{"id":3229,"date":"2021-10-09T08:12:36","date_gmt":"2021-10-09T05:12:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3229"},"modified":"2021-10-09T08:12:38","modified_gmt":"2021-10-09T05:12:38","slug":"reminissentsiya-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/reminissentsiya-nima\/","title":{"rendered":"Reminissentsiya nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Asar muallifi o&#8217;z o&#8217;quvchilari bilan olib boradigan o&#8217;ziga xos o&#8217;yin reminissentsiya deb ataladi. Ko&#8217;pincha qandaydir kitobni o&#8217;qiyotganingizda o&#8217;qigan narsangiz xuddi muzeyda ko&#8217;p marta tomosha qilingan mashhur kartinaning chop etilgan nusxasi ko&#8217;zingizga issiq ko&#8217;ringani singari allaqachonlardan biri tanishdek tuyulaveradi. Bunday adabiy usul esa reminissentsiya deb ataladi. U muallif tomonidan begona timsollarni ongli ravishda yoki yashirin tarzda jonlantirishda, alohida yoki esda qoladigan tasvirlarni takrorlashda mujassamlashgan. Yozuvchi begona matndan o&#8217;z asari uchun qurilish materiali sifatida foydalanadi. Shunday savol berilishi tabiiy \u2014 bu nima uchun qilinadi? Aksariyat hollarda reminissentsiya yordamida muallifning tasvirlanayotganga kinoyaomuz munosabati ifodalanadi. Masalan, I. Ilf va E. Petrovning &#171;o&#8217;n ikki stul&#187; romanida Ostap Benderning nutqiga N. V. Gogolning asarlaridan yashirin iqtiboslar aynan shu maqsadda kiritilgan. Ba&#8217;zan muallif tasvirlanayotganning real emasligini va hatto g&#8217;ayritabiiyligini yorqinroq tasdiqlash uchun reminissentsiyaga murojaat qiladi. Masalan, M. Bulgakovning &#171;Usta va Margarita&#187; romanidan mashhur satrlarni eslang-chi: &#171;bahaybat siyohdon turgan ulkan yozuv stolining ortida bo&#8217;m-bo&#8217;sh kostyum o&#8217;ltirar va siyohga botirilmagan qup-quruq pero bilan qog&#8217;ozda nimalarnidir qoralar edi. Kostyum galstuk taqqan, kostyumning cho&#8217;ntagidan o&#8217;ziyozar peroning uchi chiqib turardi, xuddi manjetdan qo&#8217;llarning barmoqlari ko&#8217;rinib turmagani singari ichyoqa ustida bo&#8217;yin ham, kalla ham yo&#8217;q edi&#187;. Ko&#8217;z o&#8217;ngimizda M. E. Saltikov Gtsedrinning &#171;Bir shahar tarixi&#187; qissasidan olingan yashirin iqtibos. O&#8217;z navbatida M. Bulgakovning romani V. Katayevning &#171;Muqaddas quduq&#187; degan esdaliklarida reminissentsiya qurish uchun poydevorga aylandi. Tushlarida namoyon bo&#8217;ladigan timsollarni yaratar ekan, yozuvchi so&#8217;zlovchi mushuk timsolidan foydalangan, u esa xuddi siz bilganingizdek, M. Bulgakov romaninig asotiriy qahramonlaridan biri sanaladi. Ko&#8217;pincha reminissentsiya personajni alo matli qilish uchun ishlatiladi. Binobarin, o&#8217;z qahramoniga Bezo&#8217;xov familiyasini bergan L. Tolstoy go&#8217;yo kitobxonga uning prototipi \u2014 graf Bezborodkoni eslatgan bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zida reminissentsiya, agar shunday ta&#8217;birlash mumkin bo&#8217;lsa, yuzada qalqib turadi, hatto iqtibos yoki timsol olingan muallif ko&#8217;rsatiladi. Muayyan muallif g&#8217;oyasining umumlashmasi sifatida amal qiluvchi epigraflarni ham shunga o&#8217;xshash reminissentsiyalar bilan bir safda ko&#8217;rib chiqish kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Asar muallifi o&#8217;z o&#8217;quvchilari bilan olib boradigan o&#8217;ziga xos o&#8217;yin reminissentsiya deb ataladi. Ko&#8217;pincha qandaydir kitobni o&#8217;qiyotganingizda o&#8217;qigan narsangiz xuddi muzeyda ko&#8217;p marta tomosha qilingan mashhur kartinaning chop etilgan nusxasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/reminissentsiya-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3229","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3229","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3229"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3229\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3230,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3229\/revisions\/3230"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3229"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3229"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3229"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}