{"id":3188,"date":"2021-10-08T15:21:26","date_gmt":"2021-10-08T12:21:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3188"},"modified":"2021-10-08T15:21:27","modified_gmt":"2021-10-08T12:21:27","slug":"eski-xronikalar-nimalardan-sozlaydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eski-xronikalar-nimalardan-sozlaydi\/","title":{"rendered":"Eski xronikalar nimalardan so&#8217;zlaydi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Odamlar o&#8217;tmish voqealari haqidagi hikoyalarni ularni avlodlar uchun saqlashga intilgan holda allaqachonlardan beri qayd etib keladilar. Xronikalar (qadimgi yunon tilidagi &#171;xronos&#187; \u2014 vaqtdan) tartib berish shu taxlitdagi dastlabki urinishlardan biri bo&#8217;lgan. Asrlar davomida kishilar xotirasida saqlangan qadimgi davlatlar haqida, mashhur podshohlar va lashkarboshilar, tabiatning g\u2019aroyib hodisalari to&#8217;g&#8217;risida yorqin va shiddatli tarzda hikoya qiluvchi xronikalar vaqtning me&#8217;yorli va muqarrar kechishini anglata oldilar. Voqealar sanab o&#8217;tiladigan solnomalardan farqli o&#8217;laroq xronikalarga o&#8217;tmishning serjilo manzaralari darj etilgan edi. Teatr yorituvchisi sahnadagi qahramonlarning goh u, goh bu guruhi ustiga nurni yo&#8217;naltirgani singari xronikanavislar ham gohida olamning yaratilishi haqida hikoya qilsalar, gohida o&#8217;quvchini Aleksandr Makedonskiy qo&#8217;shinlari izidan ergashtirdilar, ba&#8217;zan esa Rim va Vizantiya imperatorlarining saroyilariga bosh suqadilar. Har bir voqea va har bir zot xronikada o&#8217;zining bir bora va har doim belgilangan mavqeiga ega bo&#8217;ladi. Binobarin xronikanavislar u yoki bu mamlakat rivojlanishi tarixini shunchaki hikoya qilib berish bilan cheklanmasdan, har bir xalqning jahon tarixi yagona oqimidagi o&#8217;rnini ham belgilaydilar. Grigoriy Amartol va Ioann Malalo xronikalarining tarjimalari Rusda X \u2014XI asrlardayoq paydo bo&#8217;lgan edi. Mamlakat solnomalari va xronografiyalari tartib berilayotganda ulardan keng foydalanildi. Tarixiy voqealarni bajonidil bayon qilayotgan solnomachilar xronikalardan o&#8217;tmishning yorqin va o&#8217;quvchi uchun qiziqarli manzaralarini izladilar. Ular o&#8217;sha olis zamonlardayoh xronika \u2014 bu, eng avvalo, qiziharli adabiy asarligini, shunchaki quruq tarixiy manba emasligini anglab etgan edilar. Turli xalqlar va zamonlar adabiyotida xronikalardan keng foydalanildi. Uyg&#8217;onish davridayoq yozuvchilar real tarixiy voqealar haqida yorqin va sertasvir xronikalar tarzida hikoya qilib berdilar (masalan, Uilyam Shekspir). Xronika shakli sarguzasht asarlar mualliflarini ham maftun etadi. Hech bo&#8217;lmasa, A. Dyuma qalami sharofatidan mangulikka daxldor bo&#8217;lgan D &#8216;Artanyan tarixini eslab ko&#8217;raylik. Jahon tarixi voqealari girdobiga tushib qolgan qahramoni yorqin va mashhur shaxsga aylandi. M. Dryuon xronikalarining qahramonlari ham aynan shu tarzda jonlantirilgan. Turli yo&#8217;nalishlarga mansub yozuvchilar bizning zamonamizda ham xronika usulidan tez-tez foydalanadilar (D. Tolkien, U. Le Guin, A. Norton asarlari). Faqat bu holda muallif uchun asosiysi tarixiy emas, balki qahramonning sarguzashtlari haqida hikoya qilinadigan o&#8217;ylab topilgan yoxud olis kelajakdagi zamon sanaladi (M. Murkokning &#171;Korum xronikasi&#187;). Hatto so&#8217;nggi yadro urushi va yangi odamlar jamiyati tug&#8217;ilishi haqida hikoya qiluvchi ilmiy-fantastik romanlar ham xronikalar shaklida yaratilmoqda (G. Robins). Jahon adabiyotining eng qadimiy janrlaridan birining umri shu tariqa davrimizda ham davom etayotir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odamlar o&#8217;tmish voqealari haqidagi hikoyalarni ularni avlodlar uchun saqlashga intilgan holda allaqachonlardan beri qayd etib keladilar. Xronikalar (qadimgi yunon tilidagi &#171;xronos&#187; \u2014 vaqtdan) tartib berish shu taxlitdagi dastlabki urinishlardan biri &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eski-xronikalar-nimalardan-sozlaydi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3188","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3188","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3188"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3188\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3189,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3188\/revisions\/3189"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3188"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3188"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3188"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}