{"id":32346,"date":"2022-10-25T17:32:12","date_gmt":"2022-10-25T14:32:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32346"},"modified":"2022-10-25T17:32:14","modified_gmt":"2022-10-25T14:32:14","slug":"gijduvon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gijduvon-tumani\/","title":{"rendered":"G&#8217;IJDUVON TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;IJDUVON TUMANI \u2013 Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoliy-sharqiy chekkasida joylashgan. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1935 \u2014 38 yillarda Akmal Ikromov tumani nomi bilan yuritilgan. Shimoliy. Sharq va Janubiy- sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmapa. Janubdan Vobkent, g&#8217;arbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,94 ming kilometr;. Aholisi 239 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (G&#8217;ijduvon). 1 shaharcha (Zafarobod), 14 qishloq fuqarolari yig\u2019ini (Armechan. Buk-taroy. G&#8217;ovshun, Zarangari. Ko&#8217;kcha. Poza1ari. Rayonobod, Soktari. Sarvari. Sarmijon, Ulfatbibi. Fayzul.ta Yupusov. Firishkent. Qoraxoni) bor. Markazi \u2014 G&#8217;ijduvon shahri. Tabiati. Tuman hududinnng yer yuzasi g&#8217;arbga pasayib boruvchi tekislikdan iborat. Shimoliy katta qismini Qizilkum cho&#8217;li egallagan. Shim va shimoli-sharqida Qoratog &#8216;tizmasinmng g&#8217;arbiy chekkalari joylashgan. Sho&#8217;r-ko&#8217;l suv ombori atrofi to&#8217;lqinsimon plato qirlardan, Zafarobod shaharchasi chekkalari emirilgan past tog&#8217;lardan iborat. Eng balanl joilari 485-505 metr (Ko&#8217;kcha tog\u2019ida). G&#8217;ijduvon shahri atrofida balandligi 240-248 metr. G&#8217;ijduvon tumanining shimoliy-g&#8217;arbiy qismida joylashgan Oyoqog&#8217;itma berk botig&#8217;ining nisbiy chuqurligi 133 metr bo&#8217;lib, uning Markaziy qismi tashlama suvlardan hosil bo&#8217;lgan Oyoqog&#8217;itma ko&#8217;lidan iborat. Iqlimi subtropik belgilarga ega bo&#8217;lgan keskin kontinental cho&#8217;l iqlimi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0\u00b0, \u2014 g, iyulniki 26-28\u00b0. Eng past temperatura -25\u00b0 (1969, 1984), eng yuqori temperatura 45\u00b0 (qumliklardagi ochiq joylarda 60-70\u00b0). Yiliga 130-150 millimetr yog&#8217;in tushadi (asosan, qish va bahor oylarida yog&#8217;adi). Yozi quruq va uzoq davom etadi. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Tuman Zarafshon daryosidan chiqarilgan Sultonobod, Jilvon, qalqonrud, Pirmast ariqlari, Amu-Buxoro mashina kanali sistemasidagi tarmoqlar orqali suv bilan ta&#8217;minlanadi. Sho&#8217;rko&#8217;l kanali o&#8217;tkazilishi tufayli Qutchi, Jilvon mavzelarida yangi yerlar o&#8217;zlashtirildi. Tuprog&#8217;i sug&#8217;oriladigan yerlarda o&#8217;tloqi-voha va taqirli voha tuproqlar. Cho&#8217;l zonasida esa sur-qo&#8217;ng&#8217;ir, cho&#8217;lqumli, taqirsimon sho&#8217;rxok tuproqlar tarqalgan. Orasida taqir tuproqlar va taqirlar ham uchraydi. O&#8217;simlik va hayvonot dunyosi voha va cho&#8217;l zonasiga xos. Cho&#8217;lda Iloq, arpagon, yaltirbosh, cherkez, karrak, oqpechak, shuvoq, selin, sassikkovrak, achchiq-miya, sho&#8217;ra, partak, singren, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, donasho&#8217;r, oq jangal, yulg&#8217;un, Qandim, qora saksovul; suvga yaqin yerlarda qamish, qo&#8217;g&#8217;a, bo&#8217;yra qamish (eriantus), yulg&#8217;un ko&#8217;p. Yovvoyi hayvonlardan jayran, qarsoq tulki, chiyabo&#8217;ri, tolay quyoni; yumronqoziq va boshqalar; sudralib yuruvchilardan bo&#8217;g&#8217;ma ilon, ko&#8217;lbor ilon (gyurza), echkemar, kaltakesak, Agama, toshbaqa, dasht tipratikani; qushlardan qora kaptar, tuvaloq, kaklik, Zarafshon qirg&#8217;ovuli, burgut, qora bovur, oq bovur, bizg&#8217;aldoq uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, Ukrain, tatar, boshqird, turkman, arman, Ozarbayjon, Belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Ahrlining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 60,8 kishi. Shahar aholisi 43,6 ming kishi, qishloq aholisi 195,4 ming kishi (2005). Xo&#8217;jaligi. Tumanda paxta tozalash, pivo va yaxna ichimliklar, meva-sabzavot konserva zavodlari, &#171;Buxoroteks&#187; to&#8217;qimachilik korxonasi, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, MTP, gilam to&#8217;qish, poyabzal fabrikalari, milliy kulolchilik, qandolatpazlik, non tsexlari, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari mavjud. Tumanda hunarmandchilik (beshiksozlik, kulolchilik, temirchilik, kashtachilik, zargarlik, kulchapazlik, holvapazlik va boshqalar) qadimdan rivojlangan. Qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik va g&#8217;allachilik asosiy o\u2019rin tutadi, chorvachilik, sabzavotchilik tarmoqdari ham muhimdir. Sug&#8217;oriladigan 22,1 ming gektar yerning 10,8 ming gektariga paxta, 7,2 ming gektariga don, 3,1 ming gektariga yem-xashak ekinlari, shuningdek, kartoshka, sabzavot ham ekiladi. G&#8217;ijduvon o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi (maydoni 28,5 ming gektar) tashkil qilingan (1980 yildan). U G&#8217;ijduvon, Mingchinor, Sho&#8217;rko&#8217;l, O&#8217;rtacho&#8217;l bo&#8217;limlaridan iborat: 2,2 ming gektari o&#8217;rmonzor, 27 gektari mevali bog&#8217;, Bodomzor, 12 gektari tokzor, 41 gektari plantatsiya. Qolgan yerlari \u2014 yaylov. Shirkat, dehqon, fermer xo&#8217;jaliklari bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 2,2 ming qoramol (shu jumladan, 741 sigir), 3,5 mingdan ziyod qo&#8217;y va echki, 13,6 ming parranda boqiladi (2004). G&#8217;ijduvon tumanida 66 umumiy ta&#8217;lim maktabi, litsey, 5 kasb-hunar kolleji va o&#8217;quv muassasalari faoliyat ko\u2019rsatadi. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning 55 ta tarmog&#8217;i (345,4 ming nusxa asar), 21 klub muassasasi, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, muzeylar bor. 35 sport inshooti (shu jumladan, 5 stadion, 2 sport saroyi, tennis korti, sport zallari sport maydonchalari va boshqalar) mavjud. 3 kasalxona, 2 poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, 4 hududiy poliklinika, qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 50 qishloq vrachlik punkti, 15 feldsher-akusherlik punkti, 2 dispanser, ayollar konsultatsiyasi, dorixonalar, 2 sog&#8217;lomlashtirish maskani aholiga xizmat ko\u2019rsatadi. Toshkent\u2014Buxoro\u2014Turkmanobod xalqaro avtomobil yo&#8217;li, Buxoro\u2014 Toshkent temir yo\u2019l tuman hududidan o&#8217;tgan. Tuman markazidan Buxoro va viloyatning boshqa shaharlariga avtobuslar qatnaydi. G&#8217;ijduvon tumanida Abduxoliq G&#8217;ijduvoniy masjidi va maqbarasi (12-asr), Ulug&#8217;bek madrasasi (1432-33), Toshmasjid va Dehqonobod xonaqosi (15-16-asrlar), Xoja Soktari masjidi (17-asr), Chorsu masjidi va boshqa qadimiy me&#8217;moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. 1931 yildan &#171;G&#8217;ijduvon hayoti&#187; gazetasi chop etiladi. Isroil Nazarov, Xudoynazar Toshev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;IJDUVON TUMANI \u2013 Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoliy-sharqiy chekkasida joylashgan. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1935 \u2014 38 yillarda Akmal Ikromov tumani nomi bilan yuritilgan. Shimoliy. Sharq va Janubiy- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gijduvon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-32346","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32346","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32346"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32346\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32347,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32346\/revisions\/32347"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32346"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32346"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32346"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}