{"id":3132,"date":"2021-10-07T20:06:16","date_gmt":"2021-10-07T17:06:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3132"},"modified":"2021-10-08T11:07:38","modified_gmt":"2021-10-08T08:07:38","slug":"yo-ozodlik-yo-olim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yo-ozodlik-yo-olim\/","title":{"rendered":"Yo ozodlik, yo o\u2019lim!"},"content":{"rendered":"\n<p>Mazkur vatanparvarlik ruhi bilan sug\u2019orilgan so\u2019zlar 1365 yilda Samarqandda bosh ko\u2019targan qo\u2019zg\u2019olonchilarning shiori sifatida jaranglgan edi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar Sarbadorlar nomi bilan atalgan edi. \u201cSarbador\u201d so\u2019z \u201cbosh dorga\u201d demakdir. Buning ma\u2019nosi g\u2019alaba nasib etsa ozodlikka chiqishlikni, bordiyu mag\u2019lubiyatga duchor bo\u2019linsa dorga osilishga tayyorlikni anglatgan. Sarbadorlar qo\u2019zg\u2019olonining arafasida mamlakatda mo\u2019g\u2019ul shahzodalarining yakkahokimlik uchun kurashi qizg\u2019in tus olib, hayotda g\u2019oyatda og\u2019irlashgan. Ayniqsa Amir Husayn va Ilyosxo\u2019ja o\u2019rtasida kurash katta talafot va parokandalikni yuzaga keltirmoqda edi. <\/p>\n\n\n\n<p>1365 yilda ular o\u2019rtasida Toshkent bilan Chinoz o\u2019rtasida loygarchilik paytida jang bo\u2019ldi. Natijada Amir Husayn yengiladi. Bu g\u2019alabadan ruhlangan Ilyosxo\u2019ja Samarqandni egallash maqsadida yo\u2019lga chiqadi. Bundan xabar topgan Samarqand shahrining aholisi o\u2019zining kuchi bilan dushmanga zarba berishlikka ahd qiladi. Ammo Samarqandning mudofaa devori Chingizxon tomonidan buzib tashlanib hamon xaroba holatda edi. Dushman kuchi yaqinlashib kelayotgani haqida xabar olinishi bilan shahar maydoniga minglab kishilar to\u2019planadi. Bu yerda madrasa talabasi Mavlonzod, paxta tituvchilar mahallalik Abu Bakr Kalaviy va Xurdak Buxoriylar xalqni bosqinchilarga kurashishga da\u2019vat etdilar. Mavlonzoda so\u2019zga chiqib dedi: Musulmon ahli! Hozirda g\u2019ayridinlar \u2013 mo\u2019g\u2019ullar kuchli qo\u2019shin bilan bizlarning mol-mulkimizni talon-taroj etish uchu kelmoqdalar. Xalqdan turli soliqlarni undirayotgan va o\u2019zlarining xohishlaricha sarflayotgan hokimiyat vakillari og\u2019ir kunda musulmonlarni tashlab qochdilar. Aytinglarchi, kim islom dinini himoya qilish uchun rahbarlik va mas\u2019uliyatni zimmasiga oladi?<\/p>\n\n\n\n<p>Jamoa ahli yakdillik bilan Mavlonzodani o\u2019zlariga sardor etib sayladilar. Shundan keyin u xalqni dushmanga qarshi jang qilishga chaqirib harbiy tayyorgarlikni boshlab yubordi. \u201cHarakatning rahnamolari, &#8212; deb to\u2019g\u2019ri yozadi ingliz olimi Xilda Xukxem, &#8212; madrasa talabasi Mavlonzoda, Nadof (paxta tituvchi) Abu Bakr barcha shahar ahliga murojaat qilib, o\u2019z himoyalari uchun jangga otlanishga da\u2019vat etishdi. Masjid yonidagi maydonda umumshahar majlisi chaqirilib turli tabaqalarga mansub bo\u2019lgan o\u2019n minggacha odam yig\u2019ildi. Majlisda Mavlonzoda shahar hokimlarini qo\u2019rqoqlik va ochko\u2019zlikda ayblab, boshiga og\u2019ir kun kelganida xalqni o\u2019z holiga tashlab, qochib ketganlarini aytdi. \u201cQanchalik katta tovon to\u2019lamaylik, &#8212; dedi u \u2013 baribir Samarqandni qutqarib qola olmaymiz. Shaharni omon saqlashning yolg\u2019iz yo\u2019li o\u2019z hayotimizni himoya qilib, jangga otlanmakdir\u201d. Shundan so\u2019ng u aslzodalarga murojaat qilib, \u201cQay biringiz dini islom himoyasiga boshchilik qilishingiz mumkin?\u201d \u2013 deb so\u2019radi. Biroq ular \u201cchurq\u201d etib og\u2019iz ochishmadi. Shundan so\u2019ng u xalqqa qilib, shahar mudofaasini o\u2019zi tashkil etajagini aytib, bu ishda uni qo\u2019llab-quvvatlashlari lozimligini iltimos qildi\u2026\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq Mavlonzodani qo\u2019llab uning boshchiligida mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashishlarini bayon etdilar. Shaharning katta-kichik aholisining barchasi ko\u2019tarinki ruh va g\u2019ayrat bilan shahar mudofaasini mustahkamlashga nima zarur bo\u2019lsa barchasini amalga oshirdilar. Chunonchi tor ko\u2019chalarning ochiq tomoniga to\u2019siqlar qurildi. Baquvvat va jasoratlik yigitlar qurollantirilib vazifalari belgilandi. Ularning soni 10 ming kishini tashkil etgan. Mavlonzoda uch kechayu uch kunduz uxlamay qo\u2019l ostidagi vatan himoyachilarining jangovarligini ta\u2019minlashga qaratilgan muhim choralarni ko\u2019rdi. Ilyosxo\u2019ja va qo\u2019shinlari shaharni qamal qilib jangni boshladilar. Mavlonzoda ularni tuzoqqa tushirish uchun shaharga kiradigan bir ko\u2019chani ochiq qoldirib, o\u2019zi 2000 kishilik qurollangan odamlari bilan pistirmada turadi. Mo\u2019g\u2019ullar xotirjamlik bilan o\u2019sha ko\u2019chaga kirganida pistirmadagi shaharliklarning to\u2019satda qilgan hujumiga bardosh berolmay ming kishini yo\u2019qotib chekinadilar. Boshqa ma\u2019lumot bo\u2019yicha mo\u2019g\u2019ullardan ikki ming kishi o\u2019ldirilgan. Ertasi kunida ham mo\u2019g\u2019ullar hujumni ehtiyotlik bilan qaytardilar. Biroq g\u2019alabaga erisha olmay, qamalni tashlab ketishga majbur bo\u2019ldilar. Sarbadorlarning bu g\u2019alabasi katta ahamiyat kasb etib, ovozasi mamlakat bo\u2019ylab tarqaldi. Shunisi kishilarni hayratga soldiki, yaqindagina Amir Husaynning kuchli qo\u2019shinini tor-mor etgan Ilyosxo\u2019ja, oddiy xalq tomonidan sharmandalarcha mag\u2019lubiyatga uchratildi. Hatto samarqandliklarning g\u2019alabasi haqida xabarni Amir Husayn ham, Amir Temur ham mamnuniyatlik bilan qarshi oldilar. Bu vaqtda Amir Temur Balxdan Qarshiga kelib harbiy tayyorgarlik ko\u2019rmoqda edi. Sarbadorlar hokimiyatni qo\u2019lga olib bir yil mobaynida shaharni boshqarib turishdi. Bu vaqtda \u201cSarbadorlardan chiqqan rahnamolar shaharda o\u2019z hokimiyatlarini mustahkam o\u2019rnatib feudal hukmdorlar va shuhratparast amirlarni bir chetga surib qo\u2019ya boshlagan edilar\u201d. Haqiqatan ham ular mo\u2019g\u2019ullarga tayanib boylik orttirgan va zulmni kuchaytirgan ayrim yuqori tabaqa vakillarini jazolaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarbadorlar dinni niqob qilib haddidan oshgan nufuzli kishilarni ham jazolagan bo\u2019lsalar kerakki, ularni \u201cdinsiz\u201dlikda ayblovchi tuhbat so\u2019zlari tarqatildi. Aftidan Amir Husayn o\u2019zining ashaddiy dushmani Ilyosxo\u2019jani mag\u2019lubiyatidan xursand bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerakki, Samarqandga elchilar bilan to\u2019n va belbog\u2019lar, qilich va hokimiyatni boshqarishga vakolat beruvchi yorliqni jo\u2019natgan. Bu elchi va sovg\u2019alar Sarbadorlar tomonidan mamnuniyatlik bilan qabul qilingan. Ular Qarshida istiqomat qilayotgan Amir Temurga sovg\u2019alar yuborishgan. O\u2019z navbatida Sohibqiron Sarbadorlarga elchisini yuborib maslahatlarini yetkazgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayn 1366 yil bahorida Samarqandga yurishi oldidan Sarbadorlar huzuriga elchi yuborib ularga to\u2019la ishonishi va hurmat qilishini ma\u2019lum qiladi. U Samarqand yon bag\u2019ridagi Konigil degan so\u2019lim joyga o\u2019rnashganda sarbador boshliqlari sovg\u2019alar bilan kutib oladi. Ammo Sarbadorlar ertasiga Amir Husayn huzuriga kelishayotganlarida uning odamlari hibsga oladilar. So\u2019ngra ulaar osib o\u2019ldiriladi. Shunday qilib Amir Husayn Sarbadorlarga ko\u2019rsatgan hurmati va yuborgan sovg\u2019alari shum niyat bilan qilingan siyosat bo\u2019lib chiqdi. U Sarbadorlarning kuch-qudratidan xavfsirab ko\u2019zbo\u2019yamachilik bilan ularda ishonch hosil qilish va to\u2019qnashishni oldini olish rejasini tuzgan. Uning bunday qilishi bejiz bo\u2019lmagan, albatta. Zero, Sarbadorlar shaxsan Ilyosxo\u2019jaga emas balki umuman mo\u2019g\u2019ullarning hukmronligiga qarshi kurashgan. Buni yaxshi tushungan Amir Husayn pirovardida Sarbadorlarning uning o\u2019ziga ham qarshi kurashini oldini olish uchun hiyla-nayrang ishlatib, Sarbadorlarning talay qismini o\u2019ldiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim olimlar bu hodisalarning ro\u2019y berishida Amir Husayn Amir Temur bilan birgalikda qatnashgan deb hisoblaydilar. Ammo, aslida Amir Temurning bunday qilishiga ishonish qiyin. Chunki barcha o\u2019rta asr manbalarida uning Mavlonzodani o\u2019limdan saqlab qolganligi uqdirib o\u2019tilgan. Sohibqironning bu ishni qilishi tabiiy hol edi. Chunki uni o\u2019zi ham mo\u2019g\u2019ullarning hukmronligi va zulmiga qarshi bo\u2019lib oshkora kurashga fursatni kutmoqda edi. Shuning uchun ham Sarbadorlar o\u2019zlarinign g\u2019alabasi haqida dastavval elchi orqali Amir Temurga ma\u2019lum qilgan edilar. Yuqorida ko\u2019rsatilganidek unga sovg\u2019alar ham yuborilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki, Amir Temur Sarbadorlar kurashiga xayrixojlik bilan qarab, ularning bosh sardorini o\u2019limdan qutqarib qolgan. \u201cSarbadorlarning ayrim boshliqlari bilan, &#8212; deydi I.Mo\u2019minov, &#8212; oldin ham aloqada bo\u2019lganligi rivoyat qilinadi\u2026 Ammo Temur bilan Sarbadorlarning ayrim rahbarlari o\u2019rtasidagi bu aloqada qaysi sabablarga ko\u2019ra kelib chiqqanligi hali to\u2019la aniqlangan emas. Bizning fikrimizcha, mo\u2019g\u2019ul zulmi asoratiga qarshi kurash va Movarounnahrda mustaqil davlat tuzish uchun olib borilgan harakatlar Sarbadorlarning ayrim rahbarlarini, birinchi navbatda, ularning ilhomchisi va ideologi Mavlonzodani va Temurni bir-birlariga yaqinlashtirgan, ko\u2019makdosh etgan; xuddi shu sababdan Sarbadorlar boshliqlari Temur faoliyatining asosan birinchi davrda yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun Temurni qo\u2019llab-quvvatlaganlar, unga yordam berganlar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur satrlarda bayon etilgan fikrlarga to\u2019la qo\u2019shilish mumkin. Buni quyidagi ma\u2019lumot ham tasdiqlaydi. Chunonchi, Amir Temurning mo\u2019g\u2019ullarga qarshi qaratilgan faoliyati uni Eronda yuzaga kelgan Sarbadorlar davlati bilan do\u2019stlashishga olib kelgan. Bu yerda 1337 yilda Sarbadorlar mo\u2019g\u2019ullarning hukmronligini ag\u2019darib, o\u2019zlarining davlatini tashkil etgan edi. Bu davlat 1381 yilgacha, ya\u2019ni salkam 45 yil hukm surgan edi. \u201cXoja Ali Mayyad taxtda o\u2019tirgan vaqtda, &#8212; deyiladi manbada, Sarbadorlar mamlakati ziyod bo\u2019ldi: Turshiz, Ko\u2019histon, Tabs va Kilikini bosib oldi va Domg\u2019ondan to Saraxsgacha (bo\u2019lgan yerlarni) o\u2019zining tasarruf tutamiga kiritdi. Ali Muayyad o\u2019zining hukmronligi davrida ulug\u2019 Amir, buyuk Sohibqiron Temur Ko\u2019garon janoblari bilan hamjihat va sadoqatli bo\u2019ldi: (Unga) do\u2019st va hushmuomalada bo\u2019ldi. Xoja Ali Muayyad bir necha bor Amir Vali bilan to\u2019qnashdi va ularning bir-birlariga dushmanligi benihoya kuchayib ketdi. Amir Vali Sabzavor shahrini qamal qildi va Xoja Ali Muayyad ulug\u2019 Amir Temur Ko\u2019ragondan yordam, madad so\u2019radi va Totu nomli kishini Samarqandga, Sohibqiron huzuria yubordi. To\u2019rt oydan so\u2019ng buyuk Sohibqiron Amir Temur Xurosonga lashkar tortdi. Xoja Ali Muayyad Saraxsga ulug\u2019 Amir Temur Ko\u2019ragonning istiqboliga bordi, sultonlik marhamatiga musharraf bo\u2019ldi. Ulug\u2019 Amir Temurning\u2026 unga sadoqati voqe\u2019 bo\u2019ldi va Xoka Ali Muayyad Xuroson mamlakatini Amir Temurning tasarrufiga topshirdi. O\u2019zi Sohibqironning mulozimatiga mashg\u2019ul bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hikoyat qiladilarki\u2026 Xoja Ali Muayyad yetti yil Sohibqiron bilan hamsuhbat va unga mulozim bo\u2019ldi. Uning jiyanlari va boshqa qarindoshlari ham o\u2019sha mulozimatda unga hamroh edilar\u201d. Binobarin Amir Temurning Sarbadorlarni qo\u2019llab-quvvatlashiga shubha yo\u2019q. Shunday ekan, nima uchun u Samarqandda Amir Husayn Sarbadorlarni jazolayotganda unga qarshi kurashmadi degaan savol tug\u2019iladi. Sohibqiron sharoit taqozosiga ko\u2019ra bu ishni qila olmas edi. Chunki Amir Husayn katta kuch va salohiyatga ega bo\u2019lib, hali unga qarshi oshkora kurashish uchun Sohibqironda yetarli imkoniyat bo\u2019lmagan. Shu bois u Amir Husayn bilan murosa qilishdan boshqa iloji bo\u2019lmagan. Shunga qaramay u imkoni boricha harakat qilib Mavlonzodani o\u2019limdan saqlashga erishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim ma\u2019lumotlarga qaraganda Sohibqiron Sarbadorlarni jazolamaslik xususida Amir Husayn bilan bahslashgan. Shuning uchun ham Sohibqiron bilan Amir Husayn o\u2019rtasida o\u2019sha masala bo\u2019yicha nizo paydo bo\u2019lgan, degan fikrlar mavjud. \u201cHusayn Sarbadorlarning boshliqlarini, &#8212; deb yozadi ingliz olimi, mudhish jinoyatlarda aybladi. Abu Bakr Sarbadorlarning boshqa rahnamolari qatori qali etilibdi. Faqat Mavlonzodaga shafqaat qilishibdi \u2013 Sarbadorlarni dor ostiga olib kelishganda Temur uning gunohidan o\u2019tishni so\u2019rabdi. Shu ishi tufayli Temurga butun Samarqand ahlining mehri tovlanibbi. Husayn esa, aksincha, zolim sifatida la\u2019nat o\u2019qishibdi\u2026 Ehtimol Temur Sarbadorlar bilan, ayniqsa, ularning orasida aslzoda kimsalar bilan yaqin aloqa o\u2019rnatgandir. Husayn bilan uning o\u2019rtasida ana shu Sarbadorlarga nisbatan tutilgan siyosat yuzasidan ixtilof kelib chiqqandir\u201d. Bunday fik sharqshunos olim A.Yakubovskiy tomonidan ko\u2019tarilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, mustaqillik va ozodlikni tiklashga qaratilgan Sarbadorlar qo\u2019zg\u2019oloni vahshiylarch bostirildi. Biroq u mo\u2019g\u2019ullarning kuch-qudrati va salohiyatiga qattiq zarba berdi. Ular o\u2019zlarining irodasi va bilak kuchlariga qattiq tayangan holda kishini hayratga soladirgan darajada qahramonona jang qildilar. \u201cMa\u2019lum muddat raiyyat (Sarbadorlar), &#8212; deyiladi manbada, &#8212; hech bir podshohning shon-shukuhisiz bosh-oyoq qurollangan g\u2019aldor yov bilan adolat va haqiqat uchun mardlarcha kurashdilar. Dushmanga hujum qilishda va mudofaada shunday matonat ko\u2019rsatdilarki, g\u2019animlarning hukmronligi va istilo qo\u2019li ul shahar aholisining nomus va moli etagiga yetmadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak Sarbadorlar mo\u2019g\u2019ullarni tor-mor etib ona yurtni ulardan xalos etganlar. Amir Husayn ularning g\u2019alabsidan cho\u2019chib va hokimiyatni qo\u2019ldan ketishidan xavfsirab, Sarbadorlarning faol qatnashchilarini o\u2019ldirib, Samarqandni egallaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mazkur vatanparvarlik ruhi bilan sug\u2019orilgan so\u2019zlar 1365 yilda Samarqandda bosh ko\u2019targan qo\u2019zg\u2019olonchilarning shiori sifatida jaranglgan edi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar Sarbadorlar nomi bilan atalgan edi. \u201cSarbador\u201d so\u2019z \u201cbosh dorga\u201d demakdir. Buning ma\u2019nosi g\u2019alaba &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yo-ozodlik-yo-olim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-3132","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3132","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3132"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3132\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3144,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3132\/revisions\/3144"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3132"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3132"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3132"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}