{"id":3221,"date":"2021-10-08T17:25:56","date_gmt":"2021-10-08T14:25:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3221"},"modified":"2021-10-10T09:21:07","modified_gmt":"2021-10-10T06:21:07","slug":"oltin-orda-va-rus-davlati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oltin-orda-va-rus-davlati\/","title":{"rendered":"Oltin O\u2019rda va Rus davlati"},"content":{"rendered":"\n<p>Oltin O\u2019rda davlati Rus knyazliklari bilan Turkiston zamini o\u2019rtasidagi bamisoli ko\u2019prik hisoblangan. Turkiy dunyosining tarkibiy qismi hisoblangan bu ulkan yerlar Rossiya tomonidan bosib olingandan keyingi uni hozirgi O\u2019zbekistonga bostirib kirish imkonini tug\u2019dirdi. Shu bois Oltin O\u2019rda va Rossiya haqida tushuncha berish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rda davlati Dnepr daryosidan boshlanib, Volgadan o\u2019tib, Sharqqa tomon cho\u2019zilib ketdan \u201cDashti Qipchoq\u201dda yuzaga kelgan edi. Mazkur bepoyon yerlar \u201cTurkiy dunyosi\u201dning tarkibiy qismi hisoblangan. Bu joylarda turkiy davlatlar tashkil topib, hozirgi O\u2019zbekiston hududi bilan juda yaqin aloqalar o\u2019rnatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>IX-XI asrlarda Dashti Qipchoqdan ikki savdo yo\u2019li bo\u2019lib, biri \u2013 Volga orqali Bulg\u2019ordan O\u2019rta Osiyo, Kavkaz, Eron va Uzoq Sharqa, ikkinchisi \u2013 Dashti Qipchoqdan Qrimga, undan esa Kichik Osiyodagi Trapezund, Konstantinopolga borgan. Ayni bir paytda rus knyazliklariga borilgan. Shuning uchun ham Dashti Qipchoqni egallashni siyosiy jihatdangina emas, balki iqtisodiy nuqtai nazardan ham foydasi beqiyos katta edi. Shuni hisobga olgan holda mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari, Chingizxonning nevarasi, Botu boshchiligida 1236-1239 va 1239-1242 yillarda butun Dashti Qipchoqni va Rus knyazliklarini bosib olib \u201cOltin O\u2019rda\u201d nomida davlatni tashkil etdilar. Bu davlatni tarkibida shimoli-sharqda Bulg\u2019or viloyati, shimolda uning chegarasi rus knyazliklaridan o\u2019tgan, janubda Oltin O\u2019rdaga bir tomondan Qrim va uning dengiz bo\u2019yidagi shaharlari, ikkinchi tomondan Darbandgacha cho\u2019zilib borgan Kavkaz va ba\u2019zan esa Bokugacha kirgan. Shuningdek, shimoliy Xorazm va uning Urganch shahri kirgan, g\u2019arbda Dneprdan boshlangan dashtliklar, sharqda esa g\u2019arbiy Sibir va Sirdaryo etaklarigacha boradigan yerlar kirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Volganing quyi oqimida hozirgi Astraxan yaqinidagi Selitrennov degan Saroy shahri bunyod etilib, Oltin O\u2019rda davlatining poytaxtiga aylantirildi. U Saroy Berka shahri nomida ham yuritildi. Botu merosxo\u2019ru Berkaxon (1257-1266) hozirgi Tsaritsin yaqinida Berka Saroy shahrini qurdirdi. Bu shahar Oltin O\u2019rda hukmdori O\u2019zbekxon davrida (1312-1340) poytaxtga aylantirildi. Oltin O\u2019rda davlatining yuzaga kelishi va unga rus knyazliklarini bo\u2019ysundirilishi Dashti Qipchoqda qadimda davom etib kelayotgan turkistonliklarni faoliyatiga yanada qulay sharoit yaratildi. Shunisi diqqatga sazovorki mo\u2019g\u2019ul hukmdorlari davlatni mustahkamlashda islom dini va turkistonliklarni muhim o\u2019rnini hisobga olgan holda ularga keng yo\u2019l ochib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rda davlatining asoschisi Botu davridayoq islom diniga e\u2019tibor berilib maschit va madrasalar ochilganligi ma\u2019lumdir. Dastlabki vaqtlarda mo\u2019g\u2019ul hukmdorlari islom diniga kirmagan bo\u2019lsada, lekin qanchalik vaqtlarning o\u2019tishi bilan ular shunchalik ko\u2019p islom ta\u2019siriga tortildi. Botuning vorisi bo\u2019lmish Berkaxon mashhur buxorolik shayx al-Baxarziyning boshchiligida islom diniga kirdi. Ayniqsa, yuqorida qayd qilingan O\u2019zbekxon vaqtida Oltin O\u2019rdada islom dini ancha rivoj topdi. Bu ishda Buxoro va Xorazm din peshvolari jonbozlik ko\u2019rsatdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar garchi hukmron doira hisoblansada, lekin ular son jihatdan qipchoqlarga nisbatan ozchilikni tashkil etgan. Shu bois vaqtni o\u2019tishi bilan kelgindi mo\u2019g\u2019ullar islom dinini qabul qilib va turklashib qipchoqlarga singib ketdi. Pirovardida turkiy til davlat tiliga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonliklar Oltin O\u2019rdaning ichki va tashqi savdosida ham salmoqli o\u2019rinni egalladilar. Oltin O\u2019rdada islom dini va turkistonliklarni savdo faoliyatini kuchayishi, uning madaniy hayotiga ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Bunda Saroy Berka va Saroy Botudagi xorazmliklar yashaydigan mahallalarni hissasi katta bo\u2019ldi. Bu yerlarda savdogarlar, hunarmandlar, din va madaniyat namoyandalari yashab mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazmliklarni qurilish va me\u2019morchilikka ham ta\u2019siri salmoqli bo\u2019lgan. Bu to\u2019g\u2019rida olim A.Yakubovskiy shunday yozadi: \u201cBir tomondan Saroy Berka bilan Saroy Botuning va ikkinchi tomondan, Urganchning, garchi koshinkorlik materiallari yuzasidangina bo\u2019lsa ham arxitektura yodgorliklarini taqqoslab o\u2019rganish shuni ko\u2019rsatadiki, xorazmlik ustalar o\u2019zlariga xos bo\u2019lgan rang-barang naqsh bezaklarini jilo berib ishlash xususiyatlarini koshinkorlik mozaykalarida takrorlaganlar. Bu rang-barang naqshin bezaklar Ko\u2019hna Urganchdagi To\u2019rabek xonim maqbarasi kabi ajoyib binoni hozirgacha bezab turibdi. Shu bilan birga xorazmlik ustalar avvalgi ishlarini takrorlab qolmay, balki bu yangi joyda yangi-yangi usullarni ham yaratganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Berkada XIII-XIV asrlarda qurilgan turli tuman binolardagi xilma-xil koshinlar kolleksiyasi bu tipik musulmon sanoati bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Gullarni rasmini to\u2019r-ro\u2019r chiziqlar va bezak harflardan yozilgan arabcha xat bilan birga qo\u2019shib ishlash ko\u2019k, feruza, oq, yashil, sariq sirlarni Urganch uchun juda ham xarakterli bo\u2019lgan qizil rang (ancha buyov) bilan birga qo\u2019shib tasvirlash, bularning hammasi O\u2019rta Osiyo va Eron shaharlarining xalqlari uchun xos bo\u2019lgan arxitektura formalari bilan birgalikda Volga bo\u2019yi shaharlariga ko\u2019chgan.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonliklar to\u2019quvchilik, kulolchilik, sirkor keramika va boshqa hunarlar bilan shug\u2019ullanganlar. Xullas, ular Saroy Botu bilan Saroy Berka singari yirik shaharlarni barpo etilishi va rivojlanishida kuchli bo\u2019lganki, Misr sultoni Oltin O\u2019rda bilan aloqada xorazmliklardan foydalangan. Masalan, Misr sultonining Oltin O\u2019rdadagi Alouddin Oygto\u2019g\u2019di nomli elchisi xorazmlik bo\u2019lgan. O\u2019zbekxon davrida Saroy Berkadagi xorazmliklar mahallasida yashovchi shayx No\u2019moniddin al-Xorazmiy katta obro\u2019ga ega bo\u2019lgan. O\u2019zbekxon bu kishi bilan tez-tez suhbatda bo\u2019lgan. Bu shayx asli Urganchli bo\u2019lib, mantiq, falsafa va til ilmini yaxshi bilardi. Xorazmliklar orasida Oltin O\u2019rdaga qarashli joylarda yirik mansabdorlar ham bo\u2019lgan. Jumladan, XIV asrning 30-yillarida Muhammadxo\u2019ja al-Xorazmiy Azov degan viloyatning (Azoqtana) amiri bo\u2019lgan. \u201cOltin O\u2019rdaning adabiy tili va adabiyotini yaratishda ham, &#8212; deb yozgan A.Yu.Yakubovskiy, &#8212; Xorazm katta rol o\u2019ynagan. Oltin O\u2019rdada chiqqan bir necha badiiy asarlarning tili Xorazm va Sirdaryoning quyi oqimidagi shaharlar, ya\u2019ni Oq O\u2019rda yerlari til elementlari bilan bevosita bog\u2019lanish bo\u2019lganini ko\u2019rsatadi. Har ikkala o\u2019lka (Xorazm va Sirdaryoning quyi oqimidagi shaharlar) Oltin O\u2019rdaning so\u2019zlashuv tiligagina emas, balki maydonga kelayotgan Oltin O\u2019rda yozuviga ayniqsa, uning badiiy adabiyotiga ham doimo ta\u2019sir ko\u2019rsatib kelgan. Volga bo\u2019yi shaharlarida xususan ikkala Saroyda bu sohada ancha ish olib borilgan.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Shubhasiz Xorazm mahallasida xorazmliklargina emas, balki buxoroliklar, samarqandliklar, toshkentliklar va farg\u2019onaliklar ham bo\u2019lgan. Biroq xorazmliklar ko\u2019pchilikni tashkil etganliklari tufayli mahallalar ular nomida yuritilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rda vaqtida turkistonliklar bilan rus knyazliklari o\u2019rtasidagi aloqa ancha jonlangan. XIV asrni birinchi yarmida Nijniy Novgorodda ko\u2019p sonli Xorazm va Buxoro savdogarlari bo\u2019lganligi to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumotlar mavjud. Shuni ko\u2019rsatib o\u2019tish lozimki, Oltin O\u2019rda poytaxti \u2013 Saroyda ruslarning ham turar joylari bo\u2019lgan. Shuning uchun 1261 yilda Saroyda maxsus pravoslav eparxiyasi tashkil qilingan bo\u2019lib, bu eparxiyaga saroydan tashqari Peryaslav Kiyevskiy shahri ham kirgan. Bu holat Saroyda yashovchi turkistonliklar bilan ruslar o\u2019rtasida yaqindan aloqa o\u2019rnatishga olib kelgan. Turkistonliklar Oltin O\u2019rdani rus knyazliklaridan olinadigan soliqlarning yalpisiga sotib olganlar. Shubhasiz, ular rus yerlarida soliqlarni undirish bilan bir qatorda savdo-sotiq bilan ham shug\u2019ullanganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra rus hunarmandlari Urganchga kelib o\u2019rnashgan vaqtlarda bo\u2019lgan. Ko\u2019p rus knyazliklari \u201cyorliq olish uchun faqat Oltin O\u2019rdaning poytaxti \u2013 Saroyga emas, balki Mo\u2019g\u2019ulistonga buyuk xon qarorgohiga Turkiston orqali borardilar.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni aytib o\u2019tish lozimki dastlabki vaqtlarda Oltin O\u2019rda hukmdorlari rus knyazliklarida o\u2019z vakillarini (bosqoqlarni) tayinlab ish yuritgan bo\u2019lsalar keyinchalik soliq va o\u2019lponlarni to\u2019plash va topshirish rus knyazliklarini zimmasiga yuklandi. Ular rus knyazliklarini ichki ishlariga deyarlik aralashmadi. Natijada rus knyazliklari o\u2019rtasida yakkahokimlik uchun kurashlar davom eta berdi. Ayni bir paytda Shver, Nemis ritsarlari va Litva knyazliklari bilan urush olib borilaverdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus knyazliklaridan soliq olish bilan chegaralanib ularni iqtisodiy va siyosiy jihatdan qattiq nazorat ostiga olmaslik ularni pirovardida qaddini rostlash va kuchayib borishiga zamin hozirlaydi. Bunda Oltin O\u2019rda hukmdorlarining taxt uchun olib borgan dahshatli urushlari ham ruslarga juda qo\u2019l keldi. Bu borada Amir Temurni Oltin O\u2019rdaga qarshi harbiy yurishlarda rus knyazliklariga mustaqillikka erishishida katta imkoniyatlarni tug\u2019dirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oltin O\u2019rda davlati Rus knyazliklari bilan Turkiston zamini o\u2019rtasidagi bamisoli ko\u2019prik hisoblangan. Turkiy dunyosining tarkibiy qismi hisoblangan bu ulkan yerlar Rossiya tomonidan bosib olingandan keyingi uni hozirgi O\u2019zbekistonga bostirib kirish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oltin-orda-va-rus-davlati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-3221","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3221","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3221"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3221\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3454,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3221\/revisions\/3454"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3221"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3221"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3221"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}