{"id":3145,"date":"2021-10-08T11:19:33","date_gmt":"2021-10-08T08:19:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3145"},"modified":"2021-10-08T17:16:25","modified_gmt":"2021-10-08T14:16:25","slug":"amir-temur-tomonidan-vatan-mustaqilligini-tiklanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-tomonidan-vatan-mustaqilligini-tiklanishi\/","title":{"rendered":"Amir Temur tomonidan vatan mustaqilligini tiklanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Sarbadorlar tomonidan Ilyosxo\u2019janing qo\u2019shinlarini tor-mor etilishi ozodlik kurashini jadallashtirdi. Bu vaqtga kelib Amir Temurning mamlakatdagi mavqei yuqori darajaga ko\u2019tarilib, mo\u2019g\u2019ul hukmdorlarini talvasaga solib qo\u2019ygan edi. Ayniqsa uning o\u2019lkada yakkahokimlik uchun kurashayotgan Amir Husayn bilan aloqasi qizg\u2019in tus oldi. Endilikda taxt uchun kurash asosan o\u2019sha ikki amirlar o\u2019rtasida avjiga minib bordi. Ayniqsa Amir Husayn Sohibqironning mamlakatdagi obro\u2019si va salohiyati oshganligini anglab qanday bo\u2019lmasin unga ziyon yetkazish uchun hech narsadan toymadi. Chunonchi, 1366 yilda Amir Husayn Amir Temurnign eng yaqin amirlarining mol-mulkiga ko\u2019z olaytirib kuch-qudratini namoyish etmoqchi bo\u2019ladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning soziga qaraganda u chegarasi yo\u2019q ochko\u2019z va molparast bo\u2019lgan. \u201cAmir Husaynda, &#8212; deydi u, &#8212; omadsizlik va baxtsizlikning belgilari tobora quloch yozib borardi. Chunonchi, mag\u2019rur podshohlar sha\u2019nia loyiq bo\u2019lmagan xirs va baxillik, vahshiylik va ochko\u2019zlik uning vujudini qamrab oldi, hamda mol-dunyo yig\u2019ish va zahira to\u2019plashga mukkasi bilan sho\u2019ng\u2019ib ketdi. Ahvol shu darajaga yetdiki, hazrat Sohibqiron amirlari va mulozmlari (moliga ham) ta\u2019ma ko\u2019zini tikdi. Ya\u2019ni, Amri Joku, Amir Sayfiddin, Oqbugo, Elchi-bahodir Davlatshoh baxshi nomiga anchagina (to\u2019lov) mablag\u2019ini belgilab, uni undirib olish uchun soliq yig\u2019uvchi tayinladi. Biroq, ular yaqinda (Toshkentdagi) \u201cloy jangi\u201d voqeasini boshidan kechirganliklari va mol zahiraning ko\u2019p qismi talon-taroj bo\u2019lib ketganligi uchun u ta\u2019ma qopini to\u2019ldirish uchun mo\u2019ljallangan mablag\u2019ni butkul yig\u2019ib berishga imkoniyatsiz edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Hazrat Sohibqironning xusravona himmatiyo yordam qo\u2019lini cho\u2019zmoqqa taqozo etdi va oltinu kumushdan iborat katta (miqdordagi) mablag\u2019ni, jumladan Mahdi A\u2019lo Uljoy Turkan og\u2019oning bilaguzuk va isirg\u2019asini ham, ularning to\u2019lov mablag\u2019i hisobiga berib yubordi. Amir Husayn uni ko\u2019rib, o\u2019zining singlisiniki ekanligini tanidi. Ammo ochko\u2019zlik xirsi shu darajada yomon bo\u2019lib ketgan ediki, hatto aka-singllik qadr-qimmatini ham ko\u2019zga ilmadi va ularni olishdan hayiqmadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xujjat shu haqda guvohlik beradiki, ikki amirning dunyoqarashi va odob-axloqida osmon bilan yerchalik farq mavjud. Amir Husayndagi noinsoflik va ochko\u2019zlik bobosi Chingizxonning qonidan o\u2019tgan illat edi. U o\u2019zining shum niyatlarini niqoblash maqsadida Amir Temur bilan bir necha marotaba do\u2019stlik va hamkorlik ahdnomasini tuzdi. Hatto u Qur\u2019oni karimni o\u2019rtaga qo\u2019yib o\u2019zining chinakam do\u2019stligini izhor etdi. Ammo \u201coyni etak bilan yopib\u201d bo\u2019lmaydi, deyilganidek uning dushmanligi borgan sari yuzga chiqib boraverdi. \u201cAmir Husayn, &#8212; deb yozadi Sohibqiron, saltanatim azimati va shon-shavkatini kuchaytirganligini ko\u2019rgach, unda hasad tomirlari ura boshladi. Qasam bilan qilgan ahd-paymonlarini buzib, menga isyon tug\u2019ini ko\u2019tardi. Mening uning oldiga ko\u2019p marta (lutf-marhamatlar ko\u2019rsatib) bordim, u bo\u2019lsa aslo qoshimga kelmadi. Buning ustiga sirtdan takalluflar bildirib, aslida xiyla-nayrang ishlatib, mendan Qarshi qal\u2019asini olib qo\u2019ydi. Qarshi qal\u2019asini qo\u2019riqlab turish uchun qo\u2019rg\u2019onboshi amir Muso boshchiligida yetti ming otliq askar tayinladi. Keyinroq u yerga yana qo\u2019shimcha besh ming otliq askar yubordi. Bu bilan kifoyalanmay meni o\u2019ldirmoqchi bo\u2019ldi\u201d. Bu yerda so\u2019z faqat ikki salohiyatli amirlarnign tor shaxsiy manfaatlari doirasidagina ketayotgani yo\u2019q, albatta. Aksincha ildizi muhim siyosiy masalaga borib taqaladi. Agar Amir Husayn qanday bo\u2019lmasin mo\u2019g\u2019ullarning hukmronligini halokatdan qutqarishni o\u2019ylagan bo\u2019lsa, Sohibqiron vatan mustaqilligini tiklash uchun kurashayotgan edi. Buni yaxshi anglagan Amir Husayn, avvalam bor Qarshi qal\u2019asini egalladi. Ma\u2019lumki Qarshi Samarqand va umuman Movarounnahrga kiradigan darvoza sifatida muhim strategik ahamiyatga molik edi. Shuning uchun ham uni Amir Temur qo\u2019lidan tortib olib uning rejalariga zarba bermoqchi bo\u2019lgan. U buni yaxshi tushunib, qanday bo\u2019lmasin uni qayta egallashga qattiq kirishdi. Bunga erishmoq uchun jonibu tikdi deyilsa aslo mubolag\u2019a bo\u2019lmaydi. Bu vaqtda Qarshida Amir Husaynning 12 ming kishidan iborat qo\u2019shini bo\u2019lgan bo\u2019lsa Sohibqironda bor yo\u2019g\u2019i 243 askari bor edi. U fursatni boy bermaslik uchun mana shu juda oz askarlar bilan jang qilishga qaror qildi. Nizomiddin Ali Yazdiy uning bu jasoratiga yuksak baho berib: \u201cBu pahlavonlikdan ortiq darajadagi shijoat belgisi bo\u2019lgan xatti-harakat va bahodirlikdan o\u2019tadigan dovyuraklik nishonasi bo\u2019lmish tadbirdir. (Amir Sohibqiron)\u2026 Omuya suvining bo\u2019yiga yetib kelgandan so\u2019ng, o\u2019sha tunning o\u2019zidayoq shaxsan o\u2019zi qirq kishi bilan daryoga ot solib suzib o\u2019tdilar. Biror kishi biror joyga xabar yetkazmasin, degan maqsadda Xastor qishlog\u2019ini o\u2019rab oldilar. U yerdan kemalar olib daryoning nariga tomoniga yubordi va lashkarning qolgan qismi kemada o\u2019tib olishdi. O\u2019sha zafarkirdor yurishda xos bahodirlardan Suyurg\u2019atmish-o\u2019g\u2019lon, dug\u2019lat o\u2019mokidan Amir Dovud, u hazrat Sohibqironning opasi Qutluq Turkan-og\u2019oni o\u2019z nikohiga olgan edi, amir Joku barlos, amir Muayyad Orlot, Ulhazratning singlisi Shirinbek-og\u2019o uning nikohida edi, Amir Sorbug\u2019ay Jalayir, Husayn-bahodir, Amir Sayfuddin Nukuz, Abbos-bahodir qipchoq, Oqbug\u2019o bahodir Nayman, Mahmudshoh Buxoriy mulozimlikda hozir edilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak Amir Temur ikkita pochchasi va bir guruh atoqli amirlari bilan dushman egallab turgan qal\u2019aga yashirincha kirishga harakat qilgnlar. U hozirgi Qashqadaryo viloyatinign Nishon tumanidagi Fazli (Fazd) qishlog\u2019iga kelganlar. So\u2019ngra Qarshi tumanining markazi Beshkent (Shirkent)ga bordilar. Shundan keyin u ikkita safdoshi bilan Qarshi qal\u2019asining suv bilan to\u2019ldirilgan zovuriga yaqinlashdi. Bu yerda u zovur ustiga qurilgan tarnovidan tizza bo\u2019yi keladigan suvni kechib G\u2019uzor tomonidagi darvozasigacha bordi. Bu yerda u devori pastroq joyni ko\u2019rib narvonni shu yerga qo\u2019yishni ko\u2019rsatdi. Shundan keyin orqaga qaytdi. So\u2019ngra askarlari bilan o\u2019sha o\u2019zi yurgan yo\u2019l bo\u2019yicha qal\u2019aga to\u2019satdan hujum qildi. Ular \u201chazrat Sohibqiron farmoni bilan burg\u2019u (karnay) chaldilar. O\u2019sha ondayoq sipoh bilan qal\u2019aga yopirilib kirdilar va olomon baqiriq-chaqiriqlar qilib ul qo\u2019rg\u2019onni larzaga soldilar. Qarshi aholisi karnay-surnay (ovozi)dan ko\u2019zidan uyqu o\u2019chib, boshini hayrat tutuni qopladi va o\u2019lkani zabt aylaguchi Sohibqironning o\u2019qi zafar nishoniga tegdi\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Hazrat Sohibqiron shahar darvozasi muhofazasiga shaxsan o\u2019zi boshchilik qildi va Amir Sari-Bug\u2019o uning mulozimligida edi; Amir Dovud, Amir Muayyad, Amir Sayfiddinlarni Xuzor (G\u2019uzor) darvozasini egallashga buyurdi; Suyurg\u2019 Otmish-o\u2019g\u2019lon, Amir Abbos, Husayn bahodir, Oqbug\u2019o va boshqa amirlarni boru va burjlarda qoldirdi. Amir Muayyad Orlot o\u2019ttiz kishi bilan darvozadan chiqib, ul intiqom olguchi sipoh ustiga tashlandi va o\u2019t yondiruvchi obdor qilich bilan mardliklar namoyish etdi\u201d. Shu tariqa Amir Temur o\u2019zining askarlari bilan qal\u2019aning ichkarisiga o\u2019rnashib oldilar hamda dushmanlarni tashqaridan qilingan hujumlariga zarba berib turdilar. Amir Muso boshchiligidagi yetti minglik askarlar birin-ketin mag\u2019lubiyatga uchrab har tomonga qochishga majbur bo\u2019ldilar. Ammo, Malik-bahodir boshchiligida besh minglik qo\u2019shin G\u2019uzor darvozasi tomonida turgan. Amir Temur 60 kishi bilan ularga qarshi tashlanganda vahimaga tushib qochdilar. Sharafuddin Ali Yazdiy jangga yakun yasab yozdi: \u201cBu Allohning cheksiz inoyati va poyonsiz marhamati erurki, bir kishi (Amir Temur)ni o\u2019z lutfi ila sarafroz aylab, unga shu qadar quvvat va shijoat hadya etadiki, u (kishi) ikki yuz qirq uch sipoh bilan, majburiy emas, balki o\u2019z ixtiyoricha, o\u2019n ikki ming qonxo\u2019r va qasoskor dushman otliqlarga qarshi chiqib jang qilmoqchi bo\u2019ladi; yetib kelgach, ikki kecha-kunduz ichida ulardan qo\u2019rg\u2019onni tortib oladi, ahli ayolini asir qiladi, barchasini o\u2019q yog\u2019diruvchi obdor shamshir kuchi bilan tarqatib, to\u2019zitib yubordi; o\u2019zi esa ot solib ularni ta\u2019qib qiladi, bahodirlarini qulatadi va asir oladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning nihoyatda oz sonli askarlar bilan ko\u2019p mingli dushman qo\u2019shiniga qarshi hujum qilib tor-mor etilishi jahon tarixida uchramaydi. G\u2019alaba shu haqda guvohlik beradiki, shaxsan Amir Temurning o\u2019zi bir necha ming qo\u2019shinni tor-mor etish chorasini ko\u2019rgan edi. Bunday misli ko\u2019rilmagan harbiy mahoratga ega bo\u2019lgan davlat arbobi va lashkarboshi hali dunyoga kelgani yo\u2019q. U shonli g\u2019alabani qo\u2019lga kiritgandan keyin butun qish bo\u2019yi Qarshida yashadi. Keyingi vaqtlarda ham Amir Temur bilan Amir Husayn qo\u2019shinlari o\u2019rtasida to\u2019qnashuvlar bo\u2019lib turdi. U tinib-tinchimay Buxoro, Toshkent va boshqa joylarda ham dushmanga qarshi kurashni to\u2019xtatmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman aytganda Amir Temur 1366-1370 yillarda Ilyosxo\u2019ja va Amir Husaynga qarshi ikki tomonlama jang bilan mashg\u2019ul bo\u2019ldi. Shu orada Amir Temur birinchi navbatda Mo\u2019g\u2019uliston xoni Ilyosxo\u2019jaga hal qiluvchi zarba berishni zarur hisoblab, Amir Husayn bilan yarashgan va uchrashgan vaqtlari bo\u2019lgan. Ammo, Amir Husaynda hasadgo\u2019ylik va ko\u2019ra olmaslik ustun kelib qanday bo\u2019lmasin Sohibqironni yo\u2019qotishga harakat qilaverdi. Shuning uchun ham Amir Temur unga quyidagi she\u2019rni yuborgan:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Yerga yetkur sabo, kim makr qilmishdir mang\u2019o,\nQildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang\u2019o.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Ammo Amir Husaynning Amir Temurga nisbatan dushmanchiligi tobora kuchayib bordi. Chunki Amir Temur tufayligina ozodlik kurashining uzil-kesil g\u2019alabasi kutilmoqda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAmir Husayn, &#8212; deydi Sohibqiron, men qo\u2019lga kiritgan g\u2019alaba va yutuqlarimni ko\u2019rolmay, hasad ichini yemirib, menga va haramimdagi o\u2019z singlisiga ko\u2019p ozor berdi. U Movarounnahrni mendan tortib olishga, meni o\u2019ldirib, taxtga o\u2019zi o\u2019ltirishga bel bog\u2019ladi. O\u2019rtamizda bir necha bor urushlar bo\u2019lib turgan bo\u2019lsa-da barchasida yengildi. Uning adolatsizligi, insofsizligi chegaradan oshgan, meni yengish va o\u2019ldirishga oz qolgan vaqt ham bo\u2019ldi. Aynan shu vaqtda qo\u2019rsligi, yomon yo\u2019l tutishi tufayli amirlari undan yuz o\u2019girishdi\u201d. Shunday qilib, Amir Husayn Amir Temurga qarshi kurashlarda g\u2019alabaga erisholmay borgan sari o\u2019z mavqei va salohiyatini yo\u2019qotib bordi. Hatto, undan eng yaqin safdoshlari bo\u2019ysinishdan bosh tortdilar. Nizomiddin Shomiyning so\u2019zi bilan aytganda \u201cxalqning undan ko\u2019ngli sovidi. Davlat va mamlakat aholisi undan yuz o\u2019girdi.\u201d Amir Husaynning adolatsizligi va zulmi xalqning barcha toifalari allaqachon nafrati va g\u2019azabini uyg\u2019otgan edi. U faqat nayrangbozlik va zo\u2019ravonlik bilan taxtda o\u2019tirgan. O\u2019z-o\u2019zidan ma\u2019lumki bunday holatni uzoq davom etishi mumkin emas edi, albatta. Uni ayniqsa Amir Temurga nisbatan g\u2019irromligi va xoinligi xalqning g\u2019azabiga g\u2019azab qo\u2019shgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad payg\u2019ambarning avlodlaridan biri Sayyid Baraka Amir Temurni buyuk zafarlar kutayotganini bashorat qilib, ulug\u2019 hukmdorlik timsoli hisoblangan nog\u2019ora va bayroqni hadya etadi. Bu to\u2019g\u2019rida Sharafuddin Ali Yazdiy yozadi: \u201cMakkai muazzamning buyuk shariflaridan biri, o\u2019z asrida yer yuzi sayidlarining peshvosi, zoti sharif Toha va Yosin saralangan shodasining vositasi bo\u2019lmish naqblar peshvosi, murtazoi a\u2019zam, ulug\u2019ligi sifat va unvonlarini keltirishga hojatsiz olijanob Sayyid Baraka hech qanday va\u2019da va oldindan kelishuvsiz, kutilmaganda ul humoyundin manzilda peshvoz chiqdi hamda saltanat va podsholik belgilarini anglatuvchi nog\u2019ora va alam (bayroq) keltirib, hazrat Sohibqironga sovg\u2019a qildi. (So\u2019ngra Alloh) ko\u2019magidan ilhomlangan holda baxt-saodat so\u2019zlarini aytib bashorat qo\u2019shig\u2019ini karomat pardasida chala boshladi:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Alloh himoyasi senga erur posbon,\r\nU boshdan bu boshgacha seniki jahon.\r\nDavlat nog\u2019orasin chal, maydan seningdur,\r\nBu olam tangrisining istagi erur\u201d.\r<\/pre>\n\n\n\n<p>Sayyid Barakaning Amir Temur sha\u2019niga aytgan so\u2019zlari va bashorati faqat uning o\u2019zini emas, balki butun mazlum xalqning fikri-zikrini izhor etgan edi. Bu vaqtga kelib Amir Temur ozodlik ramzi sifatida olimu fozillarni, din peshvolarini, amirlarni va xalq ommasining diqqat markazidan o\u2019rin egalladi. Bundan ruhlangan Amir Temur uzoq yilar kutib kelgan qulay fursatni qo\u2019ldan boy bermaslikka ahd qilib, hal qiluvchi jangni boshlab yuboradi. U Termizdan uch chaqirim naridagi Buyo degan joyga kelib o\u2019rnashadi. Bu yerda Sayyid Baraka bilan uchrashgandan keyin Surxondaryoning yuqori oqimida joylashgan Chag\u2019oniyon (Denov yaqini)ga kelib qo\u2019shinni tayyorlash bilan shug\u2019ullanadi. So\u2019ngra Amir Temur Kofanihon daryosining Amudaryoga quyilish joyidagi hozirgi Ayvaj qishlog\u2019iga qo\u2019nadi. Ko\u2019rsatilgan yerlarda turli joylardan amirlar qo\u2019shin bilan kelishib Sohibqironga qo\u2019shildilar. Amir Temur Xattalonga, so\u2019ngra Amudaryodan o\u2019tib Afg\u2019onistonning shimolidagi Xulm mavzesiga kelib o\u2019rnashadi. Amir Temur yuqorida ko\u2019rsatilgan joylarda kuchli qo\u2019shinni tashkil etib Balxni egallash uchun yo\u2019lni davom ettiradi. Uning qo\u2019shinini bir qismi Amir Husayn tomonidan yuborilgan askarlar bilan to\u2019qnashib qattiq jang qilindi. Dushman kuchlari mag\u2019lubiyatga uchratildi. Shundan keyin Amir Temur qo\u2019shinlari Hinduvon nomli Balx qal\u2019asini qurshab oldilar. Bu yerdagi dahshatli jangni Sharafuddin Ali Yazdiy shunday tasvirlaydi.<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Jahongir hamda gardun haybatli shoh,\r\nTepadan pastga boshlab keldi sipoh.\r\nChumoli chigirtkadek sonsiz edi,\r\nShaharu qo\u2019rg\u2019on sari yopirildi.\r\nTuronguruhdan ko\u2019tarildi suron,\r\nQo\u2019rquvdan titrar tog\u2019 va dasht o\u2019shal on.\r\nOtliqlar ot surib rosa jang qildi,\r\nPiyodalar bir-biriga tashlandi.\r\nYer toraydiyu, qora bo\u2019ldi jahon,\r\nQuyosh titradi va oy qo\u2019rqdi chunon.\r\nNayzalar qonidan yer yozib borar,\r\nPistirma kamondan o\u2019lim yuborar.\r\nQorong\u2019u tushguncha urush tinmadi,\r\nBiror kishi jangdan qo\u2019lin tiymadi.\r<\/pre>\n\n\n\n<p>Haqiqatan ham Balx qal\u2019asi uchun kurash shu darajada dahshatli tus oldiki, qonlar bamisoli suv kabi oqdi. Shunisi diqqatga sazovorki, Amir Temur o\u2019zining yosh o\u2019g\u2019li Umarshayxni ham jangga jalb qilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sarbadorlar tomonidan Ilyosxo\u2019janing qo\u2019shinlarini tor-mor etilishi ozodlik kurashini jadallashtirdi. Bu vaqtga kelib Amir Temurning mamlakatdagi mavqei yuqori darajaga ko\u2019tarilib, mo\u2019g\u2019ul hukmdorlarini talvasaga solib qo\u2019ygan edi. Ayniqsa uning o\u2019lkada yakkahokimlik uchun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-tomonidan-vatan-mustaqilligini-tiklanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-3145","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3145","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3145"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3145\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3220,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3145\/revisions\/3220"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3145"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3145"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3145"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}