{"id":30918,"date":"2022-10-16T12:06:41","date_gmt":"2022-10-16T09:06:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30918"},"modified":"2022-10-16T12:06:44","modified_gmt":"2022-10-16T09:06:44","slug":"garbiy-sahroi-kabir-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/garbiy-sahroi-kabir-2\/","title":{"rendered":"G&#8217;ARBIY SAHROI KABIR"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;ARBIY SAHROI KABIR &#8212; Afrikaning shimoliy-g&#8217;arbiy qismidagi hudud. Sahroi Kabir cho&#8217;lining g&#8217;arbiy qismida, Atlantika okeani sohilida joylashgan. Shimolda Marokash, shimol-sharqdan Jazoir, Janub va sharqdan Mavritaniya bilan chegaradosh. Maydoni 266 ming kilometr kvadrat. G&#8217;arbiy Sahroi Kabir ikki qism: Sagiet al-Hamra (shimol, 82 ming kilometr kvadrat) va Rio-de-oro (Janub, 184 ming kilometr kvadrat) dan iborat. Aholisi 200 ming kishi (1992), asosan, mavrlar. Asosiy tili \u2014 Arab tili, dini \u2014 Islom. Relefi tekislik bo&#8217;lib, qadimgi Afrika platformasining Al-Ayyun bukilmasida joylashgan. Eng baland joyi shimol-sharqida, Atlas tog&#8217;i etaklarida. G&#8217;arbiy Sahroi Kabir tabiat resurslariga boy. Foydali qazilmalardan fosforit, temir, mis rudalari, neft, kaliy tuzi, simob, marganes, uran konlari bor. Iqlimi katta qismida tropik cho&#8217;l, sohil qismida birmuncha yumshoq dengizbo&#8217;yi iqlimi. O&#8217;rtacha oylik temperatura 17-20\u00b0dan 25-30\u00b0 gacha. Yillik yog&#8217;in 50-200 millimetr. Daryolari mavsumiy. O&#8217;simliklari buta va o&#8217;tlardan iborat. Vohalarda akatsiya, palma, fikus o&#8217;sadi. Hayvonlardan tuyoqlilar, sudraluvchi va mayda kemiruvchi ko&#8217;p. Yirtqichlardan gepard, chiyabo&#8217;ri, sirtlon yashaydi. Qirg&#8217;oqqa yaqin suvlari baliqqa boy. Aholi, asosan, chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Tuya, qo&#8217;y va echki boqiladi. Arpa, bug&#8217;doy, sabzavot ekinlari ekiladi. Qadimda G&#8217;arbiy Sahroi Kabirda Afrika shimoldan kelgan barbar qabilalari yashagan. 7-asrda hududni arablar egallagan. 9-11-asrlarda G&#8217;arbiy Sahroi Kabir Gana imperiyasi, 11 -12- asrlarda Al-Moraviylar davlati tarkibida bo&#8217;lgan. Yevropaliklar hududga ilk bor 15-asr oxirlarida kelib o&#8217;rnasha boshlaganlar. 1887 yilda Ispaniya Riode-oroni o&#8217;z ta&#8217;sir doirasidagi hudud deb e&#8217;lon qildi. 1904 va 1912 yillardagi Frantsiya\u2014Ispaniya bitimlariga ko&#8217;ra, Sagiet al-Hamrani ham o&#8217;z mulkiga qo&#8217;shib oldi. 1959 yilda G&#8217;arbiy Sahroi Kabir Ispaniyaning &#171;dengiz orti provintsiyasi&#187; deb e&#8217;lon qilindi. Mahalliy xalq ozodlik uchun faol kurash olib bordi. 1970 yilda Al-Ayyunda mustamla-kachilarga qarshi katta ommaviy chiqishlar bo&#8217;ldi. 1973 yilda Sagiet al-Hamra va Rio-de-oroni ozod qilish fronti \u2014 POLISARIO tashkil topdi (Bosh kotibi Muhammad Abdulaziz). G&#8217;arbiy Sahroi Kabirda mustamlakachilik tuzumini bekor qilish to&#8217;g&#8217;risidagi masala BMTda 1966 yildan boshlab bir necha bor muhokama qilindi. 1975 yil 14 noyabrda Madridda imzolangan shartnomaga muvofiq Ispaniya 1976 yil fevral oyida o&#8217;z mustamlakasini Marokash va Mavritaniya ixtiyoriga o&#8217;tkazishini e&#8217;lon qildi. 1976 yil boshida Ispaniya qo&#8217;shinlari G&#8217;arbiy Sahroi Kabirdan chiqib ketdi. 1976 yil 27 Fevralda POLISARIO fronti G&#8217;arbiy Sahroi Kabirda Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi (SKADR) tuzilganligini e&#8217;lon qildi. 1976 yil 26-30 avgustda SKADR Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1984 yilda SKADR Afrika birligi tashkilotiga a&#8217;zo bo&#8217;ldi, uni 70 davlat tan oldi. 1979 yilda Mavritaniya G&#8217;arbiy Sahroi Kabirga nisbatan hududiy da&#8217;vosidan voz kechdi. Marokash Mavritaniya nazorati ostidagi hududni ham egallab oldi. BMT Bosh Assambleyasi va Afrika birligi tashkiloti G&#8217;arbiy Sahroi Kabir muammosini hal etish maqsadida Marokash va POLISARIO fronti o&#8217;rtasida qurolli to&#8217;qnashuvlarni to&#8217;xtatish bo&#8217;yicha bitimlar tuzish va G&#8217;arbiy Sahroi Kabirda o&#8217;z taqdirini o&#8217;zi belgilash masalasi bo&#8217;yicha referendum o&#8217;tkazishni tashkil etishni yoqlab chiqdi. Biroq Marokash hukumati POLISARIO fronti bilan bevosita kelishib olishga qarshi. 1991 yilda BMTning xavfsizlik kengashi G&#8217;arbiy Sahroi Kabirda referendum o&#8217;tkazish bo&#8217;yicha BMT missiyasi tuzish to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qildi. Missiya xalqni o&#8217;z taqdirini o&#8217;zi belgilash masalasi bo&#8217;yicha referendumga tayyorgarlik ko&#8217;rish va uni o&#8217;tkazishni nazorat qilishi lozim. Biroq tomonlarning kelish-movchiligi tufayli referendum o&#8217;tkazish ortga surilmoqda. 1996 yilda Marokash bilan POLISARIO o&#8217;rtasida o&#8217;zaro aloqalarning yangilanishi munosabati bilan BMT missiya mandatini cho&#8217;zishga qaror qildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;ARBIY SAHROI KABIR &#8212; Afrikaning shimoliy-g&#8217;arbiy qismidagi hudud. Sahroi Kabir cho&#8217;lining g&#8217;arbiy qismida, Atlantika okeani sohilida joylashgan. Shimolda Marokash, shimol-sharqdan Jazoir, Janub va sharqdan Mavritaniya bilan chegaradosh. Maydoni 266 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/garbiy-sahroi-kabir-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30918","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30918","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30918"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30918\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30920,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30918\/revisions\/30920"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30918"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30918"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30918"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}