{"id":33441,"date":"2022-11-08T11:11:14","date_gmt":"2022-11-08T08:11:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33441"},"modified":"2022-11-08T11:11:17","modified_gmt":"2022-11-08T08:11:17","slug":"yashirin-iqtisodiyot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yashirin-iqtisodiyot\/","title":{"rendered":"YASHIRIN IQTISODIYOT"},"content":{"rendered":"\n<p>YASHIRIN IQTISODIYOT, Xufiya iqtisodiyot \u2014 ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar to&#8217;lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab bo&#8217;lmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste&#8217;mol jarayonlari \u2014 iqtisodiy munosabatlar bo&#8217;lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud. Yashirin iqtisodiyot murakkab ko&#8217;p bosqichli hodisa, uning tur va shakllari xilma-xil. Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlariga ko&#8217;ra bir necha turlarga bo&#8217;linadi: 1) Jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo ma&#8217;n etilgan, qonun yo&#8217;li bilan ta&#8217;qib etiladigan ishlar bilan shug&#8217;ullanish, masalan, narkobiznes, pornobiznes, qurol biznesi va hokazolar; 2) g&#8217;ayriqonuniy, g&#8217;ayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab o&#8217;zlashtirib olish, masalan, o&#8217;g&#8217;irlik, bosqinchilik, reket, poraxo&#8217;rlik; 3) ikkilamchi iqtisodiyot \u2014 kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat ro&#8217;yxatidan o&#8217;tmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1-2 va 5-10 kishi band bo&#8217;lgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmati ko&#8217;rsatish, qishloq xo\u2019jalik, qurilish, savdo, kiyim- kechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan; 4) rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qo&#8217;shimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qo&#8217;l urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qo&#8217;shimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish; 5) mansabni suiiste&#8217;mol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy hatti-harakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxo&#8217;rlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin; 6) qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos bo&#8217;lib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qo&#8217;shib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar Yashirin iqtisodiyotdagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qat&#8217;iyan taqiqlanadi, hamma choralar bilan unga qarshi kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy bo&#8217;lsada kishilar talab-ehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan rag&#8217;batlantiriladi. Yashirin iqtisodiyot. miqyosi yashirin iqtisodiy aylanma, ya&#8217;ni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Aylanma xufiyona bo&#8217;lganidan uning aniq hisob-kitobi bo&#8217;lmaydi. Buning o&#8217;rniga uni taxminan baholash usuli qo&#8217;llaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga ko&#8217;ra, o&#8217;tgan asr oxirlarida yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trillion dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5% ga teng bo&#8217;lgan. Biroq Yashirin iqtisodiyot miqyosi turli mamlakatlarda farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamlakatlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi. Masalan, 1999 yil Misr va Nigeriyada u yalpi ichki mahsulotning 70% ga teng bo&#8217;ldi. Yashirin iqtisodiyot hissasi eng kam bo&#8217;lgan mamlakat Osiyoda Yaponiya (1-2%), G&#8217;arbiy Yevropada Shveytsariya hisoblanadi. MDH mamlakatlarida Yashirin iqtisodiyot darajasi o&#8217;rtacha. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, masalan, AQSh va Italiyada Yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi tegishlicha 6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997). 21-asrga kelib iqtisodiyotining globallashuvi oqibatida Yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib xalqaro darajaga ko&#8217;tarildi. Yashirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi Yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga ko&#8217;chirilishida, nojo&#8217;ya biznes ishlari bilan shug&#8217;ullanuvchi xalqaro firmalarning paydo bo&#8217;lishida ko&#8217;rinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yashirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, offshor zonalar orqali g&#8217;ayri qonuniy yo&#8217;llar bilan topilgan pulni &#171;halollab&#187; olish kabilarni ko&#8217;rsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tug\u2019diradi. Pulni chet mamlakatga yashirin chiqarib &#171;halollab&#187; olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqaro hamjamiyat maxsus tashkilot \u2014 xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil etgan (36 mamlakat a&#8217;zo; 2000). Ahmadjon O&#8217;lmasov, Sharifjon Qobilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YASHIRIN IQTISODIYOT, Xufiya iqtisodiyot \u2014 ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar to&#8217;lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yashirin-iqtisodiyot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-33441","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33441","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33441"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33441\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33442,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33441\/revisions\/33442"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33441"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33441"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33441"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}