{"id":31263,"date":"2022-10-18T18:51:41","date_gmt":"2022-10-18T15:51:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=31263"},"modified":"2022-10-18T18:51:44","modified_gmt":"2022-10-18T15:51:44","slug":"tarbiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tarbiya\/","title":{"rendered":"TARBIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>TARBIYA \u2014 shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma&#8217;naviy sifatlarni shakllantirishga karatilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo&#8217;lgan xususiyatlarga ega bo&#8217;lishini ta&#8217;minlash yo&#8217;lida ko&#8217;riladigan chora-tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini ta&#8217;minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo&#8217;la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta&#8217;minlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o&#8217;tadi. Pedagogik adabiyotlarda &#171;Tarbiya&#187; atamasi keng va tor ma&#8217;nolarda ishlatiladi. Keng ma&#8217;noda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma&#8217;rifiy hayotida faol ishtirokini ta&#8217;minlashga karatilgan barcha ta&#8217;sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, san&#8217;at, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham o&#8217;z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma&#8217;nodagi Tarbiya tushunchasi ichiga ta&#8217;lim va ma&#8217;lumot olish ham kiradi. Tor ma&#8217;noda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma&#8217;naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didi o&#8217;stirilishiga yo&#8217;naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta&#8217;lim va ma&#8217;lumot olish tor ma&#8217;nodagi Tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday Tarbiya ta&#8217;lim bilan chambarchas bog&#8217;liq holdagina mavjud bo&#8217;ladi. Chunki ta&#8217;lim va ma&#8217;lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko&#8217;payibgina qolmay, balki axloqiy-ma&#8217;naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a&#8217;zolarining Tarbiyasi bilan etarlicha shug&#8217;ullanmagan mamlakat turg&#8217;unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o&#8217;sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma&#8217;naviy boyliklar ishlab chiqarish. to&#8217;xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma&#8217;naviy boyliklar etishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma&#8217;naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko&#8217;rsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega bo&#8217;lishi lozim. Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Sho&#8217;ro zamonida hukmron kommunistik mafkura Tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda Tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo&#8217;ladi va turli sinflarning Tarbiyasi bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va o&#8217;zbek xalq pedagogikasi tajribasi Tarbiyaning sinfiy ko&#8217;rinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli Tarbiyada ijtimoiy muassasalarning o&#8217;rniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi. Sho&#8217;rolar pedagogikasida Tarbiya orqali xar kanday odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish mumkin degan karash hukmron bo&#8217;lganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi o&#8217;rniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining Tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo bo&#8217;lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida Tarbiya maqsadsiz bo&#8217;lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yo&#8217;nalishga solinishi mumkin bo&#8217;lgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, bu hol Tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki Tarbiyaning asosiy ob&#8217;yekti bo&#8217;lmish shaxs va uning o&#8217;ziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Sho&#8217;ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, Tarbiya va unga bog&#8217;liq jarayonlarga yangi hamda sog&#8217;lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g&#8217;ayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, o&#8217;zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o&#8217;rganilayotir. Natijada, O&#8217;zbekiston pedagogika fani va amaliyotida oila Tarbiyasining ham, ijtimoiy Tarbiyaning ham o&#8217;ziga xos o&#8217;rni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, Tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo&#8217;ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida Tarbiyaning o&#8217;rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol Tarbiyaga doir hodisa va holatlarni to&#8217;g&#8217;ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to&#8217;g&#8217;ri tayin etish imkonini berdi. Qozoqboy Yo&#8217;ldoshev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TARBIYA \u2014 shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma&#8217;naviy sifatlarni shakllantirishga karatilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo&#8217;lgan xususiyatlarga ega bo&#8217;lishini ta&#8217;minlash yo&#8217;lida ko&#8217;riladigan chora-tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tarbiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-31263","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31263","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=31263"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31263\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":31264,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/31263\/revisions\/31264"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=31263"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=31263"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=31263"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}