{"id":31261,"date":"2022-10-18T18:46:25","date_gmt":"2022-10-18T15:46:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=31261"},"modified":"2022-10-18T18:46:28","modified_gmt":"2022-10-18T15:46:28","slug":"taragoy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/taragoy\/","title":{"rendered":"TARAG&#8217;OY"},"content":{"rendered":"\n<p>TARAG&#8217;OY, Amir Tarag&#8217;oy, Tarag&#8217;oybek (?\u2014 1360) \u2014 Amir Temurning otasi. Chig&#8217;atoy ulusining nufuzli beklaridan biri, barlos qabilasi oqsoqollaridan bo&#8217;lgan. Tarag&#8217;oy ajdodlari Chingizxon va Chig&#8217;ashoy saroyiga yaqin bo&#8217;lishgan, keyinchalik ular Kesh viloyatini idora etganlar. T.ning o&#8217;zi ham Amir Hazag&#8217;onning ishonchli beklaridan sanalgan. Chig&#8217;atoy ulusi hukmdorlari tomonidan ili daryosi bo&#8217;yida har yili chaqiriladigan qurultoyga boshqa viloyat beklari qatorida Tarag&#8217;oy ham qatnashgan. Tarag&#8217;oyning Movarounnahr va Mo&#8217;g&#8217;o&#8217;listondagi mashhur amirlardan do&#8217;stlari ko&#8217;p bo&#8217;lgan, bu hol keyinchalik Amir Temurga qo&#8217;l kelgan. Tarag&#8217;oy beklar xonadoniga mansub bo&#8217;lsada, otasi Amir Bargul kabi harbiy ishga mayli bo&#8217;lmagan. Tarag&#8217;oy taqvodor musulmon bo&#8217;lib, ko&#8217;p vaqtini darveshlar bilan o&#8217;tkazgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga ko&#8217;ra, &#171;Tarag&#8217;oybek ulamo va sulaho va muttaqiylarga mushfiq va mehribon erdi va bularning Majlisiga borur erdi&#8230;&#187;. Tarag&#8217;oy Shamsuddin Kulolnm o&#8217;ziga pir tutgan. Tarag&#8217;oyning xotini Buxoro fuzalolarining peshvosi \u2014 sadr ulshar&#8217;ia (shariat qonunlarini sharg&#8217;lovchi)ning qizi Takina xotun bo&#8217;lgan. Tarag&#8217;oy farzandi Temurbekni yoshligidan maxsus murabbiylar nazorati ostiga topshirib, chavandozlik, ovchilik, kamondan o&#8217;q otish, qilichbozlik va b.dan harbiy ta&#8217;lim olishiga alohida e&#8217;tibor bergan. Bular uni kelajakda buyuk sarkarda bo&#8217;lib etishida katta rol o&#8217;ynagan. Tarag&#8217;oy Kesh (Shahrisabz)dagi oilaviy xilxonaga dafn etilgan. Sohibqiron keyinchalik jome masjid yaqinida, Shayx Shamsuddin Kulol maqbarasi yonida yangi makbara qurdirib otasining xokini o&#8217;sha yerga ko&#8217;chirgan. Amir Temur harbiy safarlardan qaytishda Keshda to&#8217;xtab, otasi, o&#8217;g&#8217;li Jahongir, piri Shayx Shamsiddin Kulol qabrlarini ziyorat qilgan. Manba: Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Ad.: Amir Temur jahon tarixida, Parij, 1996; Bartold V.V., Sochineniya, t.2(chast 2), M., 1964; Fayziev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995;Radlov V.V.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TARAG&#8217;OY, Amir Tarag&#8217;oy, Tarag&#8217;oybek (?\u2014 1360) \u2014 Amir Temurning otasi. Chig&#8217;atoy ulusining nufuzli beklaridan biri, barlos qabilasi oqsoqollaridan bo&#8217;lgan. Tarag&#8217;oy ajdodlari Chingizxon va Chig&#8217;ashoy saroyiga yaqin bo&#8217;lishgan, keyinchalik ular Kesh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/taragoy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-31261","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31261","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=31261"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31261\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":31262,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31261\/revisions\/31262"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=31261"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=31261"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=31261"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}