{"id":30931,"date":"2022-10-16T12:51:33","date_gmt":"2022-10-16T09:51:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30931"},"modified":"2022-10-16T12:51:36","modified_gmt":"2022-10-16T09:51:36","slug":"gafur-gulom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gafur-gulom\/","title":{"rendered":"G&#8217;AFUR G&#8217;ULOM"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;AFUR G&#8217;ULOM (taxallusi; asl nomi G&#8217;ulomov G&#8217;afur) (1903.10.5 \u2014 Toshkent \u2014 1966.10.7) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1963). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943). Toshkent shahrida Qo&#8217;rg&#8217;ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va &#171;hayot&#187; maktablarida (1918) o&#8217;qigan. Mustaqil hayot yo&#8217;lini erta boshlab, kosibchilik, tunukasozlik, harf teruvchilik singari turli kasblar bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. O&#8217;qituvchilarni tayyorlash kurslarini tugatib, &#171;Cho&#8217;lpon&#187; (1919), &#171;hayot&#187; (1924) maktablarida muallim, bolalar uyi (1926), &#171;urfon&#187; maktabida mudir (1928). &#171;Kambag&#8217;al dehqon&#187; (1928 yildan) va &#171;Sharq haqiqati&#187; gazetalarida (1929 yildan) mas&#8217;ul kotib, &#171;Mushtum&#187;, &#171;Yer yuzi&#187; jurnallari va &#171;qizil O&#8217;zbekiston&#187; gazetasida adabiy xodim (1930-42), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1943-66). 30-yillarning boshlaridan shoir, hikoyanavis, dramaturg, tarjimon sifatida ijod etib, &#171;Dinamo&#187;, &#171;yigit&#187;, &#171;egalari egallaganda&#187;, &#171;Xitoydan lavhalar&#187; (1931), &#171;tirik qo&#8217;shiqlar&#187; (1932), &#171;Ko&#8217;kan&#187; (1934), &#171;Sizga&#187; (1935), &#171;Chashma&#187; (1939) she&#8217;riy to&#8217;plam va dostonlari, &#171;Jo&#8217;rabo&#8217;za&#187; hikoyalar to&#8217;plami, &#171;Netay&#187; (1932), &#171;tirilgan murda&#187; (1935), &#171;Yodgor&#187;, &#171;Shum bola&#187; (1938) qissalari va &#171;muxbir sudi&#187; (1929) pesasini nashr etgan. Bundan tashqari, V.Mayakovskiyning &#171;Hayqiriq&#187; (1929), Hodi Toqtoshning &#171;muhabbat tavbasi&#187; (1931) dostonini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Navoiyning &#171;Farhod va Shirin&#187; dostonini nashrga tayyorlagan. G&#8217;afur G&#8217;ulomning ijodiy tadriji 3 davrdan iborat. 30-yillarni o&#8217;z ichiga olgan 1-davrda G&#8217;afur G&#8217;ulom ko&#8217;plab she&#8217;r, maqola va ocherklar yozgan. Ularning aksari davrning o&#8217;tkinchi mavzulariga bag&#8217;ishlangan. G&#8217;afur G&#8217;ulom shu davrda yaratgan nasriy asarlarida xalq hayotini, tarixini, turli ijtimoiy qatlamlarga mansub kishilarning ruhiy olami va nutqini mukammal ifoda etgan. G&#8217;afur G&#8217;ulom &#171;Netay&#187; va &#171;Yodgor&#187; qissalarida tasvirlangan ayol qahramonlar obrazi orqali ma&#8217;naviy buzilish, sharqona axloq me&#8217;yorlarini oyoqosti qilish katta fojiaga olib borishi mumkinligini ko&#8217;rsatgan. &#171;Shum bola&#187; qissasining bosh qahramoni obrazida G&#8217;afur G&#8217;ulom hayotning har qanday murakkab va mashaqqatli sinovlaridan o&#8217;ta biladigan, tegirmondan butun chiqadigan sho&#8217;x va zukko bola obrazini katta mahorat bilan tasvirlagan. Yozuvchi avtobiografik xarakterga ega bo&#8217;lgan bu asari bilan o&#8217;zbek adabiyotiga yangi bir tipni olib kirgan. Milliy bo&#8217;yoqlar bilan muzayyan bo&#8217;lgan bu asar ayni paytda umuminsoniy g&#8217;oya va qarashlar bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan. Ijodining 2-davri \u2014 2-jahon urushi yillarida G&#8217;afur G&#8217;ulom xalq va mamlakat hayotida kechayotgan fojiaviy voqealarni falsafiy rejada idrok va tasvir etuvchi asarlarni yaratgan (&#171;kuzatish&#187;). Urush yillarida ota-onasiz krlib, O&#8217;zbekistonga ko&#8217;chirib keltirilgan bolalar haqidagi &#171;Sen yetim emassan&#187; she&#8217;ri yuksak insonparvarlik g&#8217;oyasi va gumanizmi bilan ajralib turadi. G&#8217;afur G&#8217;ulomning &#171;Sog&#8217;inish&#187;, &#171;Qish&#187;, &#171;bizning ko&#8217;chada ham bayram bo&#8217;lajak&#187; singari she&#8217;rlarida urush mavzui o&#8217;zining barcha qirralari bilan aks etgan. G&#8217;afur G&#8217;ulomning urushdan keyingi dastlabki oylarda yaratgan &#171;vaqt&#187; she&#8217;ri alohida ahamiyatga ega. G&#8217;afur G&#8217;ulom bu she&#8217;ri bilan o&#8217;zbek she&#8217;riyatidagi falsafiy-intellektual yo&#8217;nalishni yangi bosqichga olib chiqdi. 40-yillarning 2-yarmi \u2014 50-yillardan shoir ijodining 3-davri boshlangan. G&#8217;afur G&#8217;ulomning shu davrda yaratilgan she&#8217;rlaridagi lirik qahramon endi urush jarohatlari malham topgan, tinchlik, do&#8217;stlik singari qadriyatlarning qadriga etuvchi kishidir. Ana shu lirik qahramonning ruhiy olami kechinmalari G&#8217;afur G&#8217;ulom she&#8217;rlariga ajib biryorqinlik bagishlagan (&#171;Toshkent&#187;. &#171;Sizga&#187;, &#171;onaxonlarga&#187;, &#171;muharram&#187;, &#171;bir lo&#8217;st xotirasi&#187; va boshqalar). Ayni paytda ilk bor &#171;Turksib yo&#8217;llarida&#187; she&#8217;rida ko&#8217;zga tashlangan tarix Tuyg&#8217;usi shu davrda boshqa bir ko&#8217;rinishda. Lirik qahramonning g&#8217;urur va surur manbaini ifodalovchi omil sifatida G&#8217;afur G&#8217;ulom she&#8217;rlariga kirib kelgan (&#171;Alisher&#187;, &#171;O&#8217;zbek zlining g&#8217;ururi&#187; va boshqalar). Shuningdek, shoirning &#171;yangi she&#8217;rlar&#187;, &#171;she&#8217;rlar&#187; (1946). &#171;O&#8217;zbek elining g\u2019ururi&#187; (1949), &#171;sharaf qo&#8217;lyozmasi&#187; (1950). 4 jildli &#171;tanlangan asarlar&#187; (1956-59) singari to&#8217;plamlari shu yillarda nashr etilgan. G&#8217;afur G&#8217;ulom 50-60-yillarda ko&#8217;proq sho&#8217;ro jamiyatining etakchp kuchini sharaflovchi, turli bayramlarni olqishlovchi, xalqni paxtayaap mo&#8217;l hosil olishga chorlovchi she&#8217;rlarni yozishga majbur bo&#8217;lgan. Shunga qaramay, u she&#8217;riyatga o&#8217;zbek tilinnng shirali. rangli va go&#8217;zal qatlamlarini olib kirishga erishgan. G&#8217;afur G&#8217;ulom bolalarga bag&#8217;ishlangan talaygina she&#8217;rlar ham ezgan (&#171;Tongotar qo&#8217;shig&#8217;i&#187;, 1949: &#171;bari seniki&#187;. 1953; &#171;Turg&#8217;un va o&#8217;rdak&#187;. 1955; &#171;bir g&#8217;uncha ochilgungacha&#187;, 1958). U turkiy va forsiy tilda yozilgan Sharq she&#8217;riyatining bilimdonlaridan va zamonaviy adabiy hayotning faol kuzatuvchilaridan biri sifatida Navoiy, Atoiy. Mashrab, Muqimiy, Muhiy, Furqat, Ajziy Xo&#8217;qandiy. Vasliy, Agipiy, Oybek, G&#8217;ayratiy, H. Olimjon, S.Abdulla singari o&#8217;zbek shoir va yozuvchilari, qardosh xalqlar adabiyotining Nizomiy, Jomiy, Pushkin, Lermontov, Gogol, Shevchenko, Mayakovskiy, Abay, To&#8217;g&#8217;aloq Mo&#8217;lda, Abdulla To&#8217;qay, Lohutiy va boshqa mashhur namoyandalari to&#8217;g&#8217;risida ko&#8217;plab alabiytanqidiy maqolalar yozgan. Shuningdek, G&#8217;afur G&#8217;ulom &#171;Kulgichilik go&#8217;g&#8217;risida&#187;, &#171;yumor va satira&#187;, &#171;folklorni o&#8217;rganaylik&#187; singari maqolalar ham yozib, hajviy alabiyotning janr xusueiyatlarnga doir qarashlarini o&#8217;rtaga tashlagan, o&#8217;zbek xalqining boy og&#8217;zaki ijodini o&#8217;rganish masalalariga jamoatchilik e&#8217;tiborini qaratgan. G&#8217;afur G&#8217;ulomning adabiy merosida badiiy tarjima katta o&#8217;rin tutadi. U yuqorida tilga olingan tarjima asarlaridan tashqari, U.Shekspirning &#171;Otello&#187;. &#171;Qirol Lir&#187; tragediyalari. O&#8217;rdubodiyning &#171;Besh so&#8217;mlik kelin&#187;, N.Hikmatning &#171;bir sevgi afsonasi&#187; pyesalari, M. Kozimiyning &#171;qo&#8217;rqinchli Tehron&#187; romani, shuningdek, Pushkin. Lermontov, Nekrasov va T.Shevchenko asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Toshkentdagi metro bekatlaridan biri. Madaniyat va istirohat bog&#8217;i (2003 yilda ushbu bog&#8217;da unga haykal o&#8217;rnatildi. haykaltarosh J.Mirtojnev). Nashriyogmatbaa ijodny uyi. Qo&#8217;qon adabiyot muzeyi. Guliston davlat universitetiga G&#8217;afur G&#8217;ulom nomi bilan ataladi. &#171;Shum bola&#187;. &#171;Netay&#187;. &#171;Mening o&#8217;grigina bolam&#187;. &#171;Afandi o&#8217;lmaydigan bo&#8217;llgg&#187; asardari asoeida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan. 2003 yilda shoir tug&#8217;ilgan kunning 100 yilligi keng nishonlandi. Vafotidan so&#8217;ng &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; ordeni bilan mukofotlangan (2000). As: mukammal asar gar to&#8217;plami (12 jildli). 1 \u2014 10-j.lar. T. Saylanma. T.. 2003. Ad.: Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Mamajonov S. G&#8217;afur G&#8217;ulom prozasi; T. G&#8217;afur G&#8217;ulomning lirik poliyalagi Mahorati. T. 1966: Mamajoiov S. Uslub jilolari. T.. 1972: Akbarova.. Gsfur Gulam, G.. 1975: Karimov N.. G&#8217;afur G&#8217;ulom poeziyasi. T.. 2003: Nazarov B.. G&#8217;afur G&#8217;ulom olami. T.. 2003: G&#8217;afup G&#8217;ulom ^amonloshlari xotpraspda. &#171;I.. 2003; Safarov ().. Zamonloshlar gonginingcharoqdarn. G&#8217;>\\xoro. 2003: G&#8217;afur G&#8217;ulom Lndijonla, Aplkjon. 2003. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;AFUR G&#8217;ULOM (taxallusi; asl nomi G&#8217;ulomov G&#8217;afur) (1903.10.5 \u2014 Toshkent \u2014 1966.10.7) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1963). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943). Toshkent shahrida Qo&#8217;rg&#8217;ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gafur-gulom\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30931","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30931","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30931"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30931\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30935,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30931\/revisions\/30935"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30931"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30931"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30931"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}