{"id":32005,"date":"2022-10-22T09:39:06","date_gmt":"2022-10-22T06:39:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32005"},"modified":"2022-10-22T09:39:08","modified_gmt":"2022-10-22T06:39:08","slug":"fayoztepa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fayoztepa\/","title":{"rendered":"FAYOZTEPA"},"content":{"rendered":"\n<p>FAYOZTEPA \u2014 milodiy 1-3-asrlarga oid budda monastir ibodatxona majmuasi (vixara). Termiz shahri yaqinidagi eski Termiz shahar xarobalarining shimoli g&#8217;arbida. Horatepalan 1 kilometr shimoliSharqda joylashgan. Fayoztepaning ochilishi 1968 yil bahorida cho&#8217;pon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini Kuchma kum ustidan topib, Termiz o&#8217;lkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968-76 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan o&#8217;rganildi. Fayoztepa maydoni ko&#8217;chma qumlar uyumidan tozalangach, uning me&#8217;moriy tarhi ochilib, u 3 qismdan iborat monumental inshoot, ya&#8217;ni Markaziy qismida \u2014 ibodatxona, uning shimoli g&#8217;arbida monastir, Janubi sharqida esa xo&#8217;jalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniqlangan. Majmuaning umumiy maydoni 1,5 ming kvadrat metrga yaqin. Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri \u2014 Stupa bo&#8217;lib, u boshqa ibodatxonalardan farqli ularoq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chiziqda joylashgan. Ular uzaro hovli maydonini kesib utgan g&#8217;isht va mergeliy toshi tushalgan yo&#8217;lakcha bilan bog&#8217;langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali (Bodxisatva) joylashgan, sajdagoh devorlari rangbarang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo&#8217;ylab o&#8217;z vaqtida budda haykallari (balandligi 4 metr) quyilgan. Kupchilik haykallar qizil rang bilan bo&#8217;yalgan, so&#8217;ng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh Janub devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning 2 tomonidan elkalariga yelkapo&#8217;sh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Ulardan biri Buddaga qarab sajda qilmoqda. Sajdagohning Sharqiy devorida ham qandaydir devoriy rasmlar izi ko&#8217;rinadi. Xonadagi suvoq parchalarida har xil odamlarning rasmlari uchraydi. 60&#215;80 santimetrli TSh bir suvoq parchasida Buddaga yuzlangan 2 ta erkakning rasmi topilgan. Har 2 shakl qiyofasiga ko&#8217;ra, baqtriyalik Budda ixlos mandlari bo&#8217;lib, ularning Buddaga sajda qilish holati tasvirlangan. Ushbu xonada ganchkori haykal bo&#8217;laklari ko&#8217;plab uchraydi. Hatto xonaning Sharqiy devori ostida qaykallar uchun pishiq g&#8217;ishtdan maxsus tagkursi qurilgan, uning usti esa mergeliy tosh parchalari bilan silliq qilib qoplangan. Haykallarning ko\u2019pchiligi esa somon qo&#8217;shilgan loydan yasalib, ularning sirtiga ganch qoplama berilgan. Haykallarning boshi maxsus qolipda quyilgan. Qo&#8217;l va oyoqlari alohida yasalib, so&#8217;ng ular haykal tanasiga yopishtirilgan. Fayoztepa haykallari orasida ganchdan ishlangan Buddaning bosh qismi diqqatni o&#8217;ziga tortadi. Uning tutamlangan qopqora sochlari, fusunkor chexrasi unga go&#8217;zallik bag&#8217;ishlaydi. Buddani bunday ishlanishi Kushonlar davri yodgorligida birinchi bor uchrashi edi. Ushbu muqaddas sajdagoh eshigi qarshisida yaxlit mergeliy toshidan yasalgan noyob san&#8217;at asari \u2014 triada topilgan. Triada markazida ipak mantiyaga o&#8217;ralgan Budda arka va muqaddas Bodxa daraxti shoxlari ostida o&#8217;tiribdi, 2 yonida tik turgan rohiblar esa unga iltijo qilib turgan holatda tasvirlangan. Sajdagoxdan 2 Kanishka va bitta Vasudeva tangalari topilgan. Ibodatxona hovlisi to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak shaklida, maydoni 33&#215;20 metr, uning to&#8217;rt tomoni bo&#8217;ylab budda rohiblarining eshiklari hovliga qaratilgan xonalari joylashgan. Ibodatxona hovlisi ushbu xonalarning hovli tomon devorlari bo&#8217;ylab yaxlit uzun ayvon bilan o\u2019rab olingan. Ayvon devorlari rang-barang devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Rangli devoriy bezaklar ayvon devorining pastki qismidagina saqlangan. Ayvon osti bo&#8217;ylab supa joylashgan. Ibodatxona hovlisining shimoli g&#8217;arbiy qismida, mergeliy tosh parchalaridan trapetsiya shaklida qurilgan hovuzcha bo&#8217;lib, uning tomonini pastki qismida suv oqizishga mo&#8217;ljallanib teshikcha yasalgan. Teshikcha jag&#8217;lari keng ochilgan sher boshi qiyofasida ishlangan. Bunday hovuzlarda toza suv saqlangan. Sher Kushonlar davri san&#8217;atida Buddaning kuch va qudrat timsoli sifatida o&#8217;z aksini topgan. Diniy majmuaning 2-qismi \u2014 monastir bo&#8217;lib, u ibodatxona bilan hovli karbiy devoridan ochilgan eshik orqali bog&#8217;langan. Monastir maydonida joylashgan xonalarda rohiblar va monastir talabalari istiqomat qilishgan, monastirda o&#8217;quv xonalari va zallari, ziyoratchilar to&#8217;xtab o&#8217;tadigan yotoqxonalar joylashgan. Xonalar devorlarida pilta chiroq yoritqichlari uchun tokchalar ishlangan. Ayrim xonalarning devori ostida Budda haykallari va ularni o&#8217;rnatish uchun supatagkursilar qurilgan. Demak, rohib va talabalar hamda ziyoratchi sayyohlar Markaziy ibodatxonada diniy marosimlar to&#8217;xtagan vaqtda o&#8217;z ibodatlarini monastir sajdagoxlarida amalga oshirganlar. Ibodatxonaning Janubi sharqida uning xo&#8217;jalik qismi joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida, hajmi 34,5&#215;33,5 metr. U ibodatxona bilan 3 eshik orqali bog&#8217;langan. Ibodatxonaning xo&#8217;jalik qismida 15 ta xona ochilgan, ularning ko&#8217;pchiligida o&#8217;choq qoldiqlari topilgan. Majmua devorlari paxsa bilan tiklangan, xonalardagi so&#8217;risupalar va devorlarning ta&#8217;miri g&#8217;isht bilan urilgan. Hamma xonalar somon suvoq qilingan, faqat ikkita xona devorlari ganch bilan suvalgan. Bu 2 xona ibodatxona xo&#8217;jalik qismining sajdagohlari bo&#8217;lgan deb faraz qilinadi. Ikkita xonadan tandir qoldiklari va qalin kul uyumi topilgan. Tandirli xonalarni qazish vaqtida ko&#8217;plab hayvon suyaklari, xum, kosa, nimkosa, sopol qadah parchalari chiqqan. Xumlardan boshqa barcha idishlar kulolchilik charxida yasalgan va ochqizil rangli angob b-n krplangan. Sopol sirti archa bargli, disksimon naqshlar bilan bezagilgan. Shuningdek, sopol parchalariga yalang oyoq Budda tovon izlari tushirilgan. Sopollar ichida pilta chiroqlar va sopol qozonlar ko&#8217;plab uchraydi. Bir xonadan sopol quvur topilgan. Fayoztepaga Amudaryodan suv keltirilganligiga ishora qiluvchi kanal izi o&#8217;rganilgan. Ushbu kanalga Amudaryodan chig&#8217;ir orqali suv chiqarilgan deb faraz qilinadi. Ibodatxona xo&#8217;jalik qismining katta hovlisi aylanasi bo&#8217;ylab kengligi 0,7 metrli supa qurilgan. Uni qazish vaqtida sonsanoqsiz turli hayvon suyaklari topilgan, ko&#8217;plab sopol kosa va qadah parchalari uchratilgan. Ushbu hovli Budda va uning rohiblariga atab qurbonlik qiladigan joy sifatida talqin qilinadi. Fayoztepa majmuasining devorlari, asosan, paxsa va g&#8217;ishtdan qurilgan, ayniqsa, monastir va ibodatxona devorlarining balandligi 3 metrgacha saqlangan. Ibodatxona xo&#8217;jalik qismining Janubiy Sharqiy devorlari yaxshi saqlanmagan. Barcha devorlar somonli loy bilan suvalgan bo&#8217;lib, ko&#8217;p hollarda suvoq ustiga oq rangda jilo berilib. uning usti rangli rasmlar bilan bezatilgan. Fayoztepa Eron sosoniylarining bosqinchilik hujumlari natijasida xarobaga aylangan. 5-asr \u20146-asrning 1-yarmida ibodatxona vayronalaridan eftaliylar daxma sifatida foydalanganlar. Arablar istilosi davrida Fayoztepa butunlay vayron qilingan, keyinchalik u ko&#8217;chma qumlar ostida qolib ketgan. Ad. Albaum L. I., Raskopki buddiyskogo kompleksa Fayaetepa, SB. &#171;Drevnyaya Baktriya&#187;, L., 1974; Kozlovskiy V. A., K izucheniyu drevnix pamyatnikov materialnoy kulturi Surxandarinskoy oblasti. SB. &#171;Drevnyaya Baktriya&#187;, L., 1974; Albaum L. I., Issledovanie Fayaztepa v 1973 g. SB. &#171;Baktriyskie drevnosti&#187;. L., 1976. Ahmadali Asqarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FAYOZTEPA \u2014 milodiy 1-3-asrlarga oid budda monastir ibodatxona majmuasi (vixara). Termiz shahri yaqinidagi eski Termiz shahar xarobalarining shimoli g&#8217;arbida. Horatepalan 1 kilometr shimoliSharqda joylashgan. Fayoztepaning ochilishi 1968 yil bahorida cho&#8217;pon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fayoztepa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-32005","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32005","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32005"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32005\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32006,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32005\/revisions\/32006"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32005"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32005"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32005"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}