{"id":30782,"date":"2022-10-15T20:23:57","date_gmt":"2022-10-15T17:23:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30782"},"modified":"2022-10-15T20:24:00","modified_gmt":"2022-10-15T17:24:00","slug":"gaznavilar-davlati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gaznavilar-davlati\/","title":{"rendered":"G&#8217;AZNAVILAR DAVLATI"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;AZNAVILAR DAVLATI &#8212; Xuroson, shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda G&#8217;aznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. G&#8217;aznavilar davlatiga Alpteginning g&#8217;ulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti G&#8217;azna shahri nomidan olingan. Turkiy g&#8217;ulomlar xizmatlari evaziga Somoniylardan Xuroson va Afg&#8217;onistonning turli viloyatlari (G&#8217;azna, Kobul va boshqalar) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin G&#8217;azna viloyatining noibi va qo&#8217;shin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan. 994\u2014 995 yillarda Xurosonda bo&#8217;lib o&#8217;tgan 2 jangda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur va noib Sabuktegin boshchiligidagi Birlashgan qo&#8217;shin isyon ko&#8217;targan turk sarkardalari Abu Achi Simjuriy (Abulhasan Simjuriynint o&#8217;g&#8217;li) va Foyiq qo&#8217;shinlarini tor-mor keltirish jarayonida Sabukteginning siyosiy nufuzi yanada ortadi. G&#8217;aznavilar davlatining eng kuchaygan davri Amir Sabuktegin, ayniqsa, Sulton Mahmud G&#8217;aznaviy hukmronligi yillariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. 11-asr boshlariga kelganda musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan G&#8217;aznavilar davlatining chegaralari g&#8217;arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shimoliy-g&#8217;arbda Xorazm va Orol dengizigacha cho&#8217;zilgan, Sharqda esa shimoliy Hindistonning kattagina qismini o&#8217;z ichiga olgan va Janubda Balujistongacha yetgan edi. Mahmud G&#8217;aznaviy Somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davlatini (1017) ham o&#8217;z saltanati tarkibiga qo&#8217;shib olgan. Biroq janubiy Toxariston (hozirgi Shimoliy Afg&#8217;oniston)dan tashqari Shimoliy Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston) hududini ham egallash uchun G&#8217;aznaviylar kurash boshlaganlarida Qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari o&#8217;zaro to&#8217;qnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chag&#8217;oniyon va Termiz g&#8217;aznaviylarga bo&#8217;ysundirilgan. G&#8217;aznaviylar bilan Qoraxoniylar davlati o&#8217;rtasidagi chegara Amudaryo deb e&#8217;tirof qilingan. 1024\u2014 25 yillarda Mahmud G&#8217;aznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib o&#8217;tib, temir darvoza (temir qopqa) orqali Sug&#8217;dga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy) gacha bo&#8217;lgan viloyatlar Qoraxoniylar hukmronligidan chiqib, G&#8217;aznaviylar ta&#8217;siriga o&#8217;tgan. Bu davrda G&#8217;aznavilar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud G&#8217;aznaviyning o&#8217;g&#8217;li va valiahdi Mas&#8217;ud G&#8217;aznaviy hukmronligi davrida (1030-41) G&#8217;aznavilar davlati o&#8217;z qo&#8217;l ostidagi hududlarni birin-ketin qo&#8217;ldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi. 11-asr o&#8217;rtalaridan boshlab g&#8217;aznaviylarning asosiy raqibi saljuqiylar bo&#8217;ldi. G&#8217;aznavilar davlati tarkibidan 1-bo&#8217;lib Xorazm ajralib chiqdi. G&#8217;aznaviylarning Xorazmdagi noibi Oltintosh vafot etgach (1032), uning o&#8217;g&#8217;li Horun g&#8217;aznaviylarga qarshi isyon ko&#8217;tardi (1034). U Saljuqiylar va Qoraxoniylar bilan do&#8217;stona aloqa o&#8217;rnatib, Xorazmni g&#8217;aznaviylardan mustaqil deb e&#8217;lon qilgan. Bu paytda Qoraxoniylar va G&#8217;aznaviylar o&#8217;rtasida Chag&#8217;oniyon, Xuttalon, Termizni egallash uchun yana keskin kurash boshlangan. Marv yaqinidagi Dandanakon jangi (1040 yil may)da Mas&#8217;ud G&#8217;aznaviy qo&#8217;shini saljuqiylardan engilgach, G&#8217;aznaviylar Xurosonni butunlay qo&#8217;ldan chiqarishdi. Mag&#8217;lubiyatga uchragan Sulton Mas&#8217;ud G&#8217;aznaviy G&#8217;aznaga qochgan va keyinchalik fitnachilar tomonidan o&#8217;ldirilgan (1041). Taxtga Mas&#8217;udning ukasi Muhammad o&#8217;tirgan. Lekin Mas&#8217;udning o&#8217;g&#8217;li Mavdud (hukmronlik davri: 1041-48) amakisi Muhammadning qo&#8217;shinini engib, uni o&#8217;ldirgan va taxtga o&#8217;tirgan. Sulton Mavdudning Amudaryo yuqori qismidagi viloyatlarni qaytarib olishdagi sa&#8217;y-harakatlari natijasiz tugagan. Sulton Farruxzod (hukmronlik davri: 1053-59)ning harakatlari bir muncha samarali bo&#8217;lib, u ketma-ket ikki jangda Saljuqiylar qo&#8217;shinini mag&#8217;lubiyatga uchratdi. Lekin keyinchalik Alp Arslon G&#8217;aznaviylarni yengishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Ikki o&#8217;rtada tuzilgan bitim (1059)ga muvofiq, g&#8217;aznaviylar Movarounnahr va Toxaristonga bo&#8217;lgan har qanday huquqlarini yo&#8217;qotdilar. Ularning hududi G&#8217;azna viloyati va shimoliy Hindistonning bir qismi (Panjob va boshqalar) bilan cheklanib qoldi. Bu hudud ham 12-asr boshlaridan boshlab asta-sekin qisqarib bordi. 12-asrning 60-yillarida G&#8217;uriylar davlati G&#8217;aznaviylarni Shimoliy Hindistonga butunlay siqib chiqardilar, poytaxt G&#8217;aznadan Lahorga ko&#8217;chirildi (1161). G&#8217;uriylar davlati hukmdori G&#8217;iyosiddin Muhammad qo&#8217;shini Lahorni bosib olgach, G&#8217;aznavilar davlati butunlay tugatildi (1186). Davlatni boshqarish. G&#8217;aznavilar davlatida boshqaruv tizimi o&#8217;zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bog&#8217;liq xizmatlar va amallar kirgan. G&#8217;aznaviylar davrida hojiblik xizmatining o&#8217;rni alohida e&#8217;tiborga loyiq. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi o&#8217;rta amaldor), xazinachi, Joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning o&#8217;rni katta bo&#8217;lgan. Devonlar ijroiya idoralari bo&#8217;lib, o&#8217;sha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devoni (bosh vazir devoni); harbiy ishlar devoni; elchilik va boshqalar rasmiy tadbirlarni yuritish devoni; moliya devoni; pochta-xabar devoni. Viloyat boshlig&#8217;ini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. Viloyatlardagi boshqaruv ishlarni amid olib borgan. Shahar boshlig&#8217;ini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida Shihna, kutvol (qal&#8217;a komendanti), sohibi devon (ma&#8217;muriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat ko&#8217;rsatganlar. G&#8217;aznavilar davlati qudratli harbiy qo&#8217;shinga ega edi. Oliy qo&#8217;mondonlik hukmdorning ixtiyorida bo&#8217;lgan. Bosh qo&#8217;mondon \u2014 sipohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon a&#8217;zosi hisoblangan. Masalan, Mahmud G&#8217;aznaviy sipohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar Salor, o&#8217;rta darajadagilari sarhang deyilgan. Harbiylar o&#8217;z pochta-xabar va qozilik xizmatlariga ega bo&#8217;lgan. G&#8217;aznaviylar qo&#8217;shinida harbiy kemalar (Daryo va dengiz floti) ham mavjud edi. Madaniyati. G&#8217;aznavilar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud G&#8217;aznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, Arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va o&#8217;zi she&#8217;rlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san&#8217;atkorlar to&#8217;planib, faol ijod bilan shug&#8217;ullanishgan. Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan bo&#8217;lib, G&#8217;aznada yashashgan. Beruniy o&#8217;zining &#171;Qonuni Mas&#8217;udiy&#187; va Bayhaqiy o&#8217;zining &#171;ta&#8217;rixi Mas&#8217;udiy&#187; asarlarini Mas&#8217;ud G&#8217;aznaviyga bag&#8217;ishlashgan. Firdavsiy mashhur &#171;Shohnoma&#187; dostonini Mahmud G&#8217;aznaviyga taqdim etgan. Biroq buyuk tabib Abu Ali ibn Sino G&#8217;aznaga \u2014 Sulton saroyiga borishdan bosh tortgan. Shim. Hindistonni islomlashtirish va turklashtirish jarayoni aynan G&#8217;aznaviylar davridan boshlangan. G&#8217;aznavilar davlatida qurilish va me&#8217;morchilikka ham katta e&#8217;tibor qaratilgan. G&#8217;azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda ko&#8217;plab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bog&#8217;lar qurilgan, kutubxonalar faoliyat ko&#8217;rsatgan. Xususan, poytaxt G&#8217;azna shahri gullab-yashnagan. Manba.: Abu-l-fazl Bayxaki, istoriya Mas&#8217;uda (1039-41), T., 1962; 2nashri, T., 1969; Beruniy , Hindiston (tanlangan asarlar,2-j.), T., 1965; Beruniy, Qonuni Mas&#8217;udiy (tanlangan asarlar, 1-2-kitoblar, T., 1973; 1976; Ad.: O&#8217;zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001; Erol gungur, tarixda turkiy davlatlar, T., 2003. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;AZNAVILAR DAVLATI &#8212; Xuroson, shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda G&#8217;aznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. G&#8217;aznavilar davlatiga Alpteginning g&#8217;ulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti G&#8217;azna &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gaznavilar-davlati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30782","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30782","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30782"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30782\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30783,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30782\/revisions\/30783"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30782"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30782"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30782"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}