{"id":32568,"date":"2022-10-28T13:58:00","date_gmt":"2022-10-28T10:58:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32568"},"modified":"2022-10-28T13:58:02","modified_gmt":"2022-10-28T10:58:02","slug":"kohakiy-koykiy-sulton-muhammad-hofiz-toshkandiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kohakiy-koykiy-sulton-muhammad-hofiz-toshkandiy\/","title":{"rendered":"KO&#8217;HAKIY (KO&#8217;YKIY) SULTON MUHAMMAD HOFIZ TOSHKANDIY"},"content":{"rendered":"\n<p>KO&#8217;HAKIY (KO&#8217;YKIY) SULTON MUHAMMAD HOFIZ TOSHKANDIY, Hofiz Ko&#8217;ykiy (1490, oktabr \u2014 1584) \u2014 tarixchi, huquqshunos, tarjimon. Ali Qushchining nabirasi, parkentlik ziyoli Mirzo Kamoliddin oilasida tug&#8217;ilgan. Keyinchalik Toshkent shahriga ko&#8217;chib kelgan. U jug&#8217;rofiya, etnografiya, handasa, riyoziyot, falsafa, mantiq, fiqh va adabiyot sohalarining ham bilimdoni bo&#8217;lgan. Ko\u2019hakiyning ilmda Kamolot cho&#8217;qqisiga chiqqan davri Ubaydullaxon va Abdullaxon II davrlariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Olim 10 dan ziyod asarlar yozgan. Shulardan &#171;Risolai fifanniy \u2014 at tavsir val kalom&#187; (&#171;E&#8217;tiqodga oid ilmlar haqida risola&#187;) nomli asari qo&#8217;lyozma holida bizgacha etib kelgan. Ko\u2019hakiy Toshkentning hozirgi Sag&#8217;bon ko&#8217;chasidagi o&#8217;z hovlisida qurdirgan madrasasida mudarrislik qilgan. Iroq, Misr, Suriya, Afg&#8217;oniston, Eron, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda bo&#8217;lgan. Ko\u2019hakiy o&#8217;z zamovasining ilmli va obro&#8217;li kishisi bo&#8217;lganligi uchun Toshkentdan to&#8217;y munosabati bilan Hindistonga Bobur huzuriga yuborilgan (1528). Bobur &#171;Boburnoma&#187;da bu haqsa yozadi: &#171;ulug&#8217;osh tortilganidan keyin&#8230; Xoja Mirsultong&#8217;a va o&#8217;g&#8217;lonlariga va Hofiz Toshkandiy va Mullo Farrux boshliq xojaning mulozimlariga va o&#8217;zga elchilarga ham oltundin, kumushdin tarkash bila In&#8217;omlar bo&#8217;ldi&#187;. Shuningdek, hind tarixchisi Abdulqodir Mulukshoh Badavoniy o&#8217;zining &#171;Muntaxab at-tavorix&#187; nomli tarixiy asarida keltirishicha, Ko\u2019hakiy 2-marta Hindistonga boradi (1569-70), Akbar tomonidan qabul qilinadi va olimlik mahorati uchun katta tuhfalar olishga muyassar bo&#8217;ladi. Akbarshoh Ko\u2019hakiyni bobosi Boburni ko&#8217;rgan tabarruk kishi sifatida ulug&#8217;lab, Dehlidan bir kunlik yo&#8217;lga chiqib tantana bilan ko&#8217;tib olgan. Badavoniy yozadi: &#171;u Hindistondan Makkaga boradi va u yerdan Turkiyaga keladi. Turk sultoni bilan uchrashadi. Hind diyorida topgan izzat-obro&#8217;ni u yerda ham topadi. Vazirlikka qilingan taqlifni rad etib, o&#8217;z diyori Movarounnahrga (Toshkentga) qaytib keladi va u yerda vafot etadi&#187;. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solih Qoraxo&#8217;ja o&#8217;g&#8217;lining &#171;tarixi jadidai Toshkand&#187; asarida &#171;Toshkent diyoridagi Hofiz Ko&#8217;hakiy mahallasidan Mavlono Ko&#8217;hakiy aqliy va vaqliy ilmlarda zo&#8217;r olim bo&#8217;lgan. Jomiy Hirotiyning Arab tili grammatikasiga oid &#171;sharhi mulla&#187; asariga xrshiya yozgan. Bahs va jadal ilmining qoidalarini a&#8217;lo darajaga yetkazgandir. Hofiz Ko\u2019hakiy Toshkent aholisi va olimlarining iftixori bo&#8217;lib, Dashti Qipchoq, Farg&#8217;ona, Movarounvahr, Buxoro, Eron va Xurosonda keng shuhrat qozongan olimdir&#187;, deb ta&#8217;riflanadi. Ko\u2019hakiy &#171;Tarixi oliy Chingiz&#187; (&#171;Chingizxon va uning avlodlari tarixi&#187;) asarini yozishda Juvayniyning &#171;tarixi jahonkushoy&#187; kitobidan keng foydalangan. Ko\u2019hakiy Muhammad ibn Adnonning 2 jildli &#171;tarixi Turkiston&#187; nomli asarini fors tilidan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan va unga ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarni qo&#8217;shib boshqa nom bilan atagan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida uning &#171;sharhi Odobul al-munozara&#187; (&#171;Odob va axloq to&#8217;g&#8217;risida munozara&#187; kitobiga sharh) kitobining Arab tilida ko&#8217;chirilgan nusxasi va Arab tilida yozilgan &#171;Favoid ziyoiya&#187; (&#171;Munavvar foydalar&#187;) nomli sharxlangan asari saqlanmoqda. Ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga qaraganda, Ko\u2019hakiy Qaffol Shoshiy maqbarasiga kiraverishda o&#8217;ng tarafga dafn etilgan. Hozirgi Toshkent shahrining Sobir Rahimov tumanida Ko\u2019hakiy yashagan mahalla &#171;Hofiz Ko&#8217;ykiy&#187; deb ataladi. Ad.: Munirov Q., Irisov A., Nosirov A., Toshkent tarixida ba&#8217;zi siymolar, T., 1983.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KO&#8217;HAKIY (KO&#8217;YKIY) SULTON MUHAMMAD HOFIZ TOSHKANDIY, Hofiz Ko&#8217;ykiy (1490, oktabr \u2014 1584) \u2014 tarixchi, huquqshunos, tarjimon. Ali Qushchining nabirasi, parkentlik ziyoli Mirzo Kamoliddin oilasida tug&#8217;ilgan. Keyinchalik Toshkent shahriga ko&#8217;chib kelgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kohakiy-koykiy-sulton-muhammad-hofiz-toshkandiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-32568","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32568","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32568"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32568\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32569,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32568\/revisions\/32569"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32568"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32568"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32568"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}