{"id":32358,"date":"2022-10-25T17:55:08","date_gmt":"2022-10-25T14:55:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32358"},"modified":"2022-10-25T17:55:10","modified_gmt":"2022-10-25T14:55:10","slug":"goya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/goya\/","title":{"rendered":"G&#8217;OYA"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;OYA \u2014 inson tafakkurida vujudga keladigan jamiyat va olamlarni maqsal sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o&#8217;zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo&#8217;llari va vositalari mujassam bo&#8217;lali. Fatsafa tarixida G&#8217;oya turli ma&#8217;nolarda qo&#8217;llangan. Demokrit atomlarni. Pktyun moddiy bo&#8217;lmagan, konkret karsa va hodisalardan tashqarida bo&#8217;lgan ideat mohiyatni G&#8217;oya deb hisoblagan. Forobiy &#171;Fozil jamiyat&#187;, Navoiy &#171;adolatli jamiyat&#187; G&#8217;oyalarini ilgari surganlar. 17 -18-asrlarda G&#8217;oya tushunchasi bilish pazariyasi bilan bog&#8217;lab izohlangan. Shu asosda G&#8217;oyalarning kelib chiqishi, bilishning gurli darajalari. shakllari bilan atoqasi umuman bilish jarayonida tutgan o&#8217;rni masalalari tahlil qilingan. Yangi davrda <a href=\"file:\/\/.Kant\">Kant<\/a> G&#8217;oyalarni AQT tushunchalari sifashda asoslashga harakat qilgan. Fixte fikricha, G&#8217;oya &#171;men&#187; ning maqsadidan iborat. Gegel falsafasida G&#8217;oya taraqqiyot jarayonini o&#8217;zila to&#8217;la gavdalantiradigan mohiyat sifatida talqin etilgan. Tajriba natijalari G&#8217;oyada umumlashadi va shu ma&#8217;nola bilim shakliga aylanadi. G&#8217;oya narsa va hodisalarning faqat mavjud xususiyatlarini emas, balki ularning rivojlanish tendentsiyalarini, kelajak holatlarini ham ifoda etali. Bu nuqtai nazardan qaraganda, G&#8217;oya amaliyotga joriy qilsa bo&#8217;ladigan bilimdan iborat. Demak. G&#8217;oya bilish va amaliy faoliyat o&#8217;rtasida faol bog&#8217;lovchi hisoblanadi va u barcha yangi narsalarni yaratishning asosidir. Fanda esa G&#8217;oya mavjud bilimlarni sintez qilish, umumlashtirish va qat&#8217;iy tartibga solish vositasi bo&#8217;lib xizmat qiladi. Bu, avvalo, har qanday taxminlar, tamoyillar va tasavvurlarni birlashtirib, yaxlit tizim holiga keltiradi va kashf etilayotgan qonunlar, ilmiy nazariyalarning o&#8217;zagini tashkil etadi. G&#8217;oya falsafiy tafakkur doirasida xilma-xil ma&#8217;nolarda talqin etilgan tushunchalardan biridir. Bugungi kunda falsafiy tafakkur erishgan natijalarga tayanib, G&#8217;oyaning mohiyati, gnoseologik maqomi to&#8217;g&#8217;risida muayyan umumiy xulosalarga kelingan. Ilmiy fakt, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish, ilmiy bilishning o&#8217;ziga xos shakli, yangi bilim va paradigma (sistema) sifatida chiqadigan G&#8217;oyada voqelik bundan keyin qay yo&#8217;nalishda o&#8217;rganilishi zarurligi haqidagi ko&#8217;rsatma, maqsad botiniy tarzda mujassamlashgan bo&#8217;ladi va shu tufayli u ulkan yo&#8217;naltiruvchilik rolini o&#8217;taydi. Ilmiy G&#8217;oyaga xos bo&#8217;lgan xususiyatlar qarab chiqilganda G&#8217;oyaning tarixiy taraqqiyotdagi o&#8217;rni yanada oydinlashadi. Har qanday G&#8217;oya kabi ilmiy G&#8217;oya ham ulkan yo&#8217;naltiruvchilik rolini o&#8217;taydi. Masalan, atomlarning mavjudligi haqidagi G&#8217;oya asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topish, xususiyatlarini tadqiq etish, dunyoning tuzilishidagi o&#8217;rnini aniqlashga yo&#8217;naltirib keldi. Natijada atom kashf qilindi. Bu kashfiyot olamning tuzilishi to&#8217;g&#8217;risidagi tasavvurlarning butunlay o&#8217;zgarishiga olib keldi. Ammo ilm-fan taraqqiyotida salbiy iz qoldirgan g&#8217;ayriilmiy G&#8217;oyalar ham bo&#8217;lgan. Masalan, o&#8217;z davrida kibernetika va genetikaning &#171;soxta fan&#187;ligini asoslashga qaratilgan G&#8217;oyaning ustuvor bo&#8217;lgani bu fanlar rivojini bir necha yilga orqaga surib yubordi. Ilmiy G&#8217;oyalar taraqqiyot omiliga aylanishi uchun ma&#8217;lum shart-sharoit bo&#8217;lishi kerak, ya&#8217;ni jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo&#8217;lishi hamda uni tekshirib ko&#8217;rish, tasdiqlash yoki inkor etish imkoniyati \u2014 qurollar, vositalar. moliyaviy resurslarga ega bo&#8217;lishi lozim. Aks holda u ma&#8217;lum madaniy-ma&#8217;rifiy hodisa sifatida qolib ketadi. G&#8217;oyaning voqelikka mos kelishi muhimdir. Ijtimoiy G&#8217;oya ilmiy G&#8217;oyadan farq qilib, odamlarni uyushtiruvchilik xususiyatiga ham ega, shu bilan birga u jamiyat hayotiga bevosita ta&#8217;sir o&#8217;tkaza oladi. Bunda G&#8217;oya ijobiy yoki salbiy rol o&#8217;ynashi mumkin. O&#8217;zbekistonda mustaqillik davrida milliy istiqlol G&#8217;oyasi kontsepsiyasi ishlab chiqildi. G&#8217;oya niyat, reja ma&#8217;nolarini ham anglatadi. Qiyom Nazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;OYA \u2014 inson tafakkurida vujudga keladigan jamiyat va olamlarni maqsal sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o&#8217;zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo&#8217;llari va vositalari mujassam bo&#8217;lali. Fatsafa tarixida G&#8217;oya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/goya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-32358","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32358","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32358"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32358\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32359,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32358\/revisions\/32359"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32358"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32358"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32358"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}