{"id":32426,"date":"2022-10-26T15:34:58","date_gmt":"2022-10-26T12:34:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32426"},"modified":"2022-10-26T15:35:01","modified_gmt":"2022-10-26T12:35:01","slug":"tarvuz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tarvuz\/","title":{"rendered":"TARVUZ"},"content":{"rendered":"\n<p>TARVUZ (Citrullus) \u2014 qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;t o&#8217;simliklar turkumi; poliz ekini. Vatani \u2014 Afrika (Misr). Hindistonda 3 ming yildan beri ekiladi. Hindiston, Amerika, Janubiy Yevropa, Xitoy, Turkiya, Eron, Yaponiya va Avstraliyada keng tarqalgan. Markaziy Osiyoda Tarvuz ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida krvundan keyin 2 o&#8217;rinda turadi. Madaniy Tarvuzning xo&#8217;raki (S. aedulis Pand.), xashaki (S. colocynthoides Pand.) turlari, yovvoyi Tarvuzning mevasi achchiq 4 turi ma&#8217;lum. Xo&#8217;raki Tarvuzning dunyo bo&#8217;yicha ma&#8217;lum bo&#8217;lgan barcha navlari 10 ta ekologik-geografik guruhga bo&#8217;linadi. O&#8217;rta Osiyo tarvuzi alohida ekologik-geografik guruhni tashkil etadi. Palagi 4-5 metrgacha boradi. Ildizi chuqur joylashgan o&#8217;q ildiz, barg qo&#8217;ltiqlaridan o&#8217;sib chiqqan jingalaklari yordamida ilashib, chirmashib o\u2019sadi. Barg bandi uzun, barglari bir necha bo&#8217;lakchalardan iborat, rangi och yashil, oq va uzun tuklar bilan qoplangan. Otalik va onalik gullari alohidaalohida joylashgan. Asosan chetdan changlanadi. Tarvuz mevasining shakli yumaloq, ovalsimon, tsilindrsimon. Po&#8217;sti qalin (1,5 santimetr), o&#8217;rtacha (1,1,5 santimetr), yupqa (1 santimetrdan kam), qattiq, eti yumshoq, sersuv, sershira, qumoq, ba&#8217;zan tolali. Etining rangi qizil, ayrim navlari malinasimon. Urug&#8217;i, oq sariq, qora, qizil, kulrang. 1000 dona urug&#8217;i vazni 40-120 gramm. Mevasi tarkibida 8,0\u201413,5% quruq modda, 5,8\u201411% qand (fruktoza; xashaki tarvuzda 3,2\u20145% quruq modda, 1,2\u20143% qand, 1 kilogrammida 0,09 ozuqa birligi), 90% dan ko&#8217;proq suv, turli vitaminlar (VR V2 RR) va mineral tuzlar, urug&#8217;ida 25-30% moy, fitin kislotasi bor. Tarvuz issiqsevar, yorug&#8217;sevar o&#8217;simlik, qurg&#8217;oqchilikka chidamli, urug&#8217;i tuproq harorati 14-16\u00b0 da una boshlaydi (qulay sharoit 20\u00b0). Ekilgandan keyin 5-6 kunda unib chiqadi. Tarvuzning ertapishar, o&#8217;rtapishar va kechpishar navlari bor. Ertapishar navlari 80\u2014 90, o&#8217;rtapisharlari 90-100 va kechpisharlari 110-120 kunda pishadi. Tarvuz yangiligida iste&#8217;mol qilinadi, sanoatda qayta ishlash uchun xom ashyo, xashaki Tarvuz chorvachilikda shirali ozuqa sifatida foydalaniladi. Tabobatda kamqonlik, jigar, buyrak, yuraktomir kasalliklarini davolashda qo&#8217;llaniladi. Shinni, murabbolar tayyorlanadi. Tarvuz pushti kengligi 280-360 santimetr qilib olingan jo&#8217;yakning ikki tomoniga tup orasi 70 santimetr qilib 4-6 santimetr chuqurlikda ekiladi. Uyalarga 2-3 kun ivitilgan urug&#8217;lar 3\u2014 4 tadan tashlanadi, chopik, paytida yagana qilib bittadan o&#8217;simlik qildiriladi. O&#8217;suv davrida qator oralari 2-3 marta yumshatiladi (chopiq qilinadi). Tuproq sharoitiga qarab 6-8 marta suv beriladi. Tarvuz lalmikor erlarda g&#8217;am yaxshi o\u2019sadi. Hosildorligi 200-600 ts\/ga. O&#8217;zbekistonda Tarvuzning 15 dan ortiq navlari rayonlashtirilib, davlat reyestriga kiritilgan. Bulardan eng ko\u2019p ekiladigan navlari: Guliston, Dilnoz, Korol Kuba 92, Qo&#8217;ziboy, marmar tarvuz, manzur, olmos, Surxon tongi, O&#8217;zbekiston, O&#8217;rinboy, Xait qora va boshqalar. 2000-yillardan boshlab Gollandiya selektsiyasida chiqarilgan ertapishar Krisbi, Trofi, Granit 1-avlodi duragaylari ekilmoqda. Erta hosil olish uchun issikxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida ko&#8217;chatidan ekib yetishtirish mumkin. Zararkunandalari: o&#8217;rgimchakkana, poliz shirasi, shum\/iya, ko&#8217;k qurt tunlami, oq chivin. Kasalliklari: fuzarioz, bakterioz. Ad: Ostonaqulov T.E., Sabzavot ekinlari biologiyasi va o&#8217;stirish texnologiyasi, T., 1997; Pivovarov V.F., Aromov M.X.,Turdikulov B.X. i dr., Ovotshnie i baxchivie kulturi v Uzbekistane, M., 2001. Rafiqjon Hakimov, Rafiqa G&#8217;anixo&#8217;jayeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TARVUZ (Citrullus) \u2014 qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;t o&#8217;simliklar turkumi; poliz ekini. Vatani \u2014 Afrika (Misr). Hindistonda 3 ming yildan beri ekiladi. Hindiston, Amerika, Janubiy Yevropa, Xitoy, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tarvuz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-32426","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32426","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32426"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32426\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32427,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32426\/revisions\/32427"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32426"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32426"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32426"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}