{"id":33505,"date":"2022-11-09T09:38:33","date_gmt":"2022-11-09T06:38:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33505"},"modified":"2022-11-09T09:38:35","modified_gmt":"2022-11-09T06:38:35","slug":"ibn-mojid","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibn-mojid\/","title":{"rendered":"IBN MOJID"},"content":{"rendered":"\n<p>IBN MOJID, Shihobuddin Ahmad ibn Mojid as-Sa&#8217;diy annajdiy (taxminan 1440, Julfor \u2014 16 asr boshi) \u2014 mashhur Arab dengizchisi (darg&#8217;asi), dengizda Suzish ilmining nazariyotchisi. Umrining 40 yildan ortiq qismini Hind okeanida kema xizmatida o&#8217;tkazgan. Uning ajdodlari ham dengizchi bo&#8217;lishgan. Portugal dengizchisi Vasko da Gama boshchiligidagi kemalarni 1498 yilda Afrikaning Sharqiy sohilidan Hindistonning kojikode (Kolikut) shahriga borishida Arabiston dengizida yo&#8217;l ko&#8217;rsatuvchi bo&#8217;lgan. Ibn Mojid o&#8217;z davridagi bilimlarni yaxshi egallagan va o&#8217;zi ham qirqqa yaqin asar yozgan. Ular asosan, nazmda, biroq eng yirik asarlaridan biri \u2014 &#171;kitob al- favoid Fi usul ilm al-baxr va-lqavoil&#187; (&#171;Dengizchilik ilmi va qoidalari asoslariga oid foydali ma&#8217;lumotlar Kitobi&#187;) nasrda yozilgan. Asarda Arab dengizchilarining kemalarni Zanjibar va Madagaskar orollaridan Tayvan va Indoneziyaning olis orollarigacha olib borgan marshrutlari, kemani boshqarishning boy nazariy va amaliy masalalari hamda muallifning ko&#8217;p yillik dengizchilik tajribasidan hosil bo&#8217;lgan xulosalar (dengizchilik tarixi, kema boshqaruvchisiga qo&#8217;yiladigan talablar, shamollar yo&#8217;nalishi, kemalar suzadigan yo&#8217;nalishlar, musson shamollari, yirik orollar va hokazolar) o&#8217;rin olgan. Kemani boshqarishda quyosh, oy va yulduzlar holatini e&#8217;tiborga olish, kompasdan foydalanish, shamollarning esish paytlari va yo&#8217;nalishlarini bilish, Hind okeani, undagi orollar va sohillari tavsifi va hokazolaar bayon qilingan. Nazmda yozilgan yirik asarlaridan biri &#171;Hoviiyot al-ixtisorfi usul ilm al-bihor&#187; (&#171;Dengiz ilmi asoslarining muxtasar dostoni&#187;) ming baytlik katta urjuzadan iborat (1462 yil yozib tugatilgan). Ibn Mojid asarlarida kemalarning, asosan Qizil dengiz, Fors qo&#8217;ltig&#8217;i, Hind okeanida suzish yo&#8217;nalishlari tavsiflangan, ularda o&#8217;sha davrning dengiz astronomiyasiga oid deyarli barcha bilimlar mujassamlangan. U dengizchilik fani bobida qo&#8217;llanmalar yaratgan birinchi yirik olim sifatida ma&#8217;lum. Ibn Mojid va boshqa Arab dengizchilarining tajribalari Yevropaliklarning Hind okeanidagi kema qatnovida juda katta yordam bergan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IBN MOJID, Shihobuddin Ahmad ibn Mojid as-Sa&#8217;diy annajdiy (taxminan 1440, Julfor \u2014 16 asr boshi) \u2014 mashhur Arab dengizchisi (darg&#8217;asi), dengizda Suzish ilmining nazariyotchisi. Umrining 40 yildan ortiq qismini Hind &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibn-mojid\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-33505","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33505","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33505"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33505\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33509,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33505\/revisions\/33509"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33505"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33505"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33505"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}