{"id":3344,"date":"2021-10-09T14:05:28","date_gmt":"2021-10-09T11:05:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3344"},"modified":"2021-10-09T14:05:29","modified_gmt":"2021-10-09T11:05:29","slug":"ekslibris-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekslibris-nima\/","title":{"rendered":"Ekslibris nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ekslibris (lotincha exlinris-kitobdan) \u2014 kitobning muayyan shaxsga yoxud kutubxonaga tegishli ekanligiga ishora qiluvchi jajji, badiiy bezakli yorliq. Odatda Ekslibris muqova yuqori hoshiyasining ichki tomoniga yopishtirilgan. Barcha ekslibrislar o&#8217;z zamonining yodgorligi sanaladi va ularni o&#8217;rganish juda muhimdir. U xususiy kutubxonalar taqdirini ko&#8217;zdan kechirishga, ularning tarkibini aniqlashga va Rossiya madaniyatidagi mavqelarini belgilashga imkon beradi. Germaniya \u2014 Ekslibris vatani. Ulug\u2019 musavvir Albrext Dyurer ilk ekslibrislardan birining muallifi bo&#8217;lgan. Kutubxona sohibining gerbi dastlabki ekslibrislarning eng ko&#8217;p tarqalgan syujeti edi. Kitob noshirchiligi faoliyatining gurkirab o&#8217;sishi, Yevropa mamlakatlari bilan kitob savdosi xususiy kutubxonalarning salmoqli miqdori paydo bo&#8217;lishiga olib keldi. Petr I ning maslakdoshlari: D. M. Golisin, Ya. V. Bryus, A. A. Matveyevlar o&#8217;sha zamonlarga nisbatan olganda juda katta, yaxshi tanlab olingan kitob fondlariga ega bo&#8217;lishgan. Ular Petr zamonasining ma&#8217;rifatli arboblari edilar. Aynan ularning kitoblarida Rossiyadagi dastlab muhrli ekslibrislar \u2014 yog&#8217;ochga ishlangan miniatyurali Gravyuralar paydo bo&#8217;ldi. Knyaz Dmitriy Mixaylovich Golisin (1665\u2014 1737) \u2014 Oliy maxfiy kengash haqiqiy a&#8217;zosining kutubxonasi \u2014 o&#8217;sha kezlarda eng salmoqli bo&#8217;lgan va 6 000 ga yaqin jildni o&#8217;z ichiga olgan. Kutubxona uning sulolaviy qarorgohi \u2014 Podmoskovedagi mashhur Arxangelskoye qishlog&#8217;ida saqlangan. Uning fondidagi kitoblarda lotin tilidagi harfli Ekslibris: &#171;Ex bibliotheca Archangellina&#187; \u2014 &#171;Arxangelskoye kutubxonasidan&#187; \u2014 mazkur tamg&#8217;a XVIII asr boshlarida yasalgan edi. XIX asrda gerbli kitoblar belgilar o&#8217;rnini venzellar, harfli yorliqlar va shtempellar egallay boshlaydi. Bundan yuz yillar muqaddam rassomlar syujetli ekslibrisga kam e&#8217;tibor berishardi. Ammo XIX\u2014XX asrlarning chegarasida &#171;Mir isskustvo&#187; jurnali tevaragida qovushgan musavvirlar: A. N. Benua, L. S. Bakst, I. Ya. Bilibin, M. V. Dobujinskiy, B. M. Kustodiev, E. E. Lansare, D. I. Mitroxin, G. I. Narbut, K. A. Somov, S. V. Chexonin va boshqalar ekslibrislar ustida ishlay boshladilar. Bu musavvirlar ko&#8217;plab yuksak saviyadagi badiiy syujetli ekslibrislar yaratdilar. 20-yillarda V. A. Favvorskiy, A. I. Kravchenko, N. I. Piskarev, N. P. Dmitrovskiylarning yog&#8217;ochga ishlangan nafis gravyurdli ekslibrislari dunyoga keldi. 50-yillarning oxirlari va 60-yillarning boshlarida zamonamizning taniqli ksilograflari: N. Kalita, A. Kalashnikov, D. Bistilarning ekslibrislari dunyo yuzini ko&#8217;rdi. Xo&#8217;sh, ekslibrislarning butun rivojlanish tarixi davomida ulardan jami qancha yaratilgan? Dunyoga millionga yaqin kitob belgilari borligi ma&#8217;lum. Shulardan 100 000 dan ortiqrog&#8217;i Rossiyasyda tayyorlangandir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ekslibris (lotincha exlinris-kitobdan) \u2014 kitobning muayyan shaxsga yoxud kutubxonaga tegishli ekanligiga ishora qiluvchi jajji, badiiy bezakli yorliq. Odatda Ekslibris muqova yuqori hoshiyasining ichki tomoniga yopishtirilgan. Barcha ekslibrislar o&#8217;z zamonining yodgorligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekslibris-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3344","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3344","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3344"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3344\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3345,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3344\/revisions\/3345"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3344"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3344"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3344"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}