{"id":32204,"date":"2022-10-24T16:41:16","date_gmt":"2022-10-24T13:41:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32204"},"modified":"2022-10-24T16:41:18","modified_gmt":"2022-10-24T13:41:18","slug":"familiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/familiya\/","title":{"rendered":"FAMILIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>FAMILIYA (lotincha familia \u2014 oila) \u2014 1) qadimgi Rimda qon-qarindoshlar bilan birga qullarni ham o&#8217;z ichiga olgan oilaning xo&#8217;jalik-huquqiy munosabatlarini o&#8217;zida mujassamlashtirgan nomi; 2) bola tug&#8217;ilganda, farzandlikka olinganda, oldingi Familiya o&#8217;zgartirilganda, nikohdan o&#8217;tganda qabul qilinadigan va nasldan naslga o&#8217;tadigan oilaviy nom. Odatda, shaxs otlariga qo&#8217;shilib kelib, shu shaxsning naslini bildiradi. Ilk Familiyalar shaxs tug&#8217;ilgan yoki uning &#171;nasliy merosi&#187; joylashgan joy nomiga nisbatan berish orqali yasalgan. G&#8217;arbiy Yevropada Familiya qo&#8217;llash 15-asrdan odat tusiga kirdi va, asosan, yuqori tabaqa orasida tarqaldi. O&#8217;zbeklarda o&#8217;tmishda hozirgi ma&#8217;nodagi Familiya bo&#8217;lgan emas. Lekin Familiya va otaning nomini bildirish uchun qo&#8217;llangan vositalar qadimdan mavjud edi. 6-7-asrlardan ota ismidan keyin &#171;o&#8217;g&#8217;li&#187;, &#171;qizi&#187; so&#8217;zlarini keltirish orqali (masalan, Bayna Sangnun o&#8217;g&#8217;li), keyinroq ayni vaqtda arablar ta&#8217;sirida &#171;ibn&#187; (o&#8217;g&#8217;li) (masalan, Ahmad ibn Muhammad), &#171;bint&#187; (qizi) kabi Arabcha so&#8217;zlar yordamida nomlashlar bo&#8217;lgan. 20-asrning 20-30-yillarida o&#8217;zbeklarning Familiyalari, asosan, Ahmad Fozil o&#8217;g&#8217;li, Xakima Fozil qizi tarzida yuritilgan. Shuningdek, bu davrda ziyolilar orasida qisman &#171;Zoda&#187; (Hamza Hakimzoda, Turg&#8217;un Sharifzoda), &#171;iy&#187;, &#171;viy&#187;, &#171;iya&#187;, &#171;viya&#187; (Abdulla Qodiriy, Abdulla Alaviy, Mirzakalon Ismoiliy, Muzayyana Alaviya) qo&#8217;shimchalari orqali ismf., taxalluslar yasash ham odat bo&#8217;lgan; ba&#8217;zida qo&#8217;shimchalarsiz ham quyidagi shaklda atalgan: parda Tursun, Sulton Jo&#8217;ra, Ilyos Muslim. 30-yillarning o&#8217;rtasi va 40-yillardan ov, (ova), eV (Eva) qo&#8217;shimchalari yordamida hosil qilingan Familiyalar o&#8217;zbeklarda muayyan tartibga aylanib, keyinroq qat&#8217;iy qoida qilib olindi. Mustaqillik davrigacha Familiya yasashning shundan boshqa barcha milliy-mahalliy shakllarini rasmiy ravishda yozish man qilingan edi. Bu qoidaga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish idoralari, pasport bo&#8217;limlarida qat&#8217;iy amal qilib kelindi. Mustaqillik kishilarga Familiya va ota ismini, ularning shaklini erkin tanlash huquqini ham berdi. O&#8217;zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga ko&#8217;ra, har bir fuqaro o&#8217;z Familiyasiga ega bo&#8217;lishi zarur. Bunday zaruriyat fuqaroni jamiyatning boshqa a&#8217;zolaridan ajratib turishda, unga tegishli huquq va majburiyatlarni belgilashda va uni huquq sub&#8217;yekti sifatida tan olishda muhim ahamiyatga ega. Fuqaroning Familiyasi u tug&#8217;ilgan paytda tug&#8217;ilganlik holatini qayd etish guvohnomasida rasmiylashtiriladi va ota yoki ona tomonidan yoki ularning kelishuviga ko&#8217;ra tanlanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 69-moddasiga muvofiq, bola ism, ota ism va Familiya olish huquqiga ega. Fuqaroning Familiyasi uning hayoti davomida o&#8217;zgartirilishi ham mumkin. Bola 10 yoshga to&#8217;lguncha uning Familiyasi ota-ona tomonidan bolaning roziligi bilan o&#8217;zgartirilsa, 16 yoshga to&#8217;lgan fuqaro ota-onasining roziligi bilan o&#8217;z Familiyasini o&#8217;zgartiradi. 18 yoshga to&#8217;lgan fuqaro esa, to&#8217;la muomala layoqatiga ega bo&#8217;lgach, hech kimning roziligisiz Familiyasini o\u2019zgartirishga haqli. Nikohdan o&#8217;tish paytida er yoki xotin o\u2019z Familiyasini o&#8217;zgartirishi mumkin. Familiya o&#8217;zgartirilayotganda qonun hujjatlarida ko&#8217;zda tutilgan talablarga amal qilish zarur. Fuqaroning Familiyasi uning shaxsiy nomulkiy huquqi bo&#8217;lib fuqarolik va oila qonunchiligi tomonidan muhofaza etiladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 aprel 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan &#171;fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish&#187; qoidalarida Familiyani belgilash va o\u2019zgartirish tartibi belgilangan. Ad.: Begmatov E.A., O&#8217;zbek ismlari, T., 1998.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FAMILIYA (lotincha familia \u2014 oila) \u2014 1) qadimgi Rimda qon-qarindoshlar bilan birga qullarni ham o&#8217;z ichiga olgan oilaning xo&#8217;jalik-huquqiy munosabatlarini o&#8217;zida mujassamlashtirgan nomi; 2) bola tug&#8217;ilganda, farzandlikka olinganda, oldingi Familiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/familiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-32204","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32204","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32204"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32204\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32205,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32204\/revisions\/32205"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32204"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32204"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32204"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}