{"id":33740,"date":"2022-11-10T15:52:48","date_gmt":"2022-11-10T12:52:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33740"},"modified":"2022-11-10T15:52:51","modified_gmt":"2022-11-10T12:52:51","slug":"ibn-hanbal-ahmad-abu-abdulloh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibn-hanbal-ahmad-abu-abdulloh\/","title":{"rendered":"IBN HANBAL AHMAD ABU ABDULLOH"},"content":{"rendered":"\n<p>IBN HANBAL AHMAD ABU ABDULLOH (780\u2014Bag&#8217;dod\u2014 855) \u2014 ilohiyotchi olim, sunniylikdagi hanbaliylik mazhabining asoschisi va imomi. Otasi hurosonlik bo&#8217;lib, Ibn Hanbal tugilishidan bir oz avval oilasi bilan Bag&#8217;dodga ko&#8217;chib o&#8217;tgan. Ibn Hanbal o&#8217;smirligidanoq hadis va fiqhni o&#8217;rgana boshladi, zamonasining yirik ulamolari, jumladan Abu Yusuf va ash-shofi&#8217;iylar bilan muloqotda bo&#8217;ldi. 816-833 yillarda Bag&#8217;dodda mudarrislik qilib, fiqh ilmi bilan ham shug&#8217;ullandi. Ibn Hanbal an&#8217;anaviy sunniylikni himoya qilgan, mu&#8217;taziliylarga qarshi kurashgan. Abbosiy xalifalar: Ma&#8217;mun (813 \u2014 833), Mu&#8217;tasim (833-842) va Vosiq (842-847) lar davrida mu&#8217;taziliylar oqimi ta&#8217;limoti rasmiy e&#8217;tiqod sifatida e&#8217;tirof etilgach, Ibn Hanbal mansub bo&#8217;lgan an&#8217;anaviy Islom tarafdorlari ta&#8217;qib ostiga olingan edi. Aslida an&#8217;anaviy Islom ulamolari va mu&#8217;taziliylar o&#8217;rtasidagi bahs bir asrdan (xalifa Hishom (724-743) davridan) beri davom etib kelar, ular Islom ummasining parchalanishida bir-birini ayblardi. Ma&#8217;mun ana shu bahsga barham berish, mu&#8217;taziliylarning bir necha aqidalari va, ayniqsa, Qur&#8217;onning yaratilganligi (ya&#8217;ni Alloh tomonidan yaratilgani, bunga Muhammad ham daxldorligi) haqidagi fikrni qaror toptirish maqsadida 833 yil maxsus xay&#8217;at tuzdi va barcha ulamolarni imtihon (mehna) qildirdi. Bu aqidalarni qabul qilmagan din arbobi Qur&#8217;onni Alloh bilan bir darajaga qo&#8217;yuvchi mushrik, ya&#8217;ni ko&#8217;pxudolik tarafdori deb e&#8217;lon qilinar va shunga yarasha jazoga tortilardi. O&#8217;z fikrlaridan qaytmagan bir necha ulamo qatori Ibn Hanbal 2 yil zindonda yotdi. Ozodlikka chiqqach, umrining oxirigacha diniy-siyosiy faoliyatini davom ettirdi. Pirovardida mehna kutilgan natija bermadi va an&#8217;anaviy Islom tarafiga o&#8217;tgan xalifa Mutavakkil (847-861) 848 yil mehnani bekor qildi. Keksayib qolgan Ibn Hanbal Bag&#8217;dodda endi o&#8217;zining nomi bilan atala boshlagan diniy-siyosiy harakatning g&#8217;oyaviy rahnamosiga aylandi. Bag&#8217;dod va Basradagi faol mu&#8217;taziliylarning ro&#8217;yxati tuzilib, ular qirg&#8217;in qilindilar. 9 &#8212; asrning 20-40-yillari musulmon Ummasida yuz bergan parokandalik holatini tahlil qilib, Ibn Hanbal Islomning &#171;oltin davri&#187; \u2014 Muhammad (sav) va ilk xalifalar davriga qaytish kerak degan xulosaga keldi. Ayniqsa, &#171;bid&#8217;at&#187; masalasida u keskin mavqeda bo&#8217;ldi. Uning fikricha, Qur&#8217;onga, qadisga va musulmon ulamolarining ilk uch avlodi fikri (ijmo) ga asoslanmagan din va hayotga oid har qanday &#171;yangilik&#187; qoralanmog&#8217;i darkor. Siyosat sohasida Ibn Hanbal diniy-siyosiy kurash, fitna-isyonlar uyushtirish joiz deb hisobladi. Shuningdek, u diniy arboblar hokimga ta&#8217;sir o&#8217;tkazishlari lozim, deb uqtirdi. Ibn Hanbal ta&#8217;limotini uning shogirdi albarbahariy (847\u2014 941) o&#8217;z asarlarida davom ettirdi. Hanbaliylik mazhabi nazariyasi Ibn al-Javziy (1116- 1200) va Ibn Taymiya asarlarida o&#8217;z ifodasini topdi. Ibn Hanbal ta&#8217;limoti 18 &#8212; asr oxirlarida vahhobiylikning shakllanishiga asos bo&#8217;ldi. Ibn Hanbalning &#171;6 aqida&#187; (Islom dini ahkomlarining qisqacha bayoni), hadislar to&#8217;plamlari, shu jumladan 30 ming qadisni o&#8217;z ichiga olgan &#171;musnad&#187; (suyanchiq yoki &#171;isnodli hadislar to&#8217;plami&#187;) va imon-e&#8217;tiqod, fiqh va ibodat masalalari bo&#8217;yicha risolalari hozirgacha saqlanib qolgan. Ahadjon Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IBN HANBAL AHMAD ABU ABDULLOH (780\u2014Bag&#8217;dod\u2014 855) \u2014 ilohiyotchi olim, sunniylikdagi hanbaliylik mazhabining asoschisi va imomi. Otasi hurosonlik bo&#8217;lib, Ibn Hanbal tugilishidan bir oz avval oilasi bilan Bag&#8217;dodga ko&#8217;chib o&#8217;tgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibn-hanbal-ahmad-abu-abdulloh\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-33740","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33740","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33740"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33740\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33741,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33740\/revisions\/33741"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33740"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33740"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33740"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}