{"id":32194,"date":"2022-10-24T15:54:51","date_gmt":"2022-10-24T12:54:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32194"},"modified":"2022-10-24T15:54:53","modified_gmt":"2022-10-24T12:54:53","slug":"falaj","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/falaj\/","title":{"rendered":"FALAJ"},"content":{"rendered":"\n<p>FALAJ (Arabcha), shol \u2014 ixtiyoriy harakatlar qilish qobiliyatining yo&#8217;qolishi; nerv sistemasining organik va funktsional zararlanishi natijasida ro&#8217;y beradi. Falajga qon aylanishining buzilishi, bosh va orqa miyaning yallig&#8217;lanishi yoki shikastlanishi, nerv sistemasining o&#8217;smalari va hokazolar sabab bo&#8217;ladi. Muskullar yallig&#8217;lanib, suyakbo&#8217;g&#8217;im apparati shikastlanganda harakatlarning mexanik tarzda cheklanishini ularning Falajdagi buzilishdan farqlash lozim. A&#8217;zoning qaysi qismi zararlanganiga qarab periferik (sust) Falaj va Markaziy Falaj farq qilinadi. Markaziy Falajda zararlangan qo&#8217;lning bukilishini va zararlangan oyoqning yozilishini ma&#8217;lum vaziyatda tutib turadigan muskullar tortishib qoladi. Periferik nerv sistemasi kasalligi (yallig&#8217;lanish, shikastlanish, qo&#8217;rg&#8217;oshin, margimushdan zaharlanish) natijasida yuzaga kelgan falaj periferik Falaj deb ataladi. Unda muskullar ingichkalashib tarangligi susayadi va zaiflashadi, qo&#8217;loyoq osilib qoladi, bo&#8217;g&#8217;imlar bo&#8217;shashadi. Bunday Falaj bola yoshligida, masalan, poliomielitda ro&#8217;y bersa, kasal qo&#8217;l yoki oyoq o&#8217;smaydi. O&#8217;tkazib yuborilgan Falajda bo&#8217;g&#8217;imlarning harakatlanishi qiyinlashadi, u qo&#8217;l-oyoqning noto&#8217;g&#8217;ri holatda bo&#8217;lishiga olib boradi, bu esa ko&#8217;pincha harakatlanishni Falajdagidan ham battarroq og&#8217;irlashtirib qo&#8217;yadi. Kallamiya nervlari kasalligida (yallig&#8217;langanda, shikastlanganda kalla suyagi ichiga, miyaga qon quyilganda) yuz muskullari falaji ro&#8217;y berishi mumkin. Masalan, ko&#8217;z soqqasi muskullari Falajida bemor ko&#8217;ziga narsalar ikkita bo&#8217;lib ko&#8217;rinadi, yuz nervi nevritida yuzning tegishli yarmida mimika muskullarining harakati yo&#8217;qoladi, til osti nervi zararlanganda til muskuli falaji kelib chiqadi, bemor gapirish va ovqatlanishta qiynaladi. Falaj bo&#8217;lgan bemorga vrach nazorati ostida davo qilinadi. Bunda, asosan, qon aylanish a&#8217;zolari hamda Markaziy yoki periferik nerv sistemasi kasalliklari davolaniladi. Falaj yoki parez (chala Falaj) tufayli o&#8217;z funktsiyasini yo&#8217;qotgan qo&#8217;l yoki oyoq to&#8217;g&#8217;ri bukilib yoziladigan, tirsak va tizza bo&#8217;g&#8217;imi, barmoklar, oyoq panjasi bir oz bukiladigan, kaft oldibilak bo&#8217;g&#8217;imi yoziladigan holga keltiriladi. Qo&#8217;l-oyoqning to&#8217;g&#8217;ri holatda bo&#8217;lishini saqlash uchun yumshoq bolishcha (paxtani qattiq qilib o&#8217;rab ustidan mato bilan tikib qo&#8217;yiladi) yoki plastik materialdan qilingan shina ishlatiladi. Biroq kasal qo&#8217;loyoq harakatsiz qolmasligi lozim. Shu sababli birinchi kundan boshlab yengilroq gimnastika qilinib, kasal qo&#8217;l yoki oyoq bo&#8217;g&#8217;imlari galmagaldan bukibyoziladi, buni bemorning o&#8217;zi bajarishi mumkin. Mashqlar ham harakatning tiklanishiga yordam beradi, bunda bemor bir vaqtda ham sog&#8217;lom, ham kasal qo&#8217;l-oyog&#8217;ini harakat qildirishga urinishi, qo&#8217;l-oyoqda harakat paydo bo&#8217;lsa, uni kuchaytira borishi kerak. Bemor kun sayin juda bo&#8217;lmasa 1-2 santimetr oshiqroq yurishga harakat qilidih, muskullar kuchaya borishi bilan qo&#8217;lga og&#8217;ir kelmaydigan mashqlar (rezina lenta, espander, rezina koptok yordamida) bajarishi lozim. Yuklama (nagruzka)ni bosqichma-bosqich kuchaytira borish yaxshi natija beradi, zo&#8217;r keladigan mashqlarga shoshib o&#8217;tish yaramaydi, aks holda harakatlarning tiklanishi to&#8217;xtab qoladi. Mashklar tartibini davo fizkulturasini o&#8217;tkazuvchi mutaxassis tuzadi. Kuchsiz qo&#8217;loyoqdagi qarakatlarni osonlashtirish uchun ortopedik apparatlar ishlatiladi. Davo Falajga sabab bo&#8217;lgan asosiy kasallikka qarab olib boriladi, davolash badan tarbiyasi, massaj, dori-darmon va boshqalar fizioterapevtik muolajalar buyuriladi. Falaj va parezlarning oldini olish, asosan, ularning rivojlanishi va asorat qoldirishiga sabab bo&#8217;ladigan kasalliklarni bartaraf etishdan iborat. Bolalarni poliomielitga qarshi emlash, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FALAJ (Arabcha), shol \u2014 ixtiyoriy harakatlar qilish qobiliyatining yo&#8217;qolishi; nerv sistemasining organik va funktsional zararlanishi natijasida ro&#8217;y beradi. Falajga qon aylanishining buzilishi, bosh va orqa miyaning yallig&#8217;lanishi yoki shikastlanishi, nerv &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/falaj\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-32194","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32194","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32194"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32194\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32195,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32194\/revisions\/32195"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32194"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32194"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32194"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}