{"id":34139,"date":"2022-11-14T15:04:13","date_gmt":"2022-11-14T12:04:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34139"},"modified":"2022-11-14T15:04:15","modified_gmt":"2022-11-14T12:04:15","slug":"yashin-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yashin-2\/","title":{"rendered":"YASHIN"},"content":{"rendered":"\n<p>YASHIN \u2014 atmosferada bulutlar bilan bulutlar yoki bulutlar bilan yer sirti orasida paydo bo&#8217;ladigan juda kuchli elektr uchquni. Momoqaldiroq bilan birga paydo bo&#8217;ladi va juda yorqin yog&#8217;du beradi. Amerikalik fizik B. Franklin Ya.ning elektr xususiyatlarini tadqiq qildi. Yashin paydo bo&#8217;lishi uchun nisbatan kichik hajmdagi bulutda elektr maydoni hosil bo&#8217;lishi zarur. Yashinda elektr energiyasi issiqlik va yorug&#8217;lik energiyasiga aylanadi. Yashin ko&#8217;pincha qora yomg&#8217;ir bulutlarida, vulkan otiladigan paytda, tornado (quyun) va chang bo&#8217;roni mahalida ham paydo bo&#8217;ladi. Yashin, odatda, uzun chiziqsimon bo&#8217;lib ko&#8217;rinadi. Uzunligi bir necha yuz metrdan kam bo&#8217;lmaydi. Yashin bir necha bosqichda paydo bo&#8217;ladi. Birinchi bosqichda elektr maydoni keskin tus oladigan joyda erkin elektronlar yuzaga keltiradigan Zarbdor ionlanish jarayoni boshlanadi. Elektronlar elektr maydoni ta&#8217;sirida erga tomon tez yo&#8217;naladi va qavo atomlari bilan to&#8217;qnashib, ularni ionlashtiradi. Shunday qilib, elektron quyunlar vujudga keladi, ular elektr razryadlari ipi \u2014 strimerlarga aylanadi; strimerlar yaxshi o&#8217;tkazgich Kanad bo&#8217;lib, bir-birlariga qo&#8217;shiladi va yuqori o&#8217;tkazgichli yorqin termoionlashgan kanal Yashin boshi (lider)ga aylanadi. Liderning yer yuzasiga harakati bir necha o&#8217;n metrlik pog&#8217;onalar holida ~5107m\/sek tezlikda bo&#8217;ladi, shundan keyin uning harakati bir necha o&#8217;n MK sek ga to&#8217;xtaydi, yog&#8217;dusi susayadi; keyingi bosqichda lider yana bir necha o&#8217;n metrga jiladi. Bu vaqtda yorug&#8217; nurlanish butun o&#8217;tgan bosqichlarini yoritadi; shundan keyin yana to&#8217;xtaydi va yorug&#8217;lik susayadi. Bu jarayonlar liderning yer yuzasigacha bo&#8217;lgan 2103 m\/sek tezlikdagi harakati davomida takrorlanib turadi. Yerga yaqinlashgan sari lider uchidagi maydonda kuch ko&#8217;paya boradi va unga javoban yer ustida ko&#8217;tarilib turgan buyumlardan qarshi strimer tashlanadi va lider bilan qo&#8217;shiladi. Oxirgi bosqichda lider iondashtirilgan kanal bo&#8217;ylab Yashinning asosiy razryadi harakat qiladi. U juda yorug&#8217;bo&#8217;lib. 10* m\/sek tezlikda siljiydi. Asosiy razryad harakat qilgan kanaldagi temperatura 25000\u00b0 dan ham oshib ketishi mumkin. Yashin kanalining uzunligi 1 \u2014 10 kilometr, diametri bir necha santimetr bo&#8217;ladi. Bunday Yashin natijasida yong&#8217;inlar chiqishi mumkin. Shar shaklidagi Yashin juda katta solishtirma energiyaga ega bo&#8217;lib, ko&#8217;pincha chiziqli Yashin zarbidan keyin paydo bo&#8217;ladi. Bu Yashin sekunddan minutgacha mavjud bo&#8217;ladi va katta xarobalar keltiradigan portlash bilan yo&#8217;qoladi. Yashinlar odamlarning halok bo&#8217;lishiga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Yashin elektr va radio simlari, elektr stansiyalar, mashina va apparatlar uchun ayniqsa xavfli. Yashinning samolyotga tushishi konstruktsiya elementlarini ishdan chiqaradi, radio apparatlari va navigatsiya asboblarini ishdan chiqaradi, ekipaj a&#8217;zolarini ko&#8217;r qiladi yoki boshqa shikast yetkazadi. Daraxtga tushgan Yashin uning tagida va yaqinida turgan odamlarni shikastlashi mumkin. Yashindan muhofazalapish uchun yashii qaytargichlardan foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YASHIN \u2014 atmosferada bulutlar bilan bulutlar yoki bulutlar bilan yer sirti orasida paydo bo&#8217;ladigan juda kuchli elektr uchquni. Momoqaldiroq bilan birga paydo bo&#8217;ladi va juda yorqin yog&#8217;du beradi. Amerikalik fizik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yashin-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34139","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34139","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34139"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34139\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34140,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34139\/revisions\/34140"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34139"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34139"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34139"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}