{"id":32069,"date":"2022-10-23T11:02:12","date_gmt":"2022-10-23T08:02:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32069"},"modified":"2022-10-23T11:02:14","modified_gmt":"2022-10-23T08:02:14","slug":"kabo-verde-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kabo-verde-2\/","title":{"rendered":"KABO-VERDE"},"content":{"rendered":"\n<p>KABO-VERDE (savo Verde), kabo-Verde Respublikasi (Republica de Cabo Verde) \u2014 Atlantika okeanida, G&#8217;arbiy Afrika sohili yaqinidagi Yashil burun orollarida joylashgan davlat. 10 ta yirik va 5 ta mayda Orolni o&#8217;z ichiga oladi. Maydoni 4,033 ming kilometr kvadrat. Aholisi 405 ming kishi (2001). Ma&#8217;muriy jihatdan 14 tuman (conselho) ga bo&#8217;linadi. Poytaxti \u2014 Praya shahri. Davlat tuzumi. Kabo-Verde \u2014 respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1992 yilda qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2001 yildan P. V. Piresh). U umumiy, to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi \u2014 umumiy saylov yo&#8217;li bilan 5 yil muddatga saylanadigan Milliy assambleya (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orollar, asosan, vulkanlardan hosil bo&#8217;lgan. Qirg&#8217;oqlari tik va qoyali; qulay tabiiy gavanlari kam. Relefi \u2014 asosan, tog&#8217;li. Eng baland cho&#8217;qqisi 2829 metr (Fogu orolida). Iqlimi \u2014 tropik, passat. O&#8217;rtacha oylik temperatura 22\u00b0\u2014 27\u00b0. Yillik yog&#8217;in 100 \u2014 250 millimetr. Bot-bot qurg&#8217;oqchilik bo&#8217;lib turadi. Daryolari kam. O&#8217;simligi cho&#8217;l va chala cho&#8217;lga xos. Hayvonot turlari oz. Dengiz qushlari ko&#8217;p. Qirg&#8217;oq atrofi suvlari baliqqa boy. Fosforit, binokorlik materiallari, jumladan, gips konlari bor. Aholisining 62% mulatlar, 35% Afrikaliklar (fulbe, balante, manjaklar); shahar aholisi 30%. Rasmiy tili \u2014 portugal tili. Aholining 98% \u2014 katoliklar. Tarixi. Kabo-Verde joylashgan yashil burun orollarini Portugaliya ekspeditsiyalari 1456 va 1460 yillar orasida kashf etgan. O&#8217;sha paytgacha bu yerda odam yashamagan. Afrikadan qullar, Portugaliyadan dehqonlar ko&#8217;chirib keltirildi. 1495 yil Portugaliya mustamlakasi deb e&#8217;lon qilindi. 15-16-asrlarda bu hudud Afrikaning Gvineya soqili yonidagi qul savdosi markazlaridan biriga aylandi. Qul savdosi tanazzulga uchrashi bilan (1876 yil tamoman man etildi) bu yerdan AQSh va boshqa mamlakatlarga ko&#8217;chib ketish ommaviy tus oldi. 2-jahon urushi (1939-45)dan keyin Portugaliya va uning ittifoqdoshlari Kabo-Verdening port va aerodromlaridan Gvineya-Bisau, Angola va Mozambikdagi milliy ozodlik kuchlariga qarshi kurashda oraliq baza sifatida foydalandi. 1951 yilda Portugaliyaning &#171;dengiz ortidagi viloyati&#187; maqomini oldi. 50-yillardan Kabo-Verdeda milliy ozodlik harakati kuchaydi. Bu harakat portugaliya mustamlakasi Gvineya-Bisau xalqlarining ozodlik kurashi bilan chambarchas bog&#8217;liq bo&#8217;ldi. Bu kurashga Gvineya va Kabo-Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi (PAIGK, 1956 yil tashkil topgan) rahbarlik qildi. 1972 yilda Portugaliya Kabo-Verdega &#171;mahalliy muxtoriyat&#187; huquqini berdi. 1974 yil 24 aprelda Portugaliyadagi fashizm rejimi ag&#8217;darib tashlangach, PaIGK bilan Portugaliya muvaqqat hukumati o&#8217;rtasida Kabo-Verdega 1975 yil 5 iyuldan mustaqillik berilishi haqida bitim imzolandi. 1974 yil dekabr oxirida o&#8217;tish davri hukumati tuzildi. 1975 yil 30 iyunda Xalq milliy Majlisiga birinchi saylov o&#8217;tkazildi. Kabo-Verde o&#8217;sha yili iyulda Afrika birligi tashkilotiga, sentabrda BMT ga qabul qilindi. 1975 yil oxiriga kelib, Kabo-Verde 60 davlat bilan diplomatiya munosabatlari o&#8217;rnatdi. 1986 yil 6 Fevralgacha mamlakatning nomi portugalchadan tarjima qilinib, yashil burun orollari deb atab kelindi. Kabo-Verde 1992 yil 16 yanvarda O&#8217;zbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami \u2014 5 iyul \u2014 Mustaqillik kuni (1975). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Kabo-Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi (PAIKV), 1956 yilda tuzilgan; 1981 yildan hozirgi nomda; demokratiya uchun harakat, 1990 yilda asos solingan. Kabo-Verde mehnatkashlari milliy birlashmasi \u2014 kasaba markazi, 1978 yilda tashkil toptan. Xo&#8217;jaligi. Iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Xo&#8217;jaligining asosini qishloq xo\u2019jaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo\u2019jaligining ulushi 11%, sanoatning ulushi 10%. Iqtisodiy faol aholining 80% qishloq xo\u2019jaligida band. Tez-tez bo&#8217;lib turadigan qurg&#8217;oqchilik qishloq xo\u2019jaligiga katta zarar yetkazadi. Aholining oziq-ovqatga bo&#8217;lgan ehtiyojlarini qoplamaydi. Mustaqillik e&#8217;lon qilingach, mustamlakachilik oqibatlarini tugatish choralari ko&#8217;rildi; milliy taraqqiyot jamg&#8217;arasi tuzildi, qishloq xo\u2019jaligini rivojlantirish favqulodda dasturi ishlab chiqildi, kooperatsiyaning turli shakllarini rivojlantirishga, sanoat korxonalari barpo etishga kirishildi. Qishloq xo&#8217;jaligi. Aholining an&#8217;anaviy mashg&#8217;ulotlari \u2014 dehqonchilik va baliqchilik. Ichki ehtiyoj uchun makkajo&#8217;xori, kartoshka, dukkakli don ekinlari, maniok, no&#8217;xat, qizil qalampir, pomidor ekiladi. Eksport uchun kakao, banan, shakarqamish, yer yong&#8217;oq, tamaki, kanakunjut, indigo yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qo&#8217;y boqiladi. Baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Sanoati dengiz maxsulotlarini qayta ishlash, tuz qazib olish va boshqa korxonalardan iborat. Spirt (shakarqamishdan), sovun, o&#8217;simlik moyi va tsement ishlab chiqaradigan korxonalari bor. Eksport uchun tuz va pussolan qazib olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan. Temir yo\u2019l yo&#8217;q. Avtomobil yo&#8217;llarining uzunligi 5,6 ming kilometr. Yiliga o&#8217;rtacha 36 million kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy porti \u2014 Mindelu (San-Visenti orolida). Sal orolida yirik aerodrom bor. Asosan, Portugaliya, Niderlandiya, Ispaniya, Frantsiya bilan savdo qiladi. Chetga baliq, banan, qand- shakar, tuz sotadi. Chetdan oziq-ovqat, mashina-uskunalar, neft mahsulotlari keltiradi. Pul birligi \u2014 Kabo-Verde eskudosi. Xalq ta&#8217;limi. 1960-yillarning oxirida aholining 90% dan ko&#8217;prog&#8217;i savodsiz bo&#8217;lgan. Maktab tizimi Portugaliya ta&#8217;sirida shakllandi. Maktablarda ta&#8217;lim portugal tilida olib boriladi. Mustaqillikka erishilgandan keyin (1975), 6 yoshdan 12 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar uchun bepul majburiy ta&#8217;lim joriy etildi. Boshlang&#8217;ich maktabda o&#8217;qish muddati 4 yil, o&#8217;rta maktabda 5 yil qilib belgilandi. O&#8217;rta maktab ikki bosqich: 2 yillik tayyorlov sinflari va 3 yillik katta o&#8217;rta maktab (litsey) dan iborat bo&#8217;ldi. 1980-yillarning boshidan maktab tizimi yangidan tuzildi. Maktabda o&#8217;qish muddati 11 yil, 6 yil asosiy maktabda, 3 yil to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktabda va 2 yil to&#8217;liq o&#8217;rta maktabda o&#8217;qiladi. To&#8217;liq o&#8217;rta maktabda gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnika bo&#8217;limlari bor. Mamlakatda 3 pedagogika bilim yurti va industrial maktab ishlaydi. Oliy o&#8217;quv yurti yo&#8217;q. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Kabo-Verdeda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: &#171;Boletin informativu&#187; (&#171;Informatsion byulleten&#187;, haftanoma, 1976 yildan), &#171;Boletin ofisialda Republika Di Kabo-Verde&#187; (&#171;Kabo-Verde Respublikasi rasmiy byulleteni&#187;, hukumat haftanomasi), &#171;voj Di povu&#187; (&#171;Xalq ovozi&#187;, hukumatning portugal tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1975 yildan),&#187;Raizesh&#187; (&#171;ildizlar&#187;, Portugal tilida har chorakda chiqadigan adabiy jurnal, 1977 yildan), &#171;tribuna&#187; (&#171;minbar&#187;, haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1984 yildan), &#171;Unidadi i Luta&#187; (&#171;birlik va kurash&#187;, oylik jurnal, 1976 yildan). Kabopress agentligi hukumat axborot agentligidir. Kabo-Verde radiotelevideniesi hukumat ixtiyorida. &#171;San-Visenti ovozi&#187; hukumat radiostansiyasi 1975 yil tashkil etilgan. Adabiyoti portugal va kreol tillarida. Mahalliy kreol tilida boy og&#8217;zaki adabiyot shakllangan. Xalq she&#8217;riy va qo&#8217;shiq ijodiyotining shakllaridan biri \u2014 mornlar (muhabbat va ayriliq haqidagi mungli qo&#8217;shiqlar) ayniqsa keng tarqalgan. Bu mavzular Kabo-Verde adabiyotida an&#8217;anaga aylandi. E. Tavarish, P. Kardozu va boshqa shu janrda ijod qildilar. Jorji Barboza madaniy-ma&#8217;rifiy va adabiy jurnallar tashkilotchilaridan biri bo&#8217;ldi. O. Alkantar &#171;Shikino&#187; va M. Lopish &#171;Sharqiy shamol fosh etadi&#187; romanlarida ijtimoiy motivlar, birinchi marta ijtimoiy tengsizlik mavzui qalamga olindi. A. Fonseka she&#8217;rlarida Portugal &#171;mustamlaka jannati&#187;ni fosh etdi. Shoir Kabverdiano Dambara kreol tilida ijod qilib, xalqlarning mustaqillik uchun kurashini kuyladi. A. A. Gonsalvishning qissalari, M. Ferreyraning romanlari 60-70-yillarda Kabo-Verde adabiyotida salmoqli asarlar bo&#8217;ldi. 80-90-yillar adabiyotida eskilikni inkor etish va buzish bilan cheklanmay, yangilik yaratishga intilish tamoyillari bo&#8217;rtib ko&#8217;rindi. Romanu Di Meluning portugal va kreol tillarida nashr etilgan &#171;qopqora&#187; romani bunga misol bo&#8217;la oladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KABO-VERDE (savo Verde), kabo-Verde Respublikasi (Republica de Cabo Verde) \u2014 Atlantika okeanida, G&#8217;arbiy Afrika sohili yaqinidagi Yashil burun orollarida joylashgan davlat. 10 ta yirik va 5 ta mayda Orolni o&#8217;z &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kabo-verde-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-32069","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32069","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32069"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32069\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32075,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32069\/revisions\/32075"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32069"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32069"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32069"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}