{"id":32348,"date":"2022-10-25T17:36:39","date_gmt":"2022-10-25T14:36:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32348"},"modified":"2022-10-25T17:36:41","modified_gmt":"2022-10-25T14:36:41","slug":"gijjak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gijjak\/","title":{"rendered":"G&#8217;IJJAK"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;IJJAK \u2014 torlikamonli musiqa cholg&#8217;usi. O&#8217;zbek, tojik, uyg&#8217;ur, qoraqalpoq, turkmanlarda hamda kamon. kemancha nomi bilan Ozarbayjon, arman, gruzin, Eron, turk va boshqalar. Sharq xalqlarida keng tarqalgan. O&#8217;rta asr musiqa risolalarida bayon etilgan rivoyatlarga ko&#8217;ra uni (G&#8217;ipchak nomi bilan) Forobiy yaratgan, Ibn Sino dastlabki 2 torini kvartaga soxtagan, Qulmuhammad Udiy esa G&#8217;ijjakka 3- torni qo&#8217;shgan. Ungacha 2 simli G&#8217;ijjakda ipakdan eshilgan yoki simli aks-sado beruvchi torlar soni 8-11 tagacha bo&#8217;lgan. G&#8217;ijjakning yumaloq cho&#8217;michsimon kosasi oldin qovoq, kokos yong&#8217;og&#8217;idan, hozirda yog&#8217;och (tut, yong&#8217;oq) g&#8217;o&#8217;lachasidan o&#8217;yib yasaladi va kosasi og&#8217;ziga teri yoki pufak tortiladi. Pardasiz dastasining bir uchiga quloqlar o&#8217;rnatiladi, bir uchi esa kosaxona ustiga joylashadi. Dasta bilan kosaxonaning umumiy uzunligi 550-900 millimetr atrofida. Hozirda G&#8217;ijjakning torlar soni 3-4 bo&#8217;lib, kvarta-kvintaga sozlanadi. Ular dastaning yuqori qismida joylashgan shayton xarak va kosaxona ustidagi xarakka yotqiziladi. Umumiy diapazoni 4 oktavadan ortiq. G&#8217;ijjakning inson ovoziga yaqin, nozik va dardli tovushi, qochirimlarga boy, xonaqoiy ijro uslubi tufayli milliy mumtoz musiqa ansambllarida asosiy o&#8217;rin tutadi. Navoiyning &#171;Majolis un-nafois&#187; asarida aytilishicha, G&#8217;ijjakni chala bilish barcha saroy sozan dalari uchun shart bo&#8217;lgan. O&#8217;rta asrda Alijon G&#8217;ijjakiy, Xo&#8217;ja O&#8217;zbek G&#8217;ijjakiy kabi san&#8217;atkorlar mashhur bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekistonda G&#8217;ijjak Ijrochiligining o&#8217;ziga xos uslublari, asosan, Andijon, Buxoro va Xorazm an&#8217;anaviy maktablari orqali namoyon bo&#8217;lgan. Farg&#8217;ona vodiysi hofizlik san&#8217;ati hamda surnay ijrochilik an&#8217;analari ta&#8217;sirida shakllangan Andijon maktabi (T.Jalilov, G&#8217;.Hojikulov, E.Ro&#8217;ziboev, Yu.Yusupov va boshqalar) mayda urg&#8217;u (aktsent)lar, kuy tuzilmalarini uzmasdan chalish yo&#8217;llari, surnayga xos qochirimlar singdirilganligi bilan ajralib turadi. K. Jabborov, G&#8217;.Toshmatov, M.Niyozov, M.Muhammedov ijrosida &#171;surnay irog&#8217;i&#187;, &#171;o&#8217;yin Munojoti&#187;, &#171;Dugohi Husayniy&#187; hamda &#171;Kezarman&#187; (G&#8217;.Toshmatov), &#171;gul mavsumi&#187; rov) kabi G&#8217;ijjak kuylari mashhur. Mahalliy musiqa an&#8217;analari (ayniqsa, Shashmaqom yo&#8217;llari) negizida qaror topgan Buxoro maktabiga G&#8217;ijjakning huddi titrayotgan kamonni yurg&#8217;izib sadolanishi, har bir pardani o&#8217;zida to&#8217;lqinlatib (tebranish) tezlashishi xos. Buxoro G&#8217;ijjakchilik maktabi namoyandalaridan Haydarqul Qorovulbegi (Buxoro amirlari saroylarida xizmat qilgan), 20-asrda Aminjon Ismatov, Samo Vohidov, Hikmat Ne&#8217;matov, O&#8217;lmas Rasulovpar ijrosida &#171;surnay irog&#8217;i&#187;, &#171;Bahri tavil&#187;, &#171;kamon Ufari&#187;, &#171;Zulayho&#187;, &#171;noz&#187; (O&#8217;.Rasulov) kabi namunalari ommalashgan. Xorazm maktabi ijro uslubi shiddat, kamonni urgu bilan tortish, ayni paytda yumshoq to&#8217;lqinlatish bilan ajralib turadi. Mazkur maktab vakillaridan Patak-g&#8217;ijjakchi (mashhur Suyav-baxshi dastasida faoliyat ko&#8217;rsatgan, 19-asr), Abdulla Mijana, Matyoqub Xarratov, Ollanazar Hasanov, Hasanboy Ataevlar talqinida Xorazm maqomligining cholg&#8217;u yo&#8217;llari, surnay yo&#8217;llari, shuningdek, &#171;Aliqambar&#187;, &#171;Qalabandi&#187;, &#171;xarrotiy&#187; (M.Xarra-tov), &#171;gech polvon&#187; singari kuylar mashhur. G&#8217;ijjak yakkanavoz cholg&#8217;u, ayni paytda jo&#8217;rnavoz soz sifatida ham keng qo&#8217;llanilmoqda. Turkman, qoraqalpoq, Xorazm baxshilari (masalan, R.Murodov), Andijonda T.Jalilov, G&#8217;.Hojiqulov, S.To&#8217;xtasinovlar o&#8217;ziga xos jo&#8217;rnavozlik yo&#8217;llarini yaratishgan, 1970 yillardan boshlab G&#8217;ijjakni yakkanavoz va milliy cholg&#8217;u ansambli tarkibida alohida ko&#8217;rsatish, unda o&#8217;ziga xos kuy tuzilmalarini badiha tarzida chalish usullari Abduhoshim Ismoilov, A.Dadayev va boshqalar ijrosida ommalashgan. zamonaviy texnika vositalari (piisikato, qisqa cho&#8217;zimli tovushlarni ishlatish yo&#8217;llari) keng kirib kelib. polifoniya va polimonodiya xususiyatlaridan foydalanilmoqda. G&#8217;ijjakning kosaxonasi ustidagi teri sovuq, nam sharoitida cho&#8217;kib ketishi, ingichka simlarining ovozi noqisligi tufayli O&#8217;zbekiston (ayniqsa. Andijon) da 19-asr oxiridan G&#8217;ijjak o&#8217;rniga an&#8217;anaviy ansambllar tarkibida skripka ishlatila boshladi. 1940-yillarda G&#8217;ijjakning o&#8217;zbek xalq cholg&#8217;ulari orkestrida ishlatiladigan Alt, bas va kontrabas turlari yaratilgan. Mazkur orkestrlar tarkibida G&#8217;ijjakchilar guruhi xuddi simfonik orkestrdagi kamonli sozlar guruhi (skripka, Alt, violonchel, kontrabas) kabi yetakchilik qiladi. Hozir xalq cholg&#8217;u orkestrida G&#8217;ijjak.\u2014bas o&#8217;rniga qo&#8217;biz-bas (yoki violonchel), G&#8217;ijjak\u2014kontrabas o&#8217;rniga \u2014 kontrabasning o&#8217;zi ishlatiladi. Ad.: Karomatov F., Uzbekskaya instrumentalnaya muzmka. T., 1972: Vmzgo T., Muzmkalnme instrument! Sredney Azii, M., 1980; to sh Muha me dov M., G&#8217;ijjak darsligi, T, 2005. O&#8217;lmas Rasulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;IJJAK \u2014 torlikamonli musiqa cholg&#8217;usi. O&#8217;zbek, tojik, uyg&#8217;ur, qoraqalpoq, turkmanlarda hamda kamon. kemancha nomi bilan Ozarbayjon, arman, gruzin, Eron, turk va boshqalar. Sharq xalqlarida keng tarqalgan. O&#8217;rta asr musiqa risolalarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gijjak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-32348","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32348","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32348"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32348\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32349,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32348\/revisions\/32349"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32348"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32348"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32348"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}