{"id":31201,"date":"2022-10-17T19:23:11","date_gmt":"2022-10-17T16:23:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=31201"},"modified":"2022-10-17T19:23:15","modified_gmt":"2022-10-17T16:23:15","slug":"tsiklon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tsiklon\/","title":{"rendered":"TSIKLON"},"content":{"rendered":"\n<p>TSIKLON (Yunoncha kyklon \u2014 aylanuvchi) \u2014 atmosferaning past bosimli oblasti. Asosan, ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) yuzaga kelib, Tsiklon markazida havo bosimi eng past, chekkalarida yuqori bo&#8217;ladi. Shamol atrofdan Tsiklon markazi tomon esadi. Yerning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanishi ta&#8217;sirida shamollar shimoliy yarim sharda soat strelkami harakati yo&#8217;nalishiga teskari, Janubiy yarim sharda soat strelkasi yo&#8217;nalishida harakatlanadi. Tsiklon markazida bosim 950-960 mbar, ba&#8217;zida 920-930 mbar bo&#8217;ladi. Past bosimli oblastni o&#8217;rab turgan izobaralar diametri bir necha yuz kilometrdan 2-3 ming kilometrgacha yetadi. Ana shu maydonda havo aylanma harakat qiladi. Kuchli shamollar esib, tezligi 20 metr\/sekund va hatto 30 metr\/sekunddan ham oshadi. Havo Tsiklon Markaziy qismidan yuqoriga harakat qilgani uchun unda ko\u2019pincha havo bulutli bo&#8217;ladi. Havo uyurma harakat qilganidan Tsiklon ga yerning turli kengliklaridan har xil havo massalari oqib keladi. Shuning uchun ham havo temperaturasi turli qismlarida turlicha bo&#8217;ladi. Shimoliy yarim sharda Tsiklonlarning old tomonida shamollar Janub, Janubi-g&#8217;arbdan esgani uchun havo iliq bo&#8217;ladi, atmosfera bosimi pasayadi, havoda budut ko&#8217;payib, yog&#8217;in yog&#8217;adi. Tsiklon markazi o&#8217;tgandan keyin shimol va shimoli- g&#8217;arbdan sovuq shamol keladi. Qishda yomg&#8217;ir qorga aylanib, antisiklon boshlanadi. Tropiklardan boshqa joylarda yog&#8217;inning asosiy qismi aynan Tsiklonda yog&#8217;adi. Shakllanishining dastlabki boskichida Tsiklon troposferaning quyi qisminigina o&#8217;z ichiga oladi. Yetilgan Tsiklon butun troposferani qamrab olishi va hatto stratosferaning quyi qismiga tarqalishi mumkin. Tsiklonlar mo&#8217;tadil mintaqalarda, asosan, g&#8217;arbdan sharqqa harakatlanadi. Tsiklonning o&#8217;rtacha tezligi 30-45 kilometr\/soat, ba&#8217;zida 100 kilometr\/soatga yetadi. Tsiklon o&#8217;tgan hududda atmosfera bosimi va shamol bilan birga havo temperaturasi, namligi, bulut va yog&#8217;in miqdori ham o&#8217;zgaradi. Tropik kengliklarda vujudga keladigan tropik tsiklonlar diametri kichikroq (100-300 kilometr), markazida bosim 950 mbar, ba&#8217;zan 900 mbardan ham past bo&#8217;ladi. Shu sababli bunday slarda bosim farqi juda katta bo&#8217;lganidan kuchli shamollar \u2014 dovullar esadi. Shamolning nihoyatda tez esishi va ko&#8217;p yog&#8217;in yog&#8217;ishi oqibatida dengizlarda kuchli to&#8217;lqinlar ko&#8217;tariladi, quruqlikda katta vayronagarchiliklarga sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonga Atlanmka okeanidan keladigan Tsiklonlar qishda iliq, yomg&#8217;irli, qorli ob-havo keltiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TSIKLON (Yunoncha kyklon \u2014 aylanuvchi) \u2014 atmosferaning past bosimli oblasti. Asosan, ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) yuzaga kelib, Tsiklon markazida havo bosimi eng past, chekkalarida yuqori bo&#8217;ladi. Shamol &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tsiklon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[195],"tags":[],"class_list":["post-31201","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ts-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31201","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=31201"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31201\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":31208,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31201\/revisions\/31208"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=31201"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=31201"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=31201"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}