{"id":33418,"date":"2022-11-08T08:35:31","date_gmt":"2022-11-08T05:35:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33418"},"modified":"2022-11-14T12:53:51","modified_gmt":"2022-11-14T09:53:51","slug":"yadro-kimyosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yadro-kimyosi\/","title":{"rendered":"YADRO KIMYOSI"},"content":{"rendered":"\n<p>YADRO KIMYOSI \u2014 moddaning yadroviy xossalarini fizik kimyo bilan o&#8217;zaro bog&#8217;liq holda umumlashtirib o&#8217;rganuvchi fan. Ba&#8217;zan &#171;Yadro kimyosi&#187; termini radioknmyo ma&#8217;nosida qo&#8217;llanadi. Bu noto&#8217;g&#8217;ri, chunki Yadro kimyosining tadqiqot ob&#8217;yekti atom yadrosining xossalari va yadro reaktsiyalari bo&#8217;lsa, radiokimyoning tadqiqot ob&#8217;ekti radioaktiv yadrolarning xossalarini kimyoviy muammolar yechimi uchun qo&#8217;llanishidir. Yadro kimyosining asosiy yo&#8217;nalishlari: yadro reaktsiyalarini va yadroviy o&#8217;zgarishlarning kimyoviy oqibatlarini o&#8217;rganish; &#171;yangi atomlar&#187; kimyosi; Myossbauer effekti; yangi elementlar va radionuklidlar, radioaktiv parchalanishning yangi turlarini topish. Bu muammolarni echishda radiokimyo, ionizatsiya, so&#8217;nggi yillarda massspektrometriya, shuningdek, qalin qatlamli fotoemulsiya usullaridan foydalaniladi. Yadro kuch qurilmasi \u2014 Yadro kimyosining muhim vazifasi yadro reak- tsiyalari mahsulotlarini radiokimyo usullari yordamida ajratib olish va identifikatsiya qilishdir. Shu sababli Yadro kimyosi va radiokimyo bir-biri bilan chambarchas bog&#8217;langan bo&#8217;lib, ular birgalikda o&#8217;rganiladi. Yadro kimyosi usullari boshqa sohalarga taalluqli tadqiqotlar va ishlab chiqarishni amalga oshirishda muhim rol o&#8217;ynaydi. Bular kimyo va texnologiyada \u2014 nishonlangan atomlar usuli, aktivasion analiz, nurlanishdan foydalanishga asoslangan texnologik o&#8217;lchov asboblari, tibbiyotda \u2014 radiofarmatsevtika, yadro tibbiyoti, radioimmunologik analiz, geologiya va arxeologiyada \u2014 sanani radioaktiv aniqlash va boshqalar Yadro kimyosining paydo bo&#8217;lishi uran radioaktivligining ochilishi (A.Bekkerel, 1896), toriy va uning parchalanish mahsulotlari \u2014 yangi radioaktiv elementlar \u2014 poloniy va radiyning kashf etilishi (P.Kyuri va M.Sklodovskaya\u2014 Kyuri, 1898) bilan bog&#8217;liq. Yadro kimyosining keyingi rivojlanishiga sun&#8217;iy yadroviy o&#8217;zgarishlarning ochilishi (E.Rezerford, 1919), tabiiy radionuklidlar atom yadrolarining izomeriyasi (O.Gan, 1921), va sun&#8217;iy atom yadrolarining (I.V.Kurchatov va boshqalar, 1935), neytronlar ta&#8217;sirida uran yadrolarining bo&#8217;linishi (O.Gan, F.Shtrasman, 1938), uranning spontan emirilishi (G.N.Flyorov va K.A.Petrjak, 1940) sabab bo&#8217;ldi. Yadro reaktorlari (E.Fermi, 1942) va zarrachalar tezlatkichlarining kashf etilishi (J.Kokroft va E.Uolton, 1932) yuqori energiyali zarrachalar bilan murakkab yadrolarning o&#8217;zaro ta&#8217;sirida kechadigan jarayonlarni o&#8217;rganish, sun&#8217;iy radionuklidlar va yangi elementlarni sintez qilishga imkon berdi. Ad:. Chopping G., Gidberg Ya ., Yadernaya ximiya. Osnovm teorii i primeneniya, Per. s angl., M., 1984. Saidahmad Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YADRO KIMYOSI \u2014 moddaning yadroviy xossalarini fizik kimyo bilan o&#8217;zaro bog&#8217;liq holda umumlashtirib o&#8217;rganuvchi fan. Ba&#8217;zan &#171;Yadro kimyosi&#187; termini radioknmyo ma&#8217;nosida qo&#8217;llanadi. Bu noto&#8217;g&#8217;ri, chunki Yadro kimyosining tadqiqot ob&#8217;yekti atom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yadro-kimyosi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-33418","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33418","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33418"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33418\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34088,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33418\/revisions\/34088"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33418"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33418"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33418"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}