{"id":3231,"date":"2021-10-09T08:13:47","date_gmt":"2021-10-09T05:13:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3231"},"modified":"2021-10-09T08:13:48","modified_gmt":"2021-10-09T05:13:48","slug":"allyuziya-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/allyuziya-nima\/","title":{"rendered":"Allyuziya nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Siz, albatta, I. A. Krilovning &#171;Bo&#8217;ri itxonada&#187; masalini o&#8217;qigansiz. Unda bo&#8217;ri qo&#8217;yni o&#8217;g&#8217;irlashga ahd bog&#8217;lagani haqida hikoya qilinadi. Ammo odatda adib, bo&#8217;ri va bo&#8217;ribosar timsollarida go&#8217;yo Napoleon va Kutuzov munosabatlarini pardalagandek, 1812 yildagi urush voqealarini shartli tarzda ifodalagan, deb hisoblash odat bo&#8217;lgan. Muayyan tarixiy yoki siyosiy voqealarga nisbatan bunday kinoya allyuziya deb ham ataladi (lotincha allusio \u2014 kinoya, hazil). O&#8217;quvchida birdaniga timsolni o&#8217;zi istaganidek idrok etish imkoniyati vujudga kelishi uchun adib bo&#8217;ribosar tilidan quyidagi so&#8217;zlarni to&#8217;kib soladi: &#171;Sen g&#8217;o&#8217;rsan, men esa, Jo&#8217;ravoy, oq bosh&#187;. Shu asnoda 1812 yildagi urush pallasida Napoleonning sulh to&#8217;g&#8217;risidagi taklifiga Kutuzovning bergan javobiga ishora qiladi. Ba&#8217;zan allyuziya asosida hatto asarning timsollar tizimi yaratiladi. Masalan, O. Forsh &#171;Tentak kema&#187; degan esdaliklariga real shaxslarni \u2014 tanlab olinishi muallif shuurida paydo bo&#8217;ladigan umumlashmalarga tayanadigan, asl familiyalari taxalluslar pardasiga yashirilgan hamma yaxshi taniydigan yozuvchilarni kiritadi. Taxallus har bir timsolga yanada umumlashtirilgan, ba&#8217;zida hatto ramziy jarangdorlikni ifodalashda adibaga yordam beradi. Adiba o&#8217;quvchini unga kerakli allyuziyaga qator detallar kiritishi yordamida atayin yetaklab boradi. Yozuvchilar ba&#8217;zida kitobxonga yordam berish, uning idrokini kerakli yo&#8217;sinda peshlash maqsadida detallar yordamida hikoya qilishni konkretlashtiradi. Masalan, A. Tolstoyning &#171;ulug&#8217; Pyotr&#187; tarixiy romaniga 1941 yil oxirlaridagi Moskva tasvirini kiritadi. O&#8217;z asarini XVIII asr voqealariga bag&#8217;ishlagan yozuvchi bir vaqtning o&#8217;zida unga zamondosh davr odamlari kayfiyatlarini ham aks ettiradi. Ammo aksariyat hollarda yozuvchi, xususan, agar yaxshi ma&#8217;lum bo&#8217;lgan timsol yoki voqea haqida so&#8217;z ketayotgan bo&#8217;lsa, yakuniy xulosani kitobxon ixtiyorida qoldirgancha detallar silsilasini atayin bo&#8217;shashtirib yuboradi. Chunonchi Pushkin &#171;Yevgeniy Onegin&#187; sahifalarida: &#171;&#8230;lek ziyonli men uchun shimol&#187; satrini bilmasdan yozvorgandek bo&#8217;ladida, aslida esa o&#8217;zining janubga surgun qilinishiga ishora qiladi. Bunda allyuziya nafaqat uslubiy tariqa, qolaversa shoirga o&#8217;z tarjimai holining ayrim faktlari haqida bildirishga yordam beradigan vosita hamdir. Tadqiqotchilar &#171;Yevgeniy Onegin&#187; ning VII bobida keltirilgan Tatyana yashaydigan manzil\u2014&#187;Xaritonda, muyulishda&#187; shoirning o&#8217;zi bolaligida Moskvada yashagan manzildan boshqa narsa emasligini aniqlashgan. Tarixiy romanlar va qissalar mualliflari allyuziyalardan ko&#8217;p foydalanishadi. Mualliflar ular ko&#8217;magidan uzoq o&#8217;tmish voqealari bilan bog&#8217;liq syujetlar kitobxon ko&#8217;z o&#8217;ngida xuddi zamonaviydek ko&#8217;rinishi uchun istifoda etadilar. Chunonchi, R. Jovanoli 1874 yilda mashhur bo&#8217;lib ketgan &#171;Spartak&#187; romanini e&#8217;lon qildiradi. Garchi u uzoq o&#8217;tmish voqealariga bag&#8217;ishlangan bo&#8217;lsa-da, kitobxonlar uni o&#8217;sha kezlarda D. Garibaldi maslakdoshlari olib borayotgan Italiya ozodligi uchun urushni qo&#8217;llab-quvvatlashga da&#8217;vat sifatida idrok etdilar. Ayrim asarlarning nafaqat timsollari, qolaversa syujeti ham allyuziyalardan foydalanish asosiga qurilgan bo&#8217;ladi. Masalan, B. Pilyakning &#171;So&#8217;nmagan oy qissalari&#187; (1926) da birorta ham familiya tilga olinmaydi, ammo muallif keltirgan detallar kitobxonga ishtirok etayotgan shaxslarning haqiqiy ismini oson topishga imkoniyat yaratadi. Allyuziyalar memuar (xotira) asarlarda ham juda keng tarqalgan. Yozuvchilar boshdan o&#8217;tkazgan voqealar haqida yanada erkinroq hikoya qilish maqsadida unga murojaat etishadi. Masalan, V. Katayevning &#171;Mening olmos gultojim&#187; degan xotiralarida yigirmanchi yillar voqeligi o&#8217;ziga xos tarzda &#171;maxfiylashtirilgan&#187;. Ammo diqqatli o&#8217;quvchi muallif nimalar haqida hikoya qilayotganini va kimlar asar qahramonlari ekanligi oson ilg&#8217;ab oladi. Allyuziya \u2014 ana shunaqa serqirra usul!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siz, albatta, I. A. Krilovning &#171;Bo&#8217;ri itxonada&#187; masalini o&#8217;qigansiz. Unda bo&#8217;ri qo&#8217;yni o&#8217;g&#8217;irlashga ahd bog&#8217;lagani haqida hikoya qilinadi. Ammo odatda adib, bo&#8217;ri va bo&#8217;ribosar timsollarida go&#8217;yo Napoleon va Kutuzov munosabatlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/allyuziya-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3231","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3231","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3231"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3231\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3232,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3231\/revisions\/3232"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3231"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3231"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3231"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}