{"id":30804,"date":"2022-10-16T09:18:43","date_gmt":"2022-10-16T06:18:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30804"},"modified":"2022-10-16T09:18:45","modified_gmt":"2022-10-16T06:18:45","slug":"gayratiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gayratiy\/","title":{"rendered":"G&#8217;AYRATIY"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;AYRATIY (taxallusi; asl nomi Abdurahim Abdullayev) (1902.15.2 \u2014 Toshkent \u2014 1976.17.1) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1972). Dastlab &#171;Namuna&#187; maktabi (1917-18) va o&#8217;qituvchilar tayyorlash 2 yillik kursida (1918-19) o&#8217;qigan. Toshkentdagi to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktabda o&#8217;qituvchilik qilgach (1919\u2014 23), Bokuga borib, o&#8217;qituvchilar seminariyasida tahsil olgan (1926). Toshkent qishloq xo\u2019jalik mashinasozligi zavodida ishchi va adabiyot to&#8217;garagi rahbari (1928-31), O&#8217;zbekiston davlat nashriyotida muharrir (1931 \u2014 35), Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1942), maktab o&#8217;quvchilari saroyida adabiyot to&#8217;garagi rahbari (1946-76). Ilk she&#8217;rlar to&#8217;plami \u2014 &#171;Yer tovushi&#187; (1927). Shundan so&#8217;ng G&#8217;ayratiyning &#171;Yashash taronalari&#187; (1928), &#171;Temp&#187; (1931), &#171;Olov tanlar&#187; (1932), &#171;Tanlangan asarlar&#187; (1934), &#171;Sevgi&#187; (1939), &#171;Oltin yoshlik&#187; (1940), &#171;asr sadosi&#187; (1972) kabi she&#8217;rlar va &#171;qutulish&#187; (1928), &#171;hashar&#187; (1929), &#171;qora yuraklar&#187; (1931), &#171;hikoyalar&#187; (1957) kabi hikoyalar to&#8217;plamlari, &#171;oqin hukmi&#187; (1931), &#171;Uzoqdagi yor&#187; (1967), &#171;Baxmal qirg&#8217;oq&#187; (1971) qissalari nashr etilgan. G&#8217;ayratiy 30-yillar adabiy jarayonida faol ishtirok etib, shu davr g&#8217;oyalari ifodalangan she&#8217;rlari, ayniqsa, uyg&#8217;ur xalqining musibatli o&#8217;tmishiga bag&#8217;ishlangan &#171;Onamga xat&#187; (1935) va &#171;Jinasta&#187; (1937) dostonlari bilan mashhur bo&#8217;lgan. G&#8217;ayratiyning 2-jahon urushi yillarida millatchilikda ayblanib, Yozuvchilar uyushmasidan chiqarilishi uning keyingi ijodiy taqdiriga salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. U o&#8217;zini g&#8217;oyaviy jihatdan oqlash maqsadida Hamza, Furqat va Zavqiyga bag&#8217;ishlangan &#171;O&#8217;lmas qo&#8217;shiq&#187;, &#171;shoir&#187; (1955), &#171;G&#8217;urbatda Furqat&#187; (1959), &#171;bizning ham-za&#187; (1966) kabi dostonlar hamda ateistik mavzuda hikoyalar yozgan. G&#8217;ayratiy bolalarga bag&#8217;ishlab &#171;yo&#8217;qolgan bola&#187; (1935), &#171;O&#8217;rmon mushugi&#187;, &#171;toshsoqa kanali&#187; (1940) dostonlarini, &#171;mening yoshligim&#187; (1935), &#171;unutilmas kunlar&#187; (1957), &#171;Rustamning sarguzashti&#187; (1961) qissalarini yozgan. Shuningdek, G&#8217;ayratiyning bolalar hayotidan olingan &#171;Omon&#187;, &#171;tinchlik o&#8217;rmoni&#187;, &#171;uchrashuv&#187;, &#171;O&#8217;rmonda&#187;, &#171;qanotli do&#8217;stlar&#187;, &#171;Ali kichkina&#187;, &#171;tugmachagul&#187; kabi pyesa va instsenirovkalari mavjud. Ularning aksari respublika qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrlarida sahnalashtirilgan. G&#8217;ayratiy respublika o&#8217;quvchilar saroyidagi adabiyot to&#8217;garagiga rahbarlik qilgan. Bu to&#8217;garakdagi shogirdlari orasidan keyinchalik E.Vohidov, X.Saloh, Yu.Shomansur, Sayyor, A.Eshonov singari shoir va yozuvchilar yetishib chiqqan. As. Tanlangan asarlar [2.j.li], 1-2- j. T., 1973-75; tarannum vatabassum [She&#8217;rlar], T., 1975; Quyosh mehri [she&#8217;rlar], T., 1978; Quyoshga muhabbat, T., 1980. Ad.Sharipov M., G&#8217;ayratiy [adabiytanqidiy ocherk], T., 1961; Mamajonov S ., G&#8217;ayratiy [adabiy portret], T., 1972.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;AYRATIY (taxallusi; asl nomi Abdurahim Abdullayev) (1902.15.2 \u2014 Toshkent \u2014 1976.17.1) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1972). Dastlab &#171;Namuna&#187; maktabi (1917-18) va o&#8217;qituvchilar tayyorlash 2 yillik kursida (1918-19) o&#8217;qigan. Toshkentdagi to&#8217;liqsiz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gayratiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30804","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30804","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30804"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30804\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30807,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30804\/revisions\/30807"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30804"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30804"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30804"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}