{"id":33989,"date":"2022-11-11T13:03:52","date_gmt":"2022-11-11T10:03:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33989"},"modified":"2022-11-11T13:03:54","modified_gmt":"2022-11-11T10:03:54","slug":"ibrohim-ibn-nasr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibrohim-ibn-nasr\/","title":{"rendered":"IBROHIM IBN NASR"},"content":{"rendered":"\n<p>IBROHIM IBN NASR, Bo&#8217;ritegin, Tamg&#8217;achxon Ibrohim (? \u2014 taxminan 1070) \u2014 Movarounnahrdagi G&#8217;arbiy Qoraxoniylar xoqonligi asoschisi (1040-70). Qoraxoniylarpan. Otasi \u2014 Nasr ibn Ali. Iloq hokimi (1017\u2014 21). Bu yerda Bo&#8217;ritegin, Amir va Malik unvonlari bilan tangalar zarb ettirgan. Qoraxoniy beklaridan Alitegin turkmanlar yordamida Movarounahrni bosib olgan paytda (1025) Ibrohim ibn Nasr uning farzandlari qo&#8217;liga asir tushgan. 1037 yil asirlikdan qochib Xo&#8217;jandni egallagan. Biroq, akasi, Farg&#8217;ona xukmdori Muhammad bilan chiqisha olmay, Janubga yo&#8217;l olgan va Chag&#8217;oniyonni bosib olgan. Bu yerda kuch to&#8217;plab Movarounnahrning Markaziy hududlariga bostirib kirgan va Kesh, Samarqandni egallagan (1040). Ibrohim ibn Nasr o&#8217;zini Tamg&#8217;achxon deb e&#8217;lon qilgan va mustaqil davlat birlashmasi \u2014 G&#8217;arbiy Qoraxoniylar xoqonligiga asos solgan. Ibrohim ibn Nasr 1041-42 yillarda Buxoroni egallagan. 1043 yil Chag&#8217;oniyonni G&#8217;aznaviylar, so&#8217;ngra bir oz vaqtdan keyin Saljuqiylar bosib olgan. Ibrohim ibn Nasr Saljuqiylar bilan Termiz va Balxga egalik qilish uchun kurashgan. 11 -asr o&#8217;rtalarida Sharqiy xoqonlikni qamrab olgan o&#8217;zaro janjallar, nizolardan foydalanib Ibrohim ibn Nasr Farg&#8217;ona, Shosh, Isfijob, Taroz va hatto Qoraxoniylarning Chu vohasida joylashgan asosiy poytaxti Bolasog&#8217;unni ham egallab olgan. Biroq, shunga qaramasdan, u Samarqandni o&#8217;z poytaxtiligicha qoldirgan. Umrining oxirida falaj bo&#8217;lib qolgan Ibrohim hokimiyatni o&#8217;g&#8217;li Shamsulmulkka topshirgan. Tamg&#8217;achxon Ibrohim o&#8217;qimishli, aqlli va tadbirkor xoqon bo&#8217;lgan. O&#8217;z siyosatida ulamolarga tayanib ish yuritgan. U Samarqandda tartib-osoyishtalik o&#8217;rnatish va uning xavfsizligini ta&#8217;minlash to&#8217;g&#8217;risida alohida g&#8217;amxo&#8217;rlik qilgan, o&#8217;g&#8217;rilik va talonchilik uchun qattiq jazolagan. Qurilish ishlariga katta e&#8217;tibor bergan. Masalan, 1066 yil uning buyrug&#8217;i bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda madrasa qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi ma&#8217;lum. Ad.: Kochnev B. D., Ibraxim ibn Nasr \u2014 sozdatel Zapadnogo Karaxanidskogo kaganata. Drevnie tsivilizasii Evrazii. Istoriya i kultura, M., 1998; Samarkand tarixi, 1-j., T., 1971. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IBROHIM IBN NASR, Bo&#8217;ritegin, Tamg&#8217;achxon Ibrohim (? \u2014 taxminan 1070) \u2014 Movarounnahrdagi G&#8217;arbiy Qoraxoniylar xoqonligi asoschisi (1040-70). Qoraxoniylarpan. Otasi \u2014 Nasr ibn Ali. Iloq hokimi (1017\u2014 21). Bu yerda Bo&#8217;ritegin, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibrohim-ibn-nasr\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-33989","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33989","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33989"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33989\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33991,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33989\/revisions\/33991"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33989"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33989"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33989"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}