{"id":33338,"date":"2022-11-07T13:01:58","date_gmt":"2022-11-07T10:01:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33338"},"modified":"2022-11-07T13:02:00","modified_gmt":"2022-11-07T10:02:00","slug":"yava-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yava-tili\/","title":{"rendered":"YAVA TILI"},"content":{"rendered":"\n<p>YAVA TILI \u2014 avstronez tillaridan biri. Asosan, Yava orolining Markaziy va Sharqiy hududlarida, qisman Malayziya, Singapur, Avstraliya va boshqalar mamlakatlarda tarqalgan. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 90 millionga yaqin kishi (20-asrning 90-yillari o&#8217;rtalari). Yava tilining fonetik tarkibi 6 unli (a, 1, e, i, o, D) va 20 undoshdan tashkil topgan; o&#8217;zbek tilidagiga o&#8217;xshash q undoshi mavjud. So&#8217;zning morfem tarkibi sodda; so&#8217;z urg&#8217;usida cho&#8217;ziqlik holati kuzatiladi. O&#8217;zak (tub) so&#8217;zlar ko&#8217;p. Morfologik qurilishi grammatik kategoriyalarning kamligi va morfologik shakllarning erkin qo&#8217;llanishi bilan ajralib turadi. Grammatikada sintetik vositalardan ko&#8217;ra analitik vositalar ustunlik qiladi. Otlarda ko&#8217;plik son alohida shaklga ega. Gap bo&#8217;laklari o&#8217;rtasidagi aloqa so&#8217;z tartibi va yordamchi so&#8217;zlar vositasida amalga oshadi. Lug&#8217;at tarkibi sof avstronez qatlamidan tashqari hind, Arab, niderland, ingliz va boshqalar tillardan o&#8217;zlashgan so&#8217;zlarni ham qamrab oladi. Bir necha yuz lug&#8217;aviy birliklarni tanlab, farqlab ishlatish natijasida tilning uslubiy darajalari \u2014 &#171;NGOko&#187; (sodda til), &#171;kromo&#187; (xushmuomala, nazokatli til) va &#171;madya&#187; (o&#8217;rtacha til) farqlanadi. So&#8217;zlarni tanlab ishlatishda kishilarning ijtimoiy mavqei (yoshi, qarindoshligi, lavozim darajasi va boshqalar)dan kelib chiqiladi. Hozirgi bunday darajalar o&#8217;rtasidagi farqlar yo&#8217;qolib bormoqda. Yozma adabiy Yava tili tarixida 3 davr: qadimiy (Kavi, 12-13 asrgacha), o&#8217;rta (17-asrgacha) va yangi (17-asrdan) davrlar farqlanadi. Hozirgi adabiy tilga Surakarta shahri lahjasi asos bo&#8217;lgan. Yava tili boy yozma adabiy an&#8217;analarga ega. Eng qadimiy bitiklar 732 yilga, eng qadimiy yozma yodgorlik 809 yilga mansub bo&#8217;lib, bunday yodgorliklar Janubiy hind yozuvlari asosida shakllangan bo&#8217;g&#8217;inli yozuvlar (Kavi va pallava)da bitilgan. Keyinchalik mazkur yozuvlar asosida charakan deb ataluvchi Yava yozuvi yaratilib, u 17-asrgacha \u2014 Yava orolida lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy qilinguniga qadar asosiy yozuv sifatida qo&#8217;llanib kelgan. Charakanning qo&#8217;llanish doirasi asta-sekin torayib, 20-asrda undan faqat ayrim eski adabiy va tarixiy asarlarni nashr etishdagina foydalanilgan. Yava yozuvi (charakan) ham bo&#8217;g&#8217;inli yozuvlardan bo&#8217;lib, undoshlarni ifodalovchi har bir belgi (harf) o&#8217;z maxsus belgisiga ega bo&#8217;lmagan a yoki a unlilarini ham qamrab oladi, ya&#8217;ni har bir belgi &#171;undosh +a&#187; yoki &#171;undosh +a&#187; kabi talaffuz etiladi. Boshqa unlilar esa undoshlarni ifodalovchi harflar ustiga qo&#8217;yiladigan diakritik belgilar orqali farqlanadi. Pangkan deb ataluvchi Maxsus belgi so&#8217;nggi undosh tarkibida unlining yo&#8217;qligini bildiradi. So&#8217;z ichidagi undoshlar guruhi ligaturashu hosil qilib ixchamlashadi. Bunda o&#8217;zgarmasdan, to&#8217;liq yozilgan undosh belgilari \u2014 Aksara, o&#8217;zgarishga uchraganlari esa Pasangnan deb ataladi. Atoqli otlarni ifodalashda bosh harflarning alohida qo&#8217;rinishidan foydalaniladi. Yava yozuvi nafaqat raqamlarni ifodalovchi maxsus belgilarga, balki o&#8217;ziga xos murakkab tinish belgilari tizimiga ham ega: ularning ba&#8217;zilari bizdagi (yevropacha) tinish belgilariga o&#8217;xshasada, bajaradigan vazifalari o&#8217;zgachadir. 13-14-asrlardan Yava oroliga Islom dinining tarqalishi natijasida bu yerga Arab yozuvi ham kirib kelib, 20-asrgacha charakan bilan bir qatorda amalda bo&#8217;lgan. 20-asrning 2-yarmida Arab yozuvida uncha ko&#8217;p bo&#8217;lmagan diniy adabiyot nashr etiladi. Hozirgi Yava tili, asosan, lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadi. Ad.:Teselkin A.S., Yavanskiy yazps, M., 1961; Teselkin A.S., Drevneyavan- skiyyazik (Kavi), M., 1963; Fridrix I., Istoriya Pisma, Per. s nem., M., 1979. Abduvahob Madvaliev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YAVA TILI \u2014 avstronez tillaridan biri. Asosan, Yava orolining Markaziy va Sharqiy hududlarida, qisman Malayziya, Singapur, Avstraliya va boshqalar mamlakatlarda tarqalgan. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 90 millionga yaqin kishi (20-asrning 90-yillari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yava-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-33338","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33338","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33338"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33340,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33338\/revisions\/33340"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}