{"id":3059,"date":"2021-10-06T20:00:53","date_gmt":"2021-10-06T17:00:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3059"},"modified":"2021-10-06T20:00:54","modified_gmt":"2021-10-06T17:00:54","slug":"qaysi-dongdor-opera-bor-yogi-13-kunda-yaratilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qaysi-dongdor-opera-bor-yogi-13-kunda-yaratilgan\/","title":{"rendered":"Qaysi dongdor opera bor-yo&#8217;g&#8217;i 13 kunda yaratilgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bu, muallifi Joakino Rossini bo&#8217;lmish mashhur &#171;Sevilyalik sartarosh&#187;dir. Bu asar o&#8217;z asrining o&#8217;ziga xos sanami-kumiri. Buyuk kompozitorning vafotidan keyin yuz yildan ko&#8217;proq vaqt o&#8217;tgan bo&#8217;lsa-da, uning musiqali yog&#8217;dulari hali hanuzgacha so&#8217;nmagan. &#171;Sevilyalik sartarosh&#187; operasidagi Figaro \u2014 boqiy. U haddan tashqari muvaffaqiyatli timsol. G&#8217;olib Figaroda gavdalantirilgan qahramon omadli tabassum, kuch-g&#8217;ayrat, a&#8217;lo hozirjavoblik va maftunkor musiqiy ohanglarning yagona o&#8217;zanda jamlanishi tufayli butun asr musiqiy sahnasida mumtoz asar bo&#8217;lib qoldi. Daho Rossini 1792 yili Italiyaning Pezaro shahrida tavallud topadi. Bo&#8217;lg\u2019usi ustoz uchun jiddiy ta&#8217;lim 12 yoshdan, ota-onasi (aytgancha, ular ham musiqachi) Boloniyaga ko&#8217;chib kelib, o&#8217;spirinni musiqa litseyiga berganlarida boshlanadi. Ajoyib muallimlar rahnamoligida Joakino kontrapunt, uyg\u2019unlik, mumtoz soz usullarini o&#8217;rganadi, \u2014 umumun jiddiy musiqaviy tahsil ko&#8217;radi. Rossini 16 yoshida \u2014 litseyning o&#8217;zi bastalagan kantatasi uchun birinchi mukofot bilan taqdirlangan eng yaxshi musiqachisi, 18 yoshida esa yigit &#171;Maestro&#187; guvohnomasini oladi. Ta&#8217;bir joiz bo&#8217;lsa, bu endilikda muallimlarga ehtiyoj sezmaydigan mustaqil musiqachi. 36 opera muallifi, ulardan biri \u2014 &#171;Sevilyalik sartarosh&#187;ning me&#8217;mori buyuk Rossinining yo&#8217;li shu tariqa boshlangan edi. Bu asar yaratilishi tarixi judayam maroqli. Kunlardan bir kuni Rim opera teatrida butun matnga u o&#8217;zida har xil istehzolarni yashirgan bahonasida qatag&#8217;on e&#8217;lon qilgan politsiya bilan ko&#8217;ngilsizlik ro&#8217;y beradi. Zaxirada esa faqat Bomarshe komediyasi asosida bastalangan &#171;Sevilyalik sartarosh&#187; librettosi qolgan edi. Uni-da teatr impresariosi \u2014 yetakchisi Rim gubernatoriga tavsiya qiladi. Odob va xushmuomalik haqidagi quruq gap-so&#8217;zlar badiga urgan gubernator yangi opera g\u2019oyasini tashabbus bilan qo&#8217;llab-quvvatlaydi. O&#8217;sha kezlari 24 yoshda bo&#8217;lgan Rossini librettonavisga maktub bitadi va opera yozishga uning ijozatini qozongach, ishga kirishib ketadi. Musiqa atigi 13 kunda yaratilgan edi. Va nihoyat, 1816 yilning 20 fevralida \u2014 premera. Afsuski, &#171;Sevilyalik sartarosh&#187;ning ilk namoyishi barbod bo&#8217;ldi. Janjalu mashmasha yosh muallifni shu qadar xafa qilgan ediki, spektakldan keyin uni chalajon bir holatda ko&#8217;radilar. Shunday bo&#8217;lsa hamki, ikkinchi tomosha endi Rossiniga omad keltirdi, uchinchisi esa \u2014 jumla olamga tanitdi. Bastakor Yevropa bo&#8217;ylab muzaffarona yurish boshlaydi, uning konsertlariga shohona siylovlar beriladi, ijodkor o&#8217;ta badavlat kishiga aylanadi. Ammo tomoshabinlar faqat Maestroning yoqimtoy musiqasi bilangina qanoatlanmas edi. U, o&#8217;zida hozirjavob suhbatdoshni, xonanda, dirijyor, pianinochi va daho bastakorni mujassam eta olgan insonni yuzma-yuz shaxsan ko&#8217;rishni istar edi. Zodagonlar zamonasi Rossinini nimtalab tashlagudek edi. U vaqti-vaqti bilan goh Italiyada, gohida Parijda yashagan. Borgan sari kamdan-kam bastalaydigan bo&#8217;ldi, 37 yoshida esa, &#171;Vilgelm Tell&#187; operasini tugatgach, kompozitorlik faoliyatini ongli ravishda to&#8217;xtatadi. Rossinining o&#8217;zi bu narsani shunday izohlagandi: &#171;nega men qariganimda musiqa bastalashim kerak ekan? Horib-tolgan, qartaygan Rossini navqironlar bilan maydonga tushsinmi?\u201d.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu, muallifi Joakino Rossini bo&#8217;lmish mashhur &#171;Sevilyalik sartarosh&#187;dir. Bu asar o&#8217;z asrining o&#8217;ziga xos sanami-kumiri. Buyuk kompozitorning vafotidan keyin yuz yildan ko&#8217;proq vaqt o&#8217;tgan bo&#8217;lsa-da, uning musiqali yog&#8217;dulari hali hanuzgacha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qaysi-dongdor-opera-bor-yogi-13-kunda-yaratilgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3059","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3059","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3059"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3059\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3061,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3059\/revisions\/3061"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3059"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3059"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3059"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}