{"id":32451,"date":"2022-10-26T16:55:40","date_gmt":"2022-10-26T13:55:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32451"},"modified":"2022-10-26T16:55:43","modified_gmt":"2022-10-26T13:55:43","slug":"astronomiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/astronomiya-2\/","title":{"rendered":"ASTRONOMIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>Eng qadimgi davrlardayoq odamlar Quyosh, Oy, sayyoralar, yulduzlar osmonda muayyan qonuniyat bo&#8217;yicha harakatlanishini sezishgan va bu hodisalarni o&#8217;rgana boshlashgan. Buyuk o&#8217;zbek olimi Ulug\u2019bek<em> <\/em>ham shunday kishilardan biri bo&#8217;lgan. Unga qadar va undan keyin yashagan olimlarning bu boradagi ishlari tufayli astronomiya &#8212; osmon jismlarining harakati va rivojlanishiga oid qonunlar haqidagi fan paydo bo&#8217;lgan &#8230;.Astronomiya yunoncha \u201castron\u201d &#8212; \u201cyulduz\u201d, \u201cnomos\u201d &#8212; \u201cqonun\u201d so&#8217;zlaridan kelib chiqqan. O&#8217;rta asrlarda astronom iya bilan shug&#8217;ullangan kishilar munajjim deb atalgan. Osmon jismlarining qaysi harakatlari haqiqiy, qaysilari tuyuluvchan ekanligini aniqlash uchun ko&#8217;p asrlar o&#8217;tdi. Masalan, bizga xuddi Quyosh ertalab chiqib, kun bo&#8217;yi osmonda harakatlanadigandek va kechqurun botadigandek tuyuladi, aslida esa Yerimiz Quyosh atrofida aylanadi. 16-asrga qadar deyarli barcha olimlar Yer Olam markazida tinch turadi, osmon jismlari esa uning atrofida aylanadi, deb ishonishgan.<br>16-asrda yashagan buyuk polyak astronomi Nikolay Kopernik va uning izdoshlari Olam aslida ancha murakkabligini isbotlashdi. 17-asr boshlarida teleskop (osmon jismlarini sinchiklab kuzatishga va o&#8217;rganishga imkon beradigan optik asbob) ixtiro qilingandan so&#8217;ng Quyosh hajm jihatidan Yerdan deyarli million marta katta ekanligi, yulduzlar esa xuddi Quyosh singari juda issiq, o&#8217;z-o&#8217;zidan nurlanadigan gaz sharlaridan iboratligi ma\u2019lum bo&#8217;ldi. Lekin yulduzlar Quyoshga qaraganda bizdan juda ham uzoqda joylashganligi tufayli kichik va xira bo&#8217;lib ko&#8217;rinadi. Agar kosmik raketa Quyoshga 2 oyda uchib bora olsa, eng<strong> <\/strong>yaqin yulduzlarga borish uchun millionlab yillar<strong> <\/strong>uchishiga to&#8217;g&#8217;ri keladi.<strong> <\/strong>Quyosh atrofida Yerdan boshqa o&#8217;zi nur<strong> <\/strong>taratmaydigan sayyoralar ham aylanib turadi.<strong> <\/strong>Oy \u2014 o&#8217;zi nur taratmaydigan shar bo&#8217;lib,<strong> <\/strong>uni Quyosh har xil yoritadi. U hajm jihatidan<strong> <\/strong>Yerdan deyarli 50 marta kichik. Oy Yer atrofida aylanadi va shuning uchun Yerning tabiiy<strong> <\/strong>yo&#8217;ldoshi deb ataladi. Boshqa ko&#8217;pgina<strong> <\/strong>sayyoralarning ham o&#8217;z yo&#8217;ldoshlari bor.<strong> <\/strong>Olimlar osmon jism larini kuzatishadi,<strong> <\/strong>so&#8217;ngra kuzatish natijalari astronomiya rasadxonalari va ilmiy tadqiqot institutlarida<strong> <\/strong>o&#8217;rganilib, tahlil qilinadi. O&#8217;zbekistonda ham<strong> <\/strong>Fanlar akademiyasiga qarashli Astronomiya<strong> <\/strong>ilmiy tadqiqot institutida olim akalaringiz astronomiyaga doir muhim ilmiy ishlarni bajarishmoqda. Bu institut Toshkentda o&#8217;tgan asr<strong> <\/strong>oxirlaridan beri faoliyat ko&#8217;rsatib keladi.<strong> <\/strong>Kosmonavtika rivojlangan hozirgi vaqtda<strong> <\/strong>astronomiya eng tez rivojlanayotgan fanlardan<strong> <\/strong>biriga aylandi.<strong> <\/strong>Ko&#8217;pgina kosmik apparatlarga astronomik<strong> <\/strong>asboblar o&#8217;rnatilgan bo&#8217;lib, ular Olamni Yer<strong> <\/strong>atmosferasidan tashqarida ham o&#8217;rganishga<strong> <\/strong>imkon beradi. Osmon jismlaridan kelayotgan<strong> <\/strong>nurlarni tutib qoladigan havo kosmik orbit alarda kuzatuvlarga xalaqit bermaydi, ana<strong> <\/strong>shuning uchun ham kosmik apparatlar yordamida olingan Olam haqidagi ma\u2019lumotlar<strong> <\/strong>katta ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Eng qadimgi davrlardayoq odamlar Quyosh, Oy, sayyoralar, yulduzlar osmonda muayyan qonuniyat bo&#8217;yicha harakatlanishini sezishgan va bu hodisalarni o&#8217;rgana boshlashgan. Buyuk o&#8217;zbek olimi Ulug\u2019bek ham shunday kishilardan biri bo&#8217;lgan. Unga qadar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/astronomiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32452,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-32451","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32451","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32451"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32451\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32453,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32451\/revisions\/32453"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32452"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32451"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32451"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32451"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}