{"id":3326,"date":"2021-10-09T13:14:16","date_gmt":"2021-10-09T10:14:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3326"},"modified":"2021-10-09T13:14:18","modified_gmt":"2021-10-09T10:14:18","slug":"xlestakovchilik-nimani-anglatadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xlestakovchilik-nimani-anglatadi\/","title":{"rendered":"&#171;Xlestakovchilik&#187; nimani anglatadi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Nikolay Vasilyevich Gogol sharofatidan rus tili tag&#8217;in bir ajoyib so&#8217;z bilan quvvatlanadi \u2014 bu, &#171;xlestakovshina&#187;, ya&#8217;ni &#171;xlyostakovchilik&#187;. Kimnidir andishasizlarcha maqtanchoqlik, laqmalik yoki jilovsiz yolg&#8217;onchilik ustida qo&#8217;lga tushirmoqchi bo&#8217;lishganlarida shunday deyishadi. Zotan, Xlestakov \u2014 Gogol qalamiga mansub &#171;Revizor&#187; sanaladi. Agar siz yolg&#8217;onchi, laqqi yoxud mashmashabozning jon-jonidan o&#8217;tkazmoqchi bo&#8217;lsangiz, bundan-da ma&#8217;qulroq laqabni to&#8217;qib bilmaysiz. Kimsan, Xlestakov! Buning barobarida bor narsa aytiladi. Aytgancha, adabiyot tarixchilari binoyiday ruscha familiya bekordan-bekorga jabrlangan deb hisoblashadi. Chunki &#171;Revizor&#187; qahramonining prototipi \u2014 umriboqiy Xlestakov timsolini yaratish chog&#8217;ida muallifga xizmat qilgan real odam bo&#8217;lgan. Bu zotni allaqaysi Roman Medoks deb taxmin qilishadi. Nasl-nasabi inglizlardan bo&#8217;lmish Roman Medoks teatr xodimlari xonadonida voyaga yetadi va, zamondoshlarining xotirlashicha, kamdan-kam topiladigan evrilish iste&#8217;dodiga ega bo&#8217;lgan. O&#8217;zingiz bir hukm chiqarib ko&#8217;ring-chi. 1812 yilning qahratonida o&#8217;sha zamonlarda Shimoliy Kavkazning ma&#8217;muriy markazi bo&#8217;lgan Georgiyevsk shahriga navqiron kishi yetib keladi. O&#8217;zini leybgvardiya otliq polki poruchigi va Adliya vaziri ad&#8217;yutanti Sokovnin deb tanishtirgach, u &#171;Cherkayelar va Kavkaz xalqlarining turli qabilalaridan&#187; opolcheniya jamlash uchun o&#8217;ziga go&#8217;yo hukumat tomonidan berilgan hujjatlarni vitse-gubernator Vrangelga ko&#8217;rsatadi. Mashmashabozning gaplariga laqqa tushgan mahalliy ma&#8217;murlar vazir ad&#8217;yutantiga 10.000 rubl (nihoyatda katta summa) beradilar va tog&#8217;li knyazlarga opolcheniya jamlashda ishtirok etishga da&#8217;vatnomalar jo&#8217;natadilar. Boshliqlar esa \u2014 harbiy ham, noharbiylar ham, \u2014 &#171;Sankt-Peterburgdan kelgan amaldor&#187;ni mehmon qilish va dimog&#8217;ini choq etish xususida astoydil qayg&#8217;ura boshlaydilar: ko&#8217;ngilxushliklarning keti uzilmasdi&#8230; Mahalliy pochtmeystrga barcha rasmiy yozishmalar bilan tanishib chiqish huquqini beruvchi qalbaki ruxsatnomani taqdim etgan Sokovnin-Medoks poytaxtga jo&#8217;natilgan o&#8217;zining kelishi haqidagi depesheni qo&#8217;lga kiritadi. Qulog&#8217;i qizigan yolg&#8217;onchi poruchik Kavkaz liniyasi qo&#8217;mondoni general Portnyaginga hukumat anchadan beri baron Vrangelga ishonmaydi va Kavkazdagi gubernatorlikning ishlari to&#8217;g&#8217;risida Peterburgga maxfiy bildiruv jo&#8217;natmohchiman, deb aytishga haddi sig&#8217;adi&#8230; Tez orada bu &#171;komediya&#187; fosh bo&#8217;ladi. Nom o&#8217;g&#8217;risi hahida Adliya vaziriga ma&#8217;lum bo&#8217;ladi, shundan so&#8217;ng bo&#8217;lib o&#8217;tganlarning hammasi podshoga bildiriladi. Imperator Aleksandr I ning buyrug&#8217;iga binoan Roman Medoks Shlisselburg qal&#8217;asiga olib kelinadi, u bu makonda 15 yil qamoqda yotadi. Darvoqe, &#171;xlestakovchilik&#187;ni &#171;medoksichilik&#187; deb o&#8217;zgartirish fursati kelmadimikin? Hech bo&#8217;lmaganda, Xlestakov degan familiya Rossiyada ancha-muncha keng tarqalgani bois, shu familiyadagi halol odamlar ko&#8217;pincha behudadan-behudaga qulog&#8217;igacha qizarmog&#8217;iga na hojat? Albatta, bu hazil. Xlestakov \u2014 buyuk komediya qahramoni \u2014 o&#8217;lmas. Xo&#8217;sh, Medoks-chi? Kim bo&#8217;libdi o&#8217;zi? Jinoiy ishi uchun 15 yil o&#8217;tirgan arzimas lo&#8217;ttiboz-da u.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nikolay Vasilyevich Gogol sharofatidan rus tili tag&#8217;in bir ajoyib so&#8217;z bilan quvvatlanadi \u2014 bu, &#171;xlestakovshina&#187;, ya&#8217;ni &#171;xlyostakovchilik&#187;. Kimnidir andishasizlarcha maqtanchoqlik, laqmalik yoki jilovsiz yolg&#8217;onchilik ustida qo&#8217;lga tushirmoqchi bo&#8217;lishganlarida shunday deyishadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xlestakovchilik-nimani-anglatadi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3326","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3326","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3326"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3326\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3328,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3326\/revisions\/3328"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3326"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3326"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3326"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}