{"id":33457,"date":"2022-11-08T12:37:15","date_gmt":"2022-11-08T09:37:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33457"},"modified":"2022-11-08T12:37:18","modified_gmt":"2022-11-08T09:37:18","slug":"yakkabog-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yakkabog-tumani\/","title":{"rendered":"YAKKABOG&#8217; TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>YAKKABOG&#8217; TUMANI \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Yakkabog&#8217; tumani turli yillarda Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi tumanlariga qo&#8217;shilgan. Keyin yana ajratilgan. Shimoldan Chiroqchi, Shahrisabz, Sharq, G&#8217;arb va Janubdan Qamashi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 190 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yakkabog&#8217;), 1 shaharcha (eski Yakkabog&#8217;), 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Samoq, Sandal, Xiyobon, Chaydari, Esat, O&#8217;rta, Qayrag&#8217;och, Qishlik, Qo&#8217;shchinor) bor. Tuman markazi \u2014 Yakkabog&#8217; shahri. Tabiati. Yakkabog&#8217; tumani Qashqadaryo viloyatining Sharqiy qismida joylashgan. Hududining Sharqiy chekka qismlarida Hisor tizmasining, balandligi 2500 metrgacha bo&#8217;lgan, Janubiy g&#8217;arbiy tarmoqlari (Chaqchar, Beshnov, xontaxta) bor. Bu tog&#8217;lar g&#8217;arbga tomon pasayib, Qashqadaryo tekisliklari bilan qo&#8217;shilib ketadi. Tog&#8217; etaklari adirlardan iborat. Tog&#8217;lardan ko&#8217;p Daryo va soylar oqib tushadi. Asosiy daryosi \u2014 Yakkabog&#8217;daryo (Qizildaryo) va uning irmoqlari (Cho&#8217;yanlisoy, tirnasoy). Iqlimi kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi\u20141\u00b0, eng past temperatura -25\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 28,5\u00b0, eng yuqori temperatura 44\u00b0. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 15\u00b0. Tumanning o&#8217;ziga xos relefi (g&#8217;arbga tomon pasayib borishi) hududga bahorikor dehqonchilik uchun yetarli nam tushishiga sharoit yaratgan. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 350 millimetrdan (tekislik qismida) 450 millimetrgacha, tog&#8217;lik qismida yog&#8217;in ko&#8217;proq. Yog&#8217;inning asosiy qismi (70%) bahor va qish fasllariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Suv sarfini tekislash maqsadida Daryo va soylarga to&#8217;gonlar qurib suv omborlari barpo etilgan. Qorabog&#8217;, No&#8217;g&#8217;ayli, Yangiqo&#8217;rg&#8217;on va boshqalar suv omborlari, Darxon, Beshariq, Xo&#8217;jailg&#8217;or, Qurjab ariqlari tumanning asosiy sug&#8217;orish shoxobchalaridir. Sug&#8217;orishda artezian quduqlari suvlaridan ham foydalaniladi. Tuproqlari, asosan, tipik bo&#8217;z tuproq, tog&#8217;larda qo&#8217;ng&#8217;ir bo&#8217;z tuproq. O&#8217;simlik dunyosi xilma-xil. Tekisliklarda, asosan, cho&#8217;l efemer o&#8217;simliklari, shuvoq, yantoq, sho&#8217;ra, archa, mevali yovvoyi daraxtlar (olcha, nok, olma, pista, do&#8217;lana, bodom va boshqalar), zarang, qatrang&#8217;i, zirk, itburun va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo&#8217;ri, quyon, qobon, ayiq, qoplon, bo&#8217;rsiq, kiyik; parrandalardan kaklik, bedana, to&#8217;rg&#8217;ay, qarg&#8217;a, chumchuq, qaldirg&#8217;och va boshqalar, kemiruvchilardan sichqon, kalamush; Sudralib yuruvchilardan turli xil zaharli va zaharsiz ilonlar, echkemar, kaltakesaklar; suv havzalarida sazan, laqka, marinka baliqlari yashaydi. Foydali qazilmalardan toshko&#8217;mir, kumush, qo&#8217;rg&#8217;oshin, mis, rux rudalari, neft bor. &#171;Hisor qo&#8217;riqxonasi&#187; mavjud. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar; shuningdek, tojik, qozoq, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 146,2 kishi. Shahar aholisi 33,4 ming kishi, qishloq aholisi 156,6 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi Yakkabog&#8217; tumanida jami 2300 dan ziyod korxona, tashkilot va savdo shoxobchasi ishlab turibdi. Paxta tozalash, un tortish, &#171;Sharobkonserva&#187; zavodlari, Yakkabog&#8217; to&#8217;qimachilik kombinati, MTP, qishloq xo\u2019jalik mashinalarini ta&#8217;mirlash korxonalari, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar, mikrofirmalar, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekiston\u2014Germaniya &#171;Yakkabog&#8217;teks&#187;, O&#8217;zbekiston\u2014 Rossiya &#171;alMa&#8217;ruf&#187; qo&#8217;shma korxonalari, shirkat uyushmalari, jamoashirkat, fermer xo&#8217;jaliklari va boshqalar bor. Qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik, g&#8217;allachilik, bog&#8217;dorchilik, chorvachilik, ipakchilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Umumiy ekin maydoni 116,2 ming gektar. Shundan 18,7 ming gektar don ekinlari bilan. band. Shuningdek, paxta, sabzavot va kartoshka, ozuqa ekinlari ham ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 44,4 mingga yaqin qoramol (shu jumladan, 24,4 mingga yaqin sigir), 45,9 mingga yaqin qo&#8217;y va echki, 44 mingga yaqin parranda, 1,5 mingdan ziyod yilqi boqiladi (2004). Yakkabog&#8217; tumanidagi o&#8217;rmon xo&#8217;jaliklarida dorivor o&#8217;simliklar yig&#8217;iladi. 2004\/05 o&#8217;quv yilidagi 107 umumiy ta&#8217;lim maktabida 53,8 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Litsey-internat, san&#8217;at maktabi, 3 kasb-hunar kolleji (2200 talaba), kasb-hunar maktabi (400 o&#8217;quvchi) mavjud. 35 jamoat qutubxonasi, 6 klub muassasasi, madaniyat va istirohat bog&#8217;i bor. &#171;Nozigul&#187; folklor dastasi, &#171;Dilnavoz&#187; xalq ansambli faoliyat ko&#8217;rsatadi. Stadion, bolalar sport maktabi mavjud. 4 sanatoriy aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. 4 kasalxona, vrachlik tibbiy punktlar, poliklinika, 3 ambulatoriya, tug&#8217;ruqxona majmuasi va boshqalar tibbiy muassasalarda 337 vrach, shuningdek, o&#8217;rta tibbiy xodimlar ishlaydi. Tuman hududidan Qarshi \u2014 Kitob temir yo\u2019l, Katta O&#8217;zbekiston trakti (Toshkent \u2014 Termiz) o&#8217;tadi. Tuman markazi (Yakkabog&#8217;shahri) bilan qo&#8217;shni tumanlar va qarshi shahri orasida Avtobuslar qatnaydi. Latif Erdonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YAKKABOG&#8217; TUMANI \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Yakkabog&#8217; tumani turli yillarda Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi tumanlariga qo&#8217;shilgan. Keyin yana ajratilgan. Shimoldan Chiroqchi, Shahrisabz, Sharq, G&#8217;arb va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yakkabog-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-33457","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33457","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33457"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33457\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33458,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33457\/revisions\/33458"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33457"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33457"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33457"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}