{"id":32559,"date":"2022-10-28T13:42:23","date_gmt":"2022-10-28T10:42:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32559"},"modified":"2022-10-28T13:42:25","modified_gmt":"2022-10-28T10:42:25","slug":"kohna-urganch","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kohna-urganch\/","title":{"rendered":"KO&#8217;HNA URGANCH"},"content":{"rendered":"\n<p>KO&#8217;HNA URGANCH &#8212; Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar (1986 yildan). Ko&#8217;hna Urganch tumanining ma&#8217;muriy markazi. Xo&#8217;jayli temir yo\u2019l stantsiyasidan 35 kilometr, Toshhovuz shahridan 105 kilometr shimoli- g&#8217;arbda. Aholisi 31,4 ming kishi (2000). Ko&#8217;hna Urganchda paxta tozalash, sut, yog&#8217;-ekstraktsiya zavodlari, Toshhovuz gilam fabrikasining Filiali, aloqa bo&#8217;limi, savdo, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 7 umumiy ta&#8217;lim maktablari, musiqa, bolalar sport maktabi, sog&#8217;lomlashtirish majmuasi, kutubxona, madaniyat uyi, kasalxona, sil kasalliklari dispanseri mavjud. Ko&#8217;hna Urganch 10\u2014 14-asrlarda Xorazm davlatining poytaxti bo&#8217;lib, Xorazm va Movarounnahrda eng katta shaharlardan biri edi. Asl nomi Gurganj, Arab Geograflari asarlarida Jurjoniya deb tilga olinadi. Miloddan avvalgi 1-asr Xitoy yilnomasida Yuegan yoki Yue-Szyan sha klida qayd qilingan. 10-asrning 2-yarmida markazi Gurganjda bo&#8217;lgan mustaqil amirlik vujudga kelib, u Kot shahridagi Xorazmshohlar bilan raqobat qila boshladi. 995 yilda Gurganj amiri Ma&#8217;mun ibn Muhammad Kotdagi Xorazmshoxlar sulolasini tugatib, o&#8217;zini Xorazmshoh deb e&#8217;lon qildi (995-997). O&#8217;sha vaqtdan Gurganj Xorazm davlatining yagona poytaxti bo&#8217;lib qoldi va 11 \u2014 12-asrlarda bu yerda madaniyat va san&#8217;at ravnaq topdi. O&#8217;sha davrda shahar mustahkam qal&#8217;a devorlari bilan o&#8217;rab olindi. Ba&#8217;zi shahar darvozalarining nomlari tarixiy qo&#8217;lyozma asarlarda ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan, bo&#8217;lar: Xajjaj, Kobilon. 1221 yilda chin- gizxon qo&#8217;shinlari shaharni 6 oy qamal qilib ololmagach, Amudaryoni to&#8217;sib turgan to&#8217;g&#8217;onni buzib, shaharni suvga bostirdi. Mo&#8217;g&#8217;ullar barcha hunarmandlarni ajratib olib Mo&#8217;g&#8217;ulistonga haydab olib ketdilar, qolgan aholini qirib tashladilar. 14-asrning boshlarida Oltin O&#8217;rda ta&#8217;sirida bo&#8217;lgan shaharda binokorlik ishlari jonlandi. 1333 yilda Gurganjga kelgan mashhur Arab sayyohi Ibn Battuta buning guvohi bo&#8217;lgan. 15-16-asrlarda shaharning madaniy va iqtisodiy rivojlanishida bir oz turg&#8217;unlik ro&#8217;y beradi. 1646 yilda Xiva xoni Abulg&#8217;oziy Bahodirxon (1643\u2014 1664) hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Shundan keyin qadimgi shaharning nomi ko&#8217;hna Urganch bo&#8217;lib qoldi. Xiva xoni Muhammad Aminxon (1846-55) Ko&#8217;hna Urganchda bo&#8217;lib Xorazm poytaxtini o&#8217;sha yerga ko&#8217;chirishga qaror qildi. Lekin, uning 1855 yilda Saraxsda turkmanlar bilan bo&#8217;lgan jangdagi fojia li o&#8217;limi bu ishga barham berdi. 1920-yillarda Ko&#8217;hna Urganch Turkmaniston tarkibiga kiritildi. Shaharning qadimgi qismi 1985 yilda davlag tarixiy-madaniy muzey-qo&#8217;riqxonasi deb e&#8217;lon qilindi. Ko&#8217;hna Urganchdagi bir necha me&#8217;moriy yodgorliklar YUNESKO tashkilotining ro&#8217;yxatiga olindi. Shaharda o&#8217;lkashunoslik muzeyi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Shaharning turistik infrastrukturasini vujudga kel tirish, arxeologik qazishmalar, tarixiy yodgorliklarni konservatsiya qilish va ta&#8217;mirlash ishlarini faollashtirish maqsadida 1997 yilda Turkmaniston hukumati nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda &#171;ko&#8217;hna Urganchning madaniy sferasini rivojlantirish&#187; loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Ko&#8217;hna Urganchda 12\u2014 14-asrlar me&#8217;moriy yodgorliklaridan el Arslon, Takash, To&#8217;rabekxonim, Najmiddin Kubro maqbaralari, qutlug&#8217; Temur (jome masjidi) minorasi hamda karvonsaroy qoldiqlari, 16-asr yodgorliklaridan Sulton Ali maqbarasi, 20-asr boshidagi yodgorliklaridan Toshmasjid madrasasi va boshqalar saqlangan. Ko&#8217;hna Urganchning eng qadimgi qismi hisoblangan Qirqmulla tepaligida 1989-92 yillarda olib borilgan arxe ologik qazishmalar natijasida u miloddan avvalgi 5-4-asrlarda vujudga kelganligi aniqlandi. Tarixda Ko&#8217;hna Urganch (Gurganj) o&#8217;sha yerda yashab, ijod etgan va faoliyat ko&#8217;rsatgan mashxur kishilar (Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Ma&#8217;mun akademiyasining buyuk olimlari Beruniy, Ibn Sino, Abu Saxl Masihiy, Abul Hayr Hammor va boshqalar) bilan dunyoga tanilgan. Ad.: Gulyamov Ya.G., Istoriya orosheniya Xorezma, 1957; Tolstov S. P., Raboti Xorezmskoy ekspedisii 1949-1953 gg. TXAEE, t.2 M., 1958; Bartold V.V., Sochineniya,t. 3. M., 1965; Buniyatov 3. M., Gosudarstvo Xorezmshaxov-anushtegini- dov, M., 1986; Yusupov X., Tri Fakta iz istorii Kyoneurgencha, Izvestiya an tur- kmenistana, Seriya gumanitarnix vaUK \u21162, 1992; Yusupov X., Serdtse drevnego Xorezma, Ashxabad, 1993; Nurjonov K., Ko&#8217;hna va yangi Urganch, Urganch, 1993; Xalimov N., Pamyatniki Urgencha, Ashxa- Bad, 1991; Mamedov M. A., Muradov R. G., Srednevekovie pismennie istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KO&#8217;HNA URGANCH &#8212; Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar (1986 yildan). Ko&#8217;hna Urganch tumanining ma&#8217;muriy markazi. Xo&#8217;jayli temir yo\u2019l stantsiyasidan 35 kilometr, Toshhovuz shahridan 105 kilometr shimoli- g&#8217;arbda. Aholisi 31,4 ming kishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kohna-urganch\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-32559","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32559","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32559"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32559\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32560,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32559\/revisions\/32560"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32559"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32559"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32559"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}