir tarzda tanqid qilishga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik uchun barcha mavjud axborotni qamrab oladi. Bunday Tsenzura zamonaviy davlatlarning ko&#8217;pchiligida Konstitutsiya tomonidan taqiqlanadi. Bilvosita Tsenzura jahonning barcha davlatlarida mavjud. U axborot yaratuvchilarga turli (eng avvalo, iqtisodiy vositalar orqali) ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishda o&#8217;z ifodasini topadi. Bilvosita Tsenzuraning turlaridan biri o&#8217;zini o&#8217;zi Tsenzura qilishdir, ya&#8217;ni axborot yaratuvchining o&#8217;zi nazorat qiladi. Tsenzurani amalga oshirish usuliga ko&#8217;ra, dastlabki va keyingi Tsenzuraga bo&#8217;lish mumkin. Dastlabki Tsenzura kitob chiqarish, sahna asarlari qo&#8217;yish va sh.k.da ruxsat olish zaruratini nazarda tutadi. Keyingi Tsenzura esa e&#8217;lon qilingan nashrlarni baholashdan iborat bo&#8217;lib, ushbu talablarni buzgan shaxslarga nisbatan man etuvchi va cheklovchi choralarni nazarda tutadi. O&#8217;zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasiga muvofiq, Tsenzuraga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi. Axborot olish va tarqatish kafolatlariga oid &#171;axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to&#8217;g&#8217;risida&#187; (2002 yil 12 dekabr), &#171;Axborotlashtirish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (yangi tahrirda, 2003 yil 11 dekabr), &#171;Ommaviy axborot vositalari to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1997 yil 25 dekabr), &#171;Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1997 yil 24 aprel)gi qonunlar qabul qilingan. Narzulla Jo&#8217;rayev, Akmal Saidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TSENZURA (lotincha censura \u2014 jiddiy muhokama, shafqatsiz tanqid) \u2014 bosmadan chiqadigan mahsulotlar, ularning chop etilishi, tarqatilishi ustidan, shuningdek, sahna asarlari, radio-eshittirishlar va televizion ko&#8217;rsatuvlar, ba&#8217;zida esa shaxsiy yozishmalarning mazmuni va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tsenzura\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[195],"tags":[],"class_list":["post-30397","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ts-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30397","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30397"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30397\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30401,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30397\/revisions\/30401"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30397"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30397"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30397"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}