{"id":33491,"date":"2022-11-08T15:47:26","date_gmt":"2022-11-08T12:47:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33491"},"modified":"2022-11-08T15:47:27","modified_gmt":"2022-11-08T12:47:27","slug":"yahudiylar-muxtor-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yahudiylar-muxtor-viloyati\/","title":{"rendered":"YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI \u2014 Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o&#8217;lkasining Janubi g&#8217;arbidagi Muxtor viloyat. 1934 yil 7 mayda tashkil etilgan. Amur daryosi bo&#8217;yida. Janubiyda Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 36 ming kilometr kvadrat. Aholisi 190,9 ming kishi (2002), yahudiy, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Muxtor viloyat 5 tumanga bo&#8217;lingan, 2 shahar va 12 shaharcha bor. Markazi \u2014 Birobijan shahri Boshqa yirik shahri \u2014 Obluche. Yahudiylar muxtor viloyati shimol va shimoliy g&#8217;arbini Kichik Xingan, sutar, Pompey, Shchuki-Poktoy tog&#8217; tizmalari, Bureya tizmasining tarmoqlari egallagan. Janubiy sharqi pasttekislikdan iborat. Iqlimi mo&#8217;tadil, mussonli iqlim. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -21\u00b0 dan \u2014 26\u00b0 gacha. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 18\u00b02G. Yillik yog&#8217;in 500-800 millimetr. Vegetatsiya davri tekisliklarda 170-175 kun, tog&#8217;larda 155-165 kun. Yirik daryolari \u2014 Amur va uning Bira, Bijan va Tunguska irmoklari. Tog&#8217;larda, asosan, qo&#8217;ng&#8217;ir tog&#8217; o&#8217;rmon, O&#8217;rta Amur pasttekisligida o&#8217;tloqibotqoq, o&#8217;tloqigleyli va allyuvial, tepaliklarda qo&#8217;ng&#8217;iro&#8217;rmon tuproqlar. Hududining 36% o&#8217;rmon. Mo&#8217;ynali hayvonlardan tiyin, sobol, kolonok, enotsimon it, norka, Qunduz; tuyoqlilardan Los, qobon yashaydi. Kichik Xinganda yo&#8217;lbars uchraydi. Baliqlardan cho&#8217;rtan, laqqabaliq, sazan, Amur, do&#8217;ngpeshona va boshqalar bor. Muxtor viloyat hududida &#171;Bastak&#187; tabiat qo&#8217;riqxonasi joylashgan. Yahudiylar muxtor viloyati hududini o&#8217;zlashtirish 17-asrning 40-yillaridan boshlangan, aholi 19-asrning o&#8217;rtalaridan qo&#8217;plab ko&#8217;chib borgan. 1928 yil 28 martda sobiq SSSR MIK Prezidiumi yahudiy millatiga mansub bo&#8217;lgan fuqarolarni Birobijan shahri atroflariga qo&#8217;chirish haqida qaror qabul qildi. 1930 yilda uzoq Sharq o&#8217;lkasida tarkibida Birobijan milliy rayoni, 1934 yil 7 mayda Yahudiylar muxtor viloyati (markazi Birobijan posyolkasida) tashkil etildi va bu yerga SSSR hududidagi yahudiy millatita mansub fuqarolar ko&#8217;chirila boshladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (g&#8217;alla va sholi o&#8217;rish mashinalari va ularning ehtiyot qismlari, transformatorlar, chorvachilik sohasi uchun jihozlar), qurilish materiallari (tsement, g&#8217;isht, ohak, yig&#8217;ma temirbeton mahsulotlari, tilingan binokorlik yog&#8217;ochlari), yog&#8217;ochsozlik (shu jumladan, mebel sanoati), yengil (poyabzal, trikotaj, to&#8217;qimachilik-tikuvchilik, paypoq buyumlari ishlab chiqarish) sanoatlari mavjud, qalay qazib olinadi. Barcha yirik korxonalar 2-jahon urushidan keyingi yillarda qurilgan. Asosiy sanoat markazi \u2014 Birobijan shahri Teploozersk, Priamurskiy, Xingansk, Londoko shaharchalari bor. Yahudiylar muxtor viloyati \u2014 Xabarovsk shahri va qisman o&#8217;lkaning Markaziy hamda shimoliy rayonlarining sabzavotkartoshka va sutgo&#8217;sht yetkazib beradigan bazasi. Shuningdek, soya, don yetishtirish va asalarichilikka ixtisoslashgan. Chorvachiligi, asosan, sutgo&#8217;sht yo&#8217;nalishida. Qoramol, cho&#8217;chqa, parranda boqiladi. Pedagogika instituti, 2 muzey, 3 teatr bor. Sanatoriykurort va dam olish muassasalari (shu jumladan, &#171;kuldur&#187; kurorti) mavjud. Temir yo\u2019l uzunligi 312 kilometr, Amur daryosida kema qatnaydigan suv yo&#8217;lining uzunligi 500 kilometr, qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llar uzunligi 1609 kilometr. &#171;Jyoltiy Yar&#187; aeroporti faoliyat ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI \u2014 Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o&#8217;lkasining Janubi g&#8217;arbidagi Muxtor viloyat. 1934 yil 7 mayda tashkil etilgan. Amur daryosi bo&#8217;yida. Janubiyda Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 36 ming kilometr kvadrat. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yahudiylar-muxtor-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-33491","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33491","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33491"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33491\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33492,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33491\/revisions\/33492"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33491"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33491"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33491"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}