{"id":30814,"date":"2022-10-16T09:44:15","date_gmt":"2022-10-16T06:44:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30814"},"modified":"2022-10-16T09:44:28","modified_gmt":"2022-10-16T06:44:28","slug":"gallaorol-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gallaorol-tumani\/","title":{"rendered":"G&#8217;ALLAOROL TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;ALLAOROL TUMANI \u2013 Jizzax viloyatigi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1931 yilgacha Yangiqo&#8217;rg&#8217;on tumani deb atalgan. Viloyatning g&#8217;arbiy, Janubiy-g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Shimoldan Forish, sharqdan Jizzax, Janubdan Baxmal tumanlari, Janubiy-G&#8217;arb va g&#8217;arbdan Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 2,0 ming kilometr kvadrat. Aholisi 128,1 ming kishi (2005). 1 shahar (G&#8217;allaorol), 2 shaharcha (Marjonbuloq, Qo&#8217;ytosh), 11 qishloq Fuqarolari yig&#8217;ini (Buloqboshi, Guliston, Ittifoq, Ko&#8217;kbuloq, Madaniyat, Mirzabuloq, Mo&#8217;ltob, Mulkush, Tozaurug&#8217;, Qipchoqsoy, G&#8217;o&#8217;bdin) bor. Markazi \u2014 G&#8217;allaorol shahri. Tabiati. Tumanning Markaziy va g&#8217;arbiy qismi tekislik, shimol va shimoliy-g&#8217;arbiy qismi qir, baland adir va tog&#8217;lardan iborat. Shimoldan Nurota tizmalari, sharqsan Molguzar tog&#8217;i bilan o&#8217;ralgan. Tuman hududining katta qismi uning Markaziy qismidan shimolga 350- 400 metrdan 1600-1900 metrgacha ko&#8217;tarilib boruvchi tekislik. Tekislik Nurota tog&#8217;i etaklarigacha davom etadi. Foydali qazilmalar l shahri qo&#8217;rg&#8217;oshin, rux, oltin, volfram. mahalliy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan qum, shag&#8217;al, gips, granit, ohaktosh va boshqalar turli qurilish materiallari mavjud, shifobaxsh mineral suv manbai bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq, qishi sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -2\u00b0, iyulniki 32\u00b0. Yillik yog&#8217;in 326 millimetr. Vegetatsiya davri 240 kun. Tuproqlari sariq tuproq, lyosslardan iborat. Markaziy va shimol qismidagi adirlarning tuprog&#8217;i lyoss ustida hosil bo&#8217;lgan bo&#8217;z, och bo&#8217;z, tipik bo&#8217;z tuproq. Soylik, jar ko&#8217;p. Tuman hududidan Sangzor daryosi oqib o&#8217;tadi. Yovvoyi o&#8217;simliklardan qo&#8217;ng&#8217;irbosh, rang, yalpiz, lola, lolaqizg&#8217;aldoq, Iloq, qiyoq, sho&#8217;ra, shuvoq, yantoq, na&#8217;matak, zira, zirk va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, qobon, chiyabo&#8217;ri, arxar, quyon; sudralib yuruvchilardan toshbaqa, zaharli ilonlar, echkemar, kaltakesaklar; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; qushlardan burgut, tuvaloq, bedana, qirg&#8217;ovul, kaklik, kaptar yashaydi; suv havzalarida turli baliqlar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 61,9 kishi. Shahar aholisi 32,2 ming kishi, qishloq aholisi 91,6 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. G&#8217;allaorol tumanida Marjonbuloq va Qo&#8217;ytosh volfram-molibden konlari, meva-konserva, sharob ishlab chiqarish korxonasi, parrandachilik aktsiyadorlik birlashmasi, avtokorxona, MTP, sutni qayta ishlash, qishloq xo\u2019jalik texnikasini ta&#8217;mirlash, paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari bor. 230 ga yaqin firma, o&#8217;rta biznes, kichik korxona, mikrofirmalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. &#171;G&#8217;allaorol \u2014 Iordaniya&#187;, &#171;G&#8217;allaorol \u2014 Turkiya&#187;, &#171;G&#8217;allaorol \u2014 Belogorsk&#187;, &#171;Vollastonit&#187; (Qo&#8217;ytoshda) qo&#8217;shma korxonalari ishlab turibdi. Qishloq xo\u2019jalikda g&#8217;allachilik, bog&#8217;dorchilik, tokchilik, chorvachilik (shu jumladan, qorako&#8217;lchilik) rivojlangan. Ekin maydonlariga don, sabzavot, kartoshka, poliz va ozuqa ekinlari ekiladi. Shirkat, fermer xo&#8217;jaliklari, o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, urug&#8217;chilik firmasi va boshqalar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarda qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda, yilqi boqiladi. Tuman hududidagi kanallar uzunligi 76 kilometr, zovurlar uzunligi 106,6 kilometr. 90 ga yaqin umumiy ta&#8217;lim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman Markaziy kutubxonasi va uning 33 ta tarmog&#8217;i (244 ming nusxa asar), 11 madaniyat uyi, 15 klub muassasasi mavjud. &#171;Oltin boshoq&#187; ashula va raqs, &#171;Gashtak&#187; folklor-etnografik dastalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Tuman Markaziy kasalxonasi (520 o&#8217;rin), 4 poliklinika, tug&#8217;ruqxona, 55 feldsher-akusherlik punkti, 10 qishloq-vrachlik ambulatoriyasi, dorixonalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Tuman hududidan katta O&#8217;zbekiston trakti va temir yo\u2019l o&#8217;tgan. Tuman markazidan Toshkent, Samarqand, Jizzax shaharlari, viloyatning Baxmal, Gagarin, Paxtakor, Do&#8217;stlik shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Tezyurar Toshkent \u2014 Samarqand elektr poyezdi tuman hududidan o&#8217;tadi. G&#8217;allaorol tumanida Oydinsoy (miloddan avvalgi 1-asr), Qo&#8217;ng&#8217;irtepa, Shaxidtepa (1-asr), Almantepa, Jalmantepa, Lapaktepa, Pardakultepa, Nushkent kabi tarixiy arxeologik yodgorliklar bor. &#171;G&#8217;alla-Orol ovozi&#187; tuman gazetasi chop etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;ALLAOROL TUMANI \u2013 Jizzax viloyatigi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1931 yilgacha Yangiqo&#8217;rg&#8217;on tumani deb atalgan. Viloyatning g&#8217;arbiy, Janubiy-g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Shimoldan Forish, sharqdan Jizzax, Janubdan Baxmal tumanlari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gallaorol-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30814","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30814","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30814"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30814\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30817,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30814\/revisions\/30817"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30814"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30814"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30814"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}