{"id":30495,"date":"2022-09-22T10:51:10","date_gmt":"2022-09-22T07:51:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30495"},"modified":"2022-09-22T10:51:11","modified_gmt":"2022-09-22T07:51:11","slug":"tsitseron-mark-tulliy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tsitseron-mark-tulliy\/","title":{"rendered":"TSITSERON MARK TULLIY"},"content":{"rendered":"\n<p>TSITSERON MARK TULLIY (Marcus Tullius Cicero) (miloddan avvalgi 106.3.1, Arpinum \u2014 miloddan avvalgi 43.7.12, hozirgi Gaeta yaqini) \u2014 Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik san&#8217;atini egallaydi, so&#8217;ng Afina, kichik Osiyo va Rodosda o&#8217;z bilimini mukammallashtiradi. Elchilik davrida (miloddan avvalgi 63 yil) Katalina fitnasini fosh etgani uchun &#171;fuqarolik chambari&#187; bilan taqdirlanadi va Rim fukarolari orasida birinchi bo&#8217;lib &#171;yurt otasi&#187; unvoniga sazovor bo&#8217;ladi. Ammo rimlik fitnachilarni sudsiz qatl etgani sababli miloddan avvalgi 58 yilda quvg&#8217;inga uchrab, xorijda yashashga majbur bo&#8217;lgan. Tsezar o&#8217;ddirilgach (miloddan avvalgi 44 yil), Antoniy buyrug&#8217;i bilan qatl etilguniga qadar Rimning amaldagi hukmdori sanalgan. Tsitseron siyosat, falsafa va adabiyotda &#171;o&#8217;rta oqim&#187; hisoblangan barqarorlik va vazminlik aqidalariga sodiq bo&#8217;lgan. &#171;Aralash davlat tuzilmasi&#187; (monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning qo&#8217;shilishidan paydo bo&#8217;lgan hokimiyat) Tsitseronning siyosiy ideali bo&#8217;lib, miloddan avvalgi 2-asr boshidagi Rim Respublikasini buning namunasi deb hisoblagan. Tsitseron faylasuf sifatida atomizmta qarshi chiqdi, jonni o&#8217;lmas va abadiy deb bildi, Real tasavvurlarni Real bo&#8217;lmagan tasavvurlardan farq qilish uchun mezon yo&#8217;q deb hisobladi. Falsafiy asarlarida etika masalalariga asosiy e&#8217;tiborni qaratdi. Yunon falsafasi atamalarini ishlab chiqdi. Davlat haqidagi risolalarida davlatni xususiy mulkni himoya qiluvchi, umumiy huquq me&#8217;yorlariga asoslangan kishilar uyushmasi sifatida talqin etdi. Tsitseronning 58 ta nutqi, 19 ta asari va 800 dan ziyod maktublari saqlanib qolgan. Tsitseron asarlari Rimdagi fuqarolar urushi davri to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar manbai hisoblanadi. Tsitseron jahon tarixida notiqlik san&#8217;atini mukammal egallagan kishi sifatida shuhrat qozongan. Uning turli sud jarayonlarida so&#8217;zlagan nutqlari notiklik san&#8217;atining eng yuksak namunalaridir. Tsitseron o&#8217;z asarlari (&#171;yaxshilik va yomonlikning chegaralari to&#8217;g&#8217;risida&#187;, &#171;Davlat to&#8217;g&#8217;risida&#187;, &#171;qonunlar to&#8217;g&#8217;risida&#187;, &#171;majburiyatlar to&#8217;g&#8217;risida&#187; va boshqalar) hamda nutqlari bilan Rim mumtoz Nasri va adabiy tiliga tamal toshini qo&#8217;ygan. Tsitseronning &#171;Verresga qarshi nutqlar&#187;, &#171;Katilinaga qarshi nutqlar&#187;, &#171;Orator haqida&#187; traktatini Oybek o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. As: Rim adabiyoti, T., 1939; rechi, t. 1-2, M., 1962; Tri traktata ob oratorskom iskusstve, M., 1972; Izbrannie Sochineniya, M., 1975. Ad.: Utchenko S, Tsitseron i ego vremya, M., 1972.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TSITSERON MARK TULLIY (Marcus Tullius Cicero) (miloddan avvalgi 106.3.1, Arpinum \u2014 miloddan avvalgi 43.7.12, hozirgi Gaeta yaqini) \u2014 Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik san&#8217;atini egallaydi, so&#8217;ng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tsitseron-mark-tulliy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[195],"tags":[],"class_list":["post-30495","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ts-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30495","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30495"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30495\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30496,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30495\/revisions\/30496"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30495"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30495"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30495"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}